2 -mavzu: Nutq uslublarining qiyosiy tasnifi


Download 48.26 Kb.
bet1/4
Sana31.01.2024
Hajmi48.26 Kb.
#1818711
  1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu


2 -mavzu: Nutq uslublarining qiyosiy tasnifi.
Reja:

  1. Nutq uslublari haqida umumiy ma’lumot.

  2. Nutq uslublariga oid matn tuzish va tahlil qilish.

  3. Yozuv me’yorlariga amal qilish.

  4. Ilmiy uslubi va uning o‘ziga xosligi

Stil – grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, yozish uchun ishlatiladigan uchi o‘tkirlashtirilgan tayoqchani bildirgani barchaga ma’lum. Qadimgi rimliklar, gretsiyaliklar, stilga odamlarni ishontirish san’ati sifatida qaraganlar. Stil so‘zining asl mohiyati hozirgi kunda ham ana shu izohlardan unchalik uzoqlashgani yo‘q. Faqat keyingi davrlardagi talqinlarda vazifaviy stilga (aslida uslub ma’nosida) alohida e’tibor berib yuborilmoqda. Uslub (stil) nutqning jamiyat ijtimoiy faoliyatining ma’lum tomoni bilan bog‘langan o‘ziga xos lug‘ati va boshqa xususiyatlariga ega bo‘lgan ko‘rinishi bo‘lib, nutqning xuddi shunday boshqa turlaridan o‘z ichki xususiyatlari bilan tafovut qilib turadi. Ana shu tafovutlar u yoki bu nutq ko‘rinishi uchun asos bo‘ladi. Stil so‘zi bilan uslub so‘zlarining asosiy ma’nolari hozirgi kundaesa bir-biriga tengdir. YOzuvchining o‘ziga xos uslubi (yoki stili), badiiy uslubi (badiiy stil) va boshqalar.
So‘zlashuv uslubi
Hozirgi o‘zbek tilining so‘zlashuv uslubi ikki asosiy turga ajratiladi: adabiy so‘zlashuv uslubi va oddiy so‘zlashuv uslubi.
Adabiy so‘zlashuv uslubi tilning adabiy me’yorlariga mos, tartibga solingan va ishlangan bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Uning tili sodda: jargon va sheva elementlaridan xolidir. Adabiy so‘zlashuv uslubi o‘z adabiy tilini bilgan kishilar uchun tanish va ma’lum bo‘lgan asosiy uslub hisoblanadi. Tilning adabiy so‘zlashuv uslubi kundalik aloqa-aralashuv uchun xizmat qiladi: ta’lim muassasalarida o‘qitish ishlari shu uslubda olib boriladi, undan badiiy adabiyotda juda keng foydalaniladi. Qisqasi, adabiy so‘zlashuv uslubi umumxalq adabiy tilining eng keng va universal turidir.
Oddiy so‘zlashuv uslubi uchun nutq muomalasi jarayonida adabiy til hamda sheva elementlaridan foydalanish xarakterli xususiyatdir. Bu uslubda so‘zlashuv nutqiga xos emotsionallik yaqqol sezilib turadi. Oddiy so‘zlashuv uslubi tarkibiga sodda tilga xos elementlarni, ya’ni u yoki bu darajada tilning adabiy me’yorlariga mos kelmaydigan fonetik, grammatik va leksik-frazeologik hodisalarni kiritish mumkin. So‘zlashuv uslubining fonetik xususiyatlari so‘zlashuv uslubida, bir tomondan, umumadabiy tilga xos, ikkinchi tomondan, og‘zaki nutqqa xos talaffuz xususiyatlarni ko‘rish mumkin.
Nutqning xarakter va xususiyatlariga ko‘ra talaffuz me’yorlarini ikki turga ajratish mumkin. Birinchi talaffuz me’yori ma’ruzachilar, aktyorlar, diktorlar, notiqlar nutqi uchun xarakterli bo‘lib, adabiy til me’yorlariga rioya qilishni talab etadi, unda har bir so‘z aniq talaffuz qilinishi shart.
Talaffuzning ikkinchi til me’yori esa, asosan, so‘zlashuvda, og‘zaki nutqda uchraydi. So‘zlashuv uslubida umumiste’moldagi adabiy-neytral so‘zlarni talaffuz qilishda birmuncha erkinlik sezilib turadi.
So‘zlashuv uslubi fonetik, leksik va grammatik o‘ziga xosliklarga ega:
-so‘z tarkibidagi tovushlarning o‘rin almashinishi: tuproq-turpoq, - daryo-dayro.
-o‘z tarkibidagi tovushlarning tushib qolishi: maorif-morif, charxlamoq-chaxlamoq, saodat-sodat.
-biror tovushning orttirilishi: ro‘mol-o‘ramol, shkaf-ishkop, bank-banka.
-tovush almashinishi: tavsiya-tafsiya, chiroq-chirog‘, maktab-maxtab.
-so‘z tartibi qoidaga nomuvofiq bo‘lishi:Kecha bordim men, bozorga.
- ega vaziyatga ko‘ra nutqda qo‘llanmaydi: Ana kelyapti.
-ko‘chma, obrazli vositalarning qo‘llanilishi:og‘zi qulog‘ida, kapalagi uchib ketdi.
-aldoqchi, jinday, shunaqangi kabi so‘zlarning ko‘p ishlatilishi.
-chilik. –garchilik qo‘shimchalarining keng qo‘llanilishi: xafagarchilik, sherikchilik.
-takrorning ko‘p ishlatilishi:tez-tez kel, kelib-kelib senga aytdimmi?
-to‘liqsiz gaplar ishlatiladi.
-dialogik shaklda bo‘ladi.
-imo-ishoralar ko‘p ishlatiladi.
-fe’l kesimning ishlatilmasligi: men bozorga, biz siznikiga.
So‘zlashuv uslubining o‘ziga xos belgi va farqlaridan qat’iy nazar, adabiy til me’yorlari asosida umumiylikka ega. So‘zlashuv uslubi ham umumxalq boyligi hisoblanadi.

Download 48.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling