Mavzu: Kartografiya va geoinformatika Geoaxborot tizimida ma’lumot lar tushunchasi


Vektor formatdagi fayllarning ko‘rinishi


Download 488.83 Kb.
bet7/19
Sana28.01.2023
Hajmi488.83 Kb.
#1136092
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
Mavzu 3

Vektor formatdagi fayllarning ko‘rinishi

Fayl formati

To‘liq tavsifi

Dasturda qo‘llanilishi

Coverage MDB DWG DXF
DLG XPGL
MIF/MID TAV DGN SDTS TIGER
VPF SHP

ARC/INFO Coverage
Personal Geodatabase
AutoCAD Drawing File
Data Interchange (Exchange)
File
Digital Line graphs
Xewlett-Packard GRAPHIC
Language
MapInfo Data Transfer Files
MapInfo Table
MicroStation Design Files
Spatial Data Transfer System
Topologically Integrated
Geographic Encoding and
Referencing
Vector Product Format
Arc View SHape

ARC/INFO
ArcGIS
AutoCAD/ Autodesk Map
Ko‘p dasturlarda
Ko‘p dasturlarda
Ko‘p dasturlarda
MapInfo
MapInfo
MicroStation
Ko‘p dasturlarda
Ko‘p dasturlarda
Harbiy kartografiyada
ArcView





    1. rasm. Ma’lumotning bir nechta modellarda tasvirlanishi

(Manba: Internet)

  1. Atribut ma’lumot larni olish

Atributlar bu ma’lumotlar bazasidan o‘rin olgan matnli, sonli va belgili tavsiflardir.Atributlarda saqlanadigan ma’lumotlar umumiy, tarkibiy va belgili turlarga tegishli bodishi mumkin.
Atribut to‘g‘risidagi fikrlarni yanada kengroq yoritish uchun quyida bir misol keltiramiz (3.7-rasm). Masalan, bizga berilgan tumanda har xil turdagi uylar berilgan. GAT yordamida uning raqamli kartasini tasvirlaganimizdan so‘ng, u poligon ko‘rinishida tasvirlanadi, vaholanki bizga bu uy to‘g‘risida to‘liq ma’lumot kerak bo‘lishi mumkin. Bunda bizga atribut ma’lumotlar tushunchasi yordam beradi. Atribut ma’lumotlar bazasida bu uy to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar, jumladan uning maydoni, pochta manzili, qavatlar soni, ishlatilgan materiallar to‘g‘risidagi ma’lumot, poydevor turi, qurilgan yili, aholi soni va boshqalar saqlanadi.



    1. rasm. Atribut ma’lumotning joyda va ma’lumotlar bazasida joylashuvi
      (Manba: Muallif)




    1. rasm. Atributlarning jadvallarda joylashuvi (Manba: Longley, 2005)

Demak, yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, atributlar jadval, belgi, son (kodlar, sonli axborot) va grafik belgi (rang, tasvir, konturlarni toddiruvchi) ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
GATning ma’lumotlar bazasida atribut ma’lumotlarni tasvirlashning asosiy shakllaridan biri bu jadval ko‘rinishdir. Obyektning belgilarini ko‘rsatib beradigan va ma’lumotlarning mavzuli ko‘rinishiga mos keladigan atributlar jadval ko‘rinishda saqlanadi. Bunda har bir obyekt qatorlarga joylashtirilsa, ularning atribut ma’lumotlari ustunlarga joylashtiriladi (3.8-rasm).
GATda atribut ma’lumotlarning miqdori ulkandir. Ular ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy va aniq bo‘lgan ma’lumotlar asosida tuzilishi mumkin. Ba’zi atributlarning vazifasi faqatgina joy yoki obyektni ko‘rsatib berib, ularni bir-biridan ajratishdan iboratdir. Ko‘cha manzillari, uchastka tartib raqamlari bunga misol bo‘la oladi. Atributlar vazifalariga binoan turlarga bodinishi mumkin va ular quyidagilardan iborat:

  • nominal;

  • ordinal;

  • interval;

  • koeffitsiyentli;

• siklik.

Download 488.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling