Mavzu: Kartografiya va geoinformatika Geoaxborot tizimida ma’lumot lar tushunchasi


Download 488.83 Kb.
bet4/19
Sana28.01.2023
Hajmi488.83 Kb.
#1136092
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Mavzu 3

Rastrlash. Rastrlashni berilgan analog yoki qog‘oz ko‘rinishidagi tasvirni raqamli ko‘rinishga keltirib, raqamli tasvir olish jarayoni sifatida tushunish mumkin. Bundan tashqari, vektor formatdan rastr formatga keltirish orqali ham rastrlash ishi amalga oshirilishi mumkin. Qog‘oz ko‘rinishidagi tasvirni rastrlashning eng keng tarqalgan usuli bu skanerlash jarayonidir. Oldin ta’kidlanganidek, ishlatish maqsadiga ko‘ra oddiy yoki maxsus skanerlardan foydalanish mumkin. Quyida skaner yordamida rastrlash jarayonini tushuntirib o‘tamiz.
Skanerlash (scanning) - skaner yordamida analog tasvirni raqamli (rastr) formatga keltirish jarayoni. Skanerlash jarayonida grafik va kartografik ma’lumotlarni vektor ko‘rinishga keltirish uchun kerakli bo‘lgan bosqichlar amalga oshiriladi. Bu jarayonda skanerdan tashqari raqamli videokamera, fotoapparat va grafoqurilma kabi moslamalar ham qodlanilishi mumkin.
GATda ishlatish uchun oddiy ko‘rinishdagi mediama’lumotlarni
skanerlashning uch muhim sabablari mavjud:
• hujjatlar, jumladan bino-inshootlar plani, CAD chizmalari va binoni kadastr hujjatlari asosida o‘rganish uchun ma’lumot saqlashni
takomillashtirish hamda ma’lumotlarni geografik jihatdan indeksatsiya qilish;

  • negativ (fotoplyonka), qog‘oz kartalar, aerofotosuratlar va tasvirlar boshqa ma’lumotlarga nisbatan geografik bog‘lanishi uchun skanerlanadi hamda geokodlanadi (odatda bunga vektorlash misol bo‘ladi);

  • kartalar, aerofotosuratlar va tasvirlar vektorlashdan va bazada fazoviy tahlil qilinishidan oldin skanerlanadi.

GATda qatlamlarni hosil qilish uchun 8 bit (256 rangli) 400 dpi (16 nuqta/mm) xususiyatiga ega bo‘lgan skaner yoki skanerlash jarayoni orqali kartalarni skanerlash juda yaxshi tanlovdir. Fazoviy tahlil qilish uchun olinadigan rangli aerofotosurat uchun 8 bit 900 dpi xususiyatiga ega bodgan skaner yoki skanerlash (skanerni ichida moslab olsa bo‘ladi) ko‘proq mos keladi. Skanerlash natijasida hosil qilingan ma’lumotning sifati asl nusxa holati, skanerlovchi qurilmaning sifati va skanerlash oldi tayyorgarligiga bog‘liq bo‘ladi. Skanerlashning kamchiliklaridan biri bu ba’zida optik qurilmalarda tasvirning buzilib qolishi va keraksiz tasvirlarning hosil bo‘lishidir. Tasvirning tiniqligini oshirishimiz keraksiz qo‘shimcha tasvirlarni keltirib chiqarishi mumkin. Agar tasvirning tiniqligini kamaytirsak, bizga kerakli bo‘lgan kichik obyektlar tushmay qolishi mumkin.
Vektorlash. Vektor model koordinatali geometriya yordamida aniqlanadigan alohida nuqtalar, chiziqlar va maydonlardan tashkil topgan. Vektorlar bu grafik obyektlar hisoblanadi va aniq yo‘nalish, uzunlik hamda shakl bo‘ladi. Vektor formatdagi shakllarning eng sodda ko‘rinishi sifatida koordinataga ega bo‘lgan ikki (boshi va oxirgi) nuqtadan tashkil topgan chiziqni olishimiz mumkin. Agar ushbu chiziqlar bir nechta bo‘lib, ketma-ket joylashgan uzilmas chiziqlar to‘plamidan iborat bo‘lsa, unda bu shakl barchamizga ma’lum bo‘lgan poligon ko‘rinishda bo‘ladi. Bunda shaklni tashkil qiluvchi birinchi va oxirgi nuqtalar bir-biriga tengdir, ya’ni bu ikki nuqta bir-biriga o‘zaro ustma-ust tushadi.
GATda vektor formatdagi shakllardan alohida, ya’ni kartada juda ko‘p obyektlar bo‘lishi mumkin, lekin ularni alohida tasvirlash kerak bo‘ladi. Shunday vaqtlarda vektor chiziqlar yordamida tasvirlash birmuncha qulayliklar yaratadi. Bundan tashqari, vektor modellar orqali joyning relyefini tasvirlash ham juda qulaydir. Bunda davomiy chiziqlar yoki gorizontallar, TIN (Triangulatsiyalangan nomuntazam tarmoq) kontur chiziqlar va boshqa shakllardan foydalaniladi.

  1. jadval


Download 488.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling