Mavzu: Karyer avtomobil yo‘llari tuzilishi va tizimlari Ma’ruza rejasi: Karyer avtomobil yo‘llari turlari


Download 494.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana31.03.2023
Hajmi494.09 Kb.
#1313752
1   2   3   4
Bog'liq
15-маъруза

 
Yo‘l qoplamalari 
Avtoyo‘llarning asosi bo‘lib konni ochish ishlarida qazib olingan ohaktoshlar, qumlar va 
boshqa tog‘ jinslari xizmat qiladi. Ohaktoshli, qattiq tog‘ jinsli zaminlarda avtoyo‘larning asosi 
tabiiy holatdan foydalaniladi. Yo‘l qoplamalari tuzilishi yo‘lning yuk o‘tkazishi, xizmat qilish 
muddati, ob-havo sharoitlari, mahalliy materiallar mavjudligi va h.k. lar orqali belgilanadi.
Yo‘l qoplamalari takomillashtirilgan, oraliq va eski bo‘lishi mumkin. Takomillashtirilgan 
yo‘l qoplamalariga sement-betonli, temir-betonli, Asfalt-betonli va qora shebenkali (issiq holatda 
quyilgan va jipslashtirlgan) yo‘l qoplamalari bo‘lib, ular beton shebenka, graviy, graviy-
shebenka, tuproq-graviy kabi materiallar bilan biriktiruvchi aralashmalar orqali hosil qilinadi.


Oraliq yo‘l qoplamalariga shebenkali, graviy, shlakli, tuproq- shebenkali qoplamalar 
bo‘lib, tuproqli biriktiruvchi materiallardan hosil qilinadi. Eski yo‘l qoplamalariga graviy va 
shebenning tuproq bilan biriktirilishi orqali hosil qilinadi.
Yo‘lning ishlatilish sifati birinchi navbatda mustahkam, mashinaning harakat tezligining 
ta’minlanishi bilan va yo‘l qoplamasining o‘tkazuvchanligi bilan baholanadi.
Yo‘l qoplamasining mustahkamlik zaxira koeffitsienti quydagicha aniqlanadi.
т
Е
х
E
K

0
,
(4.4) 
bu yerda: E
x
- yo‘l qoplamasi ezilishi (deformatsiya)ning amaliy moduli, kg/sm
2

Et
 
- haraktlanish sharti bo‘yicha talab qilingan ezilish (deformatsiya) moduli, kg/sm
2
.
Avtoyo‘llarni ta’mirlash va ish holatida saqlash 
Avtoyo‘llar doimiy suv, shamol, qor, ob-havo o‘zgarishlari va avtosamosvallar yuklamasi 
ta’sirida bo‘lib, bularning barchasi yo‘l qoplamasi mustahkamligining yo‘qolishiga, yo‘l 
tekisligining buzilishiga va yo‘lning ketma-ket buzilishlariga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, yer osti va 
yer usti suvlarining ta’siri yo‘l tuzilishining buzilishiga ko‘proq zarar yetkazadi. Suv ta’sirida 
grunt yo‘llari yumshaydi, natijada avtosamosvallar harakatlanishi qiyinlashadi, yo‘l 
qoplamasining ezilishi natijasida yo‘llarda avtosamosvallar chuqur izlari hosil bo‘ladi. 
Yilning issiq davrlarida asfalt-betonli, qorashebenkali va qoragraviyli yo‘l qoplamalari 
yuqori harorat ta’sirida yumshaydi. Qish vaqtlarida haroratning pasayib ketishi natijasida asfalt-
betonli va sement-betonli yo‘l qoplamalarida yoriqlar hosil bo‘ladi. 
Avtoyo‘llarga tabiiy omillardan tashqari, avtosamosvallarning yuklamasi ham ta’sir etadi. 
Yo‘lga tushadigan vertikal yuklama Avtosamosvalning og‘irligiga bog‘liq. Kichik radiusli 
burilishlarda vertikal yuklama qiymati oshadi, natijada yo‘l chetlarida to‘lqinlar yoki yo‘l 
qoplamalarining surilishi (ayniqsa tormozlash holatlarida) kuzatiladi. 
Yo‘l qoplamalarining eng ko‘p buzilish holatlari yorilish, surilish, ezilish, to‘lqinlar, izlar 
hosil bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Bularning barchasi yo‘l qoplamasining buzilishiga sabab 
bo‘ladi. 
Avtosamosvallarning o‘rnatilgan tezliklarda va yuklamalarda uzluksiz va xavfsiz 
harakatini ta’minlash maqsadida karyerlarda yo‘llarni doimiy ta’mirlash va tuzatish uchun yo‘l 
xizmati tashkil etiladi. 
Yo‘l-ta’mirlash ishlari yo‘lni ishchi holatda saqlash: Joriy, o‘rta va kapital ta’mirlashga 
bo‘linadi. 
Yo‘lni ishchi holatda saqlash ishlariga yo‘l va yo‘l qurilmalarini ishchi holatda saqlash 
hamda tozaligini saqlash ishlari kiradi.
Bunda bahor-kuz davrida yo‘llarni loylardan tozalash, yozgi davrda yo‘l qoplamasini 
changdan tozalash, sug‘orish, mashinalardan tushgan tog‘ jinslaridan tozalash ishlari bajariladi. 
Qish davrida asosiy e’tibor yo‘llarni qordan tozalash va muzlashga qarshi ishga qaratiladi. 
Ochiq kon ishlarida avtoyo‘llarda chang ko‘tarilishiga qarshi kurashish muhim 
ahamiyatga ega bo‘lib, chang ko‘tarilishi haydovchilarning ish sharoitlarini qiyinlashtiradi, 
avtomobillarning yedirilishini oshiradi. Chang ko‘tarilishiga qarshi kurashning bir necha xil 
usullari bo‘lib, ulardan asosiylari yo‘l harakatlanish qismiga suv, xlor-kalsiy aralashmalari va 
hatto neft mahsulotlari aralashmalari sepiladi. 


Joriy ta’mirlash ishlariga yo‘l va yo‘l qurilmalaridagi kichik buzilishlarni zudlik bilan 
to‘g‘rilash ishlari kiradi. Bular asosan yo‘l yoriqlari va cho‘kishlarni to‘ldirish va to‘g‘rilash, 
yo‘l profillarni to‘g‘rilash, yo‘l zaminining kichik buzilishlarini tuzatish ishlaridir. 
O‘rta ta’mirlashga 1-2 yilda bir marotaba yo‘llardagi buzilishlarni tuzatish ishlari kiradi. 
Bular asosan asfalt-betonli, qorashebenkali va graviyli yo‘l qoplamalari yuza qismlarini qayta 
ishlash, to‘g‘rilash ishlaridir. Yo‘l yuza qismini qayta ishlashga yo‘l himoya qobig‘ini qora 
shebenka bilan to‘ldirib, yo‘lning g‘adir-budirligini oshiradi. 
Kapital ta’mirlash 10-12 yilda bir marotaba bajariladigan ta’mirlash ishlari bo‘lib, bunda 
yo‘lning barcha elementlari va qurilmalari buzilishlarini to‘g‘rilash, yo‘l qoplamasi 
mustahkamligini oshirish, yo‘l o‘lchamlarini aniq yo‘l kategoriyasiga mos keluvchi me’yoriy 
talablar darajasiga keltirish ishlari bajariladi.
Yo‘l qurilishida va ta’mirlashda karyerlarda asosiy ishlarni bajaruvchi mashinalar 
(ekskavatorlar, buldozerlar, skreperlar) ishlatiladi. Ular asosan avtoyo‘llarning trassasini 
qurishda va katta hajmdagi ta’mirlash ishlarini bajarishda ishlatiladi. Bundan tashqari, yo‘l 
qurilishida, ta’mirlashda va ishlatishda bir qancha maxsus mashinalar: greyderlar, avtokranlar
o‘ziyurar va pritsepli grunt tekislovchi va jipslashtiruvchi katoklar, tog‘ jinslarini yumshatuvchi 
mashinalar, suv sepuvchi, qor tozalovchi mashinalar ishlatiladi. 
Karyerlarda avtoyo‘llarga xizmat qiluvchi yo‘l ta’mirlash brigadalari yo‘lning 
kategoriyasi va yuk o‘tkazish qobiliyatidan kelib chiqqan holda zarur sondagi va turdagi yo‘l 
mashinalari va mexanizmlari bilan ta’minlanadi. Karyerlarda avtoyo‘llarga sifatli xizmat 
ko‘rsatish maqsadida 25 km yo‘lga bir kompleks mexanizatsiyalashgan biriktirilishi ko‘zda 
tutiladi.  
 
Nazorat savollari: 
1. Karyer avtomobil yo‘llarining qanday turlari farqlanadi; 
2. Karyer avtomobil yo‘llari tuzilishini tushuntiring; 
3. Karyer avtomobil yo‘llari tizimlari
4. Avtoyo‘llarni ta’mirlash va ish holatida saqlash uchun qanday ishlar amalga oshiriladi. 
 
 

Download 494.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling