Mavzu: Karyer avtomobil yo‘llari tuzilishi va tizimlari Ma’ruza rejasi: Karyer avtomobil yo‘llari turlari
Karyerlada avtoyo‘llarning joylashish tizimlari
Download 494.09 Kb. Pdf ko'rish
|
15-маъруза
Karyerlada avtoyo‘llarning joylashish tizimlari Avtoyo‘llarning joylashishi va avtotransportning harakatlanish tizimlari konning kon- texnik sharoitlari, foydali qazilma va qoplama tog jinslarini tashish yo‘nalishi hamda masofasi orqali aniqlanadi. Avtoyo‘llarning planda joylashishi va harakat yo‘nalishi orqali konni ochish usuli aniqlanadi. Avtomobil transporti qo‘llanilganda karyer ishchi gorizontlari va yuqorigi kompleks to‘gri, spiral, tugunli va aralash yo‘llar (syezd) yoki harakat sxemalari bilan bog‘lanadi. To‘g‘ri syezdlar aosan uncha chuqur bo‘lmagan gorizontal va kichik qiyaliklarda joylashgan qatlamlarni ochishda va qazib olishda qo‘llaniladi (4.5-rasm). Bunda karyer nisbatan uzunroq va sayoz bo‘lishi (4.5-rasm, a) hamda tog‘ rayonlarida joylashganligi (4.5-rasm, b) bilan xarakterlidir. Halqasimon syezdlar (petlevыe sъezdы) nisbatan chuqur karyerlarda hamda yoki to‘g‘ri syezdlar o‘tishi iloji bo‘lmagan tog‘ yon bag‘irlari sharoitlarida qo‘llaniladi (4.6-rasm) 4.5-rasm. Avtotransport to‘gri syezdlari O‘rama syezdlar (spiralnыe sъezdы) belgilangan yoki chegaralangan o‘lchamli va katta chuqurlikdagi karyerlarda qo‘llaniladi (4.7-rasm). O‘rama syezdlarning eng katta afzalligi harakatlanish yo‘llarining burilish radiusi juda katta bo‘lganligi uchun tezlik yuqori bo‘ladi. Aralash yoki kombinatsiyalashgan syezdlar ko‘pchilik karyerlarda qo‘llanilib, o‘rama syezdlar tugunli syezdlarga almashinadi. Trassaning uzayish koeffitsienti 1,2 – 1,3ni tashkil etadi. Avtoyo‘l harakatlanish qismining yo‘l qoplamalari avtotransport vositalarining yuqori tezliklar bilan harakatlanishini ta’minlaydi va yo‘lni transport vositalari va tabiiy muhit omillari ta’siridan himoya qiladi. Yo‘l qoplamasining yuzasi yetarli darajada g‘adir-budurlikka ega bo‘lishi kerak, chunki g‘ildiraklarni yo‘l bilan ishonchli birikishini ta’minlashi zarur. 4.6-rasm. Avtotransport halqali syezdlari 4.7-rasm. O‘rama syezdlar Download 494.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling