Mavzu: Kartografiya va geoinformatika Geoaxborot tizimida ma’lumot lar tushunchasi


Download 488.83 Kb.
bet3/19
Sana28.01.2023
Hajmi488.83 Kb.
#1136092
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Mavzu 3

Rastr ma’lumot tiniqligi. Rastr ma’lumotdagi katakchalar (cell) berilgan rastr ma’lumot modelining tiniqligini ko‘rsatadi. Bizga berilgan ma’lumotga ko‘ra, tiniqlik 10 metrga teng bo‘lsa, u holda katakcha yuzasini 100 m2 (10mx10m) deb qabul qilishimiz kerak. Agar bizga 30 metrli tiniqlikdagi ma’lumot berilsa, unda har bir katakcha joydagi 900 m2 joyni tasvirlagan bo‘ladi. Shuning uchun katakcha birligi qanchalik kichik bo‘lsa, tiniqlik ko‘rsatkichi yanada sifatliroq bodadi, ya’ni 10 metrli tiniqlikdagi ma’lumot 30 metrli tiniqlikdagi ma’lumotdan ancha ravshanroq ko‘rinadi. Shuning uchun iloji boricha tiniqlik birligi kichkina bo‘lgan ma’lumot bizga joy haqida yanada aniqroq ma’lumot beradi.
Geoaxborot tizimida har bir rastr ma’lumot ma’lum bir o‘lchamga ega bo‘lgan piksel(katakcha)ga ega va bu o‘lcham uning tiniqligini ko‘rsatib beradi.
Agar siz kichik masshtabdagi rasmga qarasangiz, tasvir aniq ko‘rinadi ( 3.3-rasm) va uni kattalashtirib borilsa, oxirida alohida-alohida ajralgan katakchalarni ko‘rish mumkin (3.4-rasm).



  1. rasm. Tiniqligi bo‘yicha yuqoridan olingan kosmik tasvir

Manba: Internet,



  1. rasm. Kosmik tasvir yaqinlashtirilganda ko‘rinadigan kvadratlar
    (Manba: Internet)

Demak, yuqoridagi rasmdan ko‘rinib turibdiki, har bir katakcha o‘zida ma’lum bir o‘lchamni va o‘z navbatida, ma’lumotni saqlaydi. Bu esa kompyuter xotirasidan joy olish demakdir. Geoaxborot tizimi va masofadan zondlashda tiniqlik tuchunchasiga alohida to‘xtalib o‘tishdan maqsad - faqat tiniqligi yuqori bo‘lgan tasvirlar bilan ishlash kerak, degan farazdan uzoqlashishdir. Chunki ba’zi masalalarda, ya’ni regional yoki mamlakat masshtabidagi tahliliy ishlarni olib borishda bizga tiniqligi pastroq bodgan ma’lumotlar zarur bo‘ladi. Masalan, Google Earth kosmik suratlarini tiniqligi yuqori bo‘lgan ma’lumot turiga kiritishimiz mumkin, chunki bunda tiniqlik o‘lchami 1 metrgacha borishi mumkin. Bu esa 1 m2 joyni ko‘rishimiz mumkin deganidir. MODIS turkumidagi 61
ma’lumotlarda tiniqlik o‘lchami 250 metr bo‘ladi. Ammo 1 metrli tiniqlikdagi ma’lumotni oladigan bo‘lsak, unda bizga kompyuter xotirasidan katta joy va uni qayta ishlash jarayonida ko‘p vaqt talab etiladi (har bir katakchaga so‘rov amalga oshiriladi) hamda bu', o‘z navbatida, resurs va vaqt taqchilligiga olib kelishi mumkin. Vaholanki, bizga faqatgina regional masshtabdagi (masalan, Markaziy Osiyo) tahliliy ma’lumotlar zarur bo‘ladi. Shunday holatlarda tiniqligi past bo‘lgan (250 m, 1 km) ma’lumotlar bilan ishlash bizga qulay bo‘ladi.

    1. Vektor va rastr ma’lumot, meta ma’lumot lar

Rastr formatdagi tasvir - bu kvadrat katakchalar to‘plamidan tashkil topgan tasvirdir. Bu katakchalar ilmiy tilda piksel (pixel) deb ataladi. Rastr tasvirlar ikki o‘lchamli ko‘rinishda bo‘ladi, ya’ni X va Y koordinata sistemalaridan iborat. Nafaqat geografik ma’lumot, balki kompyuterga kiritilgan pikselli har qanday tasvir rastr tasvir ko‘rinishida qabul qilinishi mumkin. Rastr tasvirdagi piksellar o‘lchami juda muhim ahamiyatga ega. Piksel o‘lchami qanchalik kichik bo‘lsa, tasvir sifati shunchalik yuqori bo‘ladi.
Pikselning o‘lchami tasvirga berilgan sifat belgisidir. Mana shu yerda tasvirning sifatini belgilab beruvchi birlik - tiniqlik atamasi paydo bo‘ladi. Piksellarning o‘lchami rastr faylning tiniqligi sifatida qaralishi mumkin. Skanerlangan tasvirning sifati to‘g‘risida gap ketadigan bo‘lsa, unda dpi/ppi (dot per inch/pixels per inch) atamasini qo‘llaymiz. Bu so‘zning ma’nosi 1 kvadrat dyuym (1 dyuym - 2,54 sm) ga nechta nuqta yoki piksel to‘g‘ri kelishini anglatadi. Masalan, 300 dpi sifatidagi tasvirning 2,54 sm kvadrat joyi ustun va qator bo‘ylab 300 ta piksellar yoki kvadrat katakchalar joylashganini ko‘rsatadi.



  1. rasm. Vektor va rastr formatga misollar (Manba: Internet)

Rastr formatning qulaylik taraflaridan biri - u raqamli relyef modeli (DEM) ni hosil qilishi mumkin.

Download 488.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling