Mavzu: Kartografiya va geoinformatika Geoaxborot tizimida ma’lumot lar tushunchasi


Demak, GATda ikkita asosiy ma’lumotlar sinfi qo'llaniladi: geografk va atribut ma’lumotlar. Ular orasida tizimda o 'zaro bog'liqlik tashkil etilgan


Download 488.83 Kb.
bet9/19
Sana28.01.2023
Hajmi488.83 Kb.
#1136092
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
Mavzu 3

Demak, GATda ikkita asosiy ma’lumotlar sinfi qo'llaniladi: geografk va atribut ma’lumotlar. Ular orasida tizimda o 'zaro bog'liqlik tashkil etilgan.
Atribut ma’lumotlar raqamli ma’lumotlar bazasidan yoki bosmaga chiqarilgan hisobot va kitoblardan ham olinishi mumkin. Bundan tashqari, atribut ma’lumotlarni turli xil so‘rovlar yordamida qayd qilib borib (anketa so‘rovnomalari tarzida joylardan olish, davriy kuzatuv orqali) ham yig‘ish mumkin. Agar bunday atribut ma’lumotlar yig‘ilsa, unda bu turdagi ma’lumotlarni ma’lumotlar bazasiga kerak bo‘lsa tahrirlab kiritish lozim.
Qog‘oz ko‘rinishidagi atribut ma’lumotlarni skanerlash orqali ham olish mumkin. Bunda maxsus dasturlardan foydalaniladi yoki bo‘lmasa qog‘ozdagi ma’lumotlarni klaviatura yordamida qo‘lda terib chiqish ham mumkin. Atribut ma’lumotlarni ma’lumotlar bazasining jadvallariga to‘g‘ri kiritish bu GATning ma’lumotlar bazasi jarayoniga bodgan yuksak talablaridan biridir. Agar bunday xatoliklar mavjud bo‘lsa, u holda ma’lumotlarni tahlil qiluvchi maxsus vositalar yordamida bartaraf etiladi. Bunday tahlil qiluvchi vositalarning xatolarni topish usullariga misollar keltirib o‘tamiz.
Agar faqat sonlardan iborat ma’lumot kiritilishi kerak bo‘lgan qatorga harflardan iborat atribut ma’lumot kirib qolsa, bunday qarama-qarshilikni SQL deb nomlanuvchi maxsus dastur yordamida aniqlash va bartaraf qilish mumkin. Bunda SQL dasturi qatordagi barcha sonlarni yig‘ib, qo‘shib chiqadi va agar natija chiqmasa, demak, unda harf ishtirok etgan bo‘ladi.
Bilamizki, Microsoft Excel dasturida ham bunday jarayonni kuzatish mumkin. Biroq barcha xatolarni bunday dastur va usullar orqali aniqlash mumkin emas. Shu sababli ham har bir ma’lumot iloji boricha mutaxassis tomonidan alohida tekshiriladi. Bunday tekshiruv, o‘z navbatida, juda katta samara beradi. Atribut ma’lumotlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri kiritilganligi ham avtomatik, ham vositasiz tekshiriladi.
Barcha GAT dasturlari atribut ma’lumotlarni yaratish, tahrir qilish va uni boshqarish xususiyatiga ega. Bundan tashqari, bu dasturlardagi ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi kichik dasturlar ham shunday imkoniyatni beradi. Ayrim dasturlarda faqatgina ma’lumotlar bazasini boshqarish katta ahamiyat kasb etsa, ba’zi dasturlar ma’lumotlarning tahliliga katta e’tibor qaratadi. Shu sababli GATda ma’lumotlar bilan ishlayotganda o‘z maqsadingizga qarab dasturni tanlashingiz va ishlatishingiz kerak bo‘ladi.

  1. Geofazoviy ma’lumot to ‘ plash usullari

GATda ma’lumot to‘plash ko‘p vaqt talab qiladigan, qimmat, shu bilan birga juda muhim bo‘lgan qismlardan biridir. GATda ma’lumot manbalarining va bu ma’lumotlarni tizimga kiritishning juda ko‘p turlari mavjud. Ma’lumot to‘plashning eng muhim ikkita usuli mavjud bo‘lib, ular ma’lumotni olish va uni uzatishdir. Bundan tashqari, GATda ma’lumot to‘plashda asosiy (birlamchi, to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘lchov yoki syomka yordamida) va ikkilamchi (yordamchi, boshqa manbalardan hosil qilish) ma’lumot olishning o‘rtasida farq borligini bilish zarur. Bu hol rastr va vektor format ma’lumotlar turlariga ham tegishli.
GAT turli xil manbalardan tashkil topgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Geografik ma’lumotlar bazasini tashkil qilishda rastr va vektor formatdagi ma’lumotlar manbalarini asosiy (birlamchi) va yordamchi (ikkilamchi) kabi ikki turga bo‘lishimiz mumkin. Asosiy ma’lumotlar manbayi bu GAT loyihalari uchun to‘plangan raqamli formatdagi ma’lumotlardir. Bunga misol qilib rastr formatdagi SPOT va IKONOS kabi yer sun’iy yo‘ldoshlarining raqamli suratlarini va vektor formatdagi muhandislik-geodezik o‘lchovlarni (elektron teodolit va GPS) ko‘rsatishimiz mumkin.
3.4-jadval

Download 488.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling