Mavzu: Kasb-hunar kollejlarida fizika o`qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish
Pedagogik texnologiyalar darajalari
Download 0.77 Mb.
|
kasb hunar kollejlarida fizika oqitishda yangi pedagogik texnologiyalardan
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.4. Pedagogik texnologiyalarni rasmiylashtirish usullari va tuzilishi
2.3. Pedagogik texnologiyalar darajalari.
“Pedagogik texnologiya” tushunchasi ta’lim amaliyotida uchta tartib bilan bir-biriga bog’liq darajalarda ishlatiladi. 1. Umumpedagogik (umumdidaktik) daraja: umumpedagogik (umumdidaktik, umumtarbiyaviy) texnologiya ta’limning ma’lum bosqichida ushbu region, o’quv yurtida yaxlit ta’lim jarayonini ifoda etadi. Bu yerda pedagogik texnologiya pedagogik tizimga o’xshashdir: unga o’qitishning maqsadlari, mazmuni, vosita va metodlari to’plami, faoliyat ob’ekti va sub’ekti algoritmi kiradi. 2. Xususiy metodik (fan) darajasi: xususiy metodik pedagogik texnologiya “xususiy metodik” ko’rinishida qo’llaniladi, ya’ni bir fan, sinf, o’qituvchi doirasida o’qitish va tarbiyalash ma’lum mazmunini amalga oshirish uchun metodlar va vositalar to’plami sifatida ishlatiladi. 3. Lokal (modulli) darajasi: lokal texnologiya o’quv-tarbiyaviy jarayonning alohida qismlari, xususiy didaktik va tarbiyaviy masalalarni hal etish texnologiyasidan iborat (alohida turdagi faoliyat, tushunchalar shakllantirish, alohida shaxsiy sifatlarni tarbiyalash, dars texnologiyasi, materiallarni takrorlash va tekshirish texnologiyasi, mustaqil ishlar texnologiyasi va boshqalar). Bundan tashqari texnologik mikrostrukturalarni ham ko’rsatdilar: usullar, qismlar, elementlar va boshqalar. Texnologik mantiqiy tizimga tizilar ekan ular yaxlit pedagogik texnologiyani tashkil etadilar. 2.4. Pedagogik texnologiyalarni rasmiylashtirish usullari va tuzilishi Texnologik sxema – texnologik jarayonni shartli ravishda tasvirlash, ularni alohida qismlarga ajratish va ular orasidagi mantiqiy bog’liqliklarni ko’rsatish. Texnologik xarita - qadamma-qadam, bosqichma-bosqich harakatlar ketma-ketligi ko’rinishida (ko’pincha grafik shaklda) qo’llaniladigan vositalarni ko’rsatib jarayonni tasvirlash. Texnologik nyuanslar. Adabiyotlarda va maktablar ishlari amaliyotida pedagogik texnologiya termini pedagogik tizim tushunchasi sinoniumi sifatida qo’llaniladi. Sistema tushunchasi texnologiya tushunchasidan ko’ra kengroq bo’lib, faoliyatning ob’ekti va sub’ektlarini ham o’z ichiga oladi. Texnologiya metodikasidan natijalarining mustahkamligi, qayta yangilanishi, ko’plab “agarda” ikkilanishlarining yo’qligi bilan farq qiladi (agarda iste’dodli o’quvchi bo’lganida, agarda qobiliyatli bolalar, agarda ota-onalar...). Texnologiyalar va metodikalarning aralashtirib yuborilishi ba’zan metodika texnologiya tarkibiga kirishiga, ba’zan esa aksincha, u yoki bu texnologiyalar - o’qitish metodikasi tarkibiga kirishiga olib keladi. 1-ma’ruzada pedagogik texnologiya haqidagi tushunchalardan texnologiya o’quv jarayoni - o’qituvchi va o’quvchining faoliyati, uning tuzilishi, vositasi, metodlari va shakllari bilan yaqin bog’liqdir. SHuning uchun pedagogik texnologiya tuzilishiga quyidagilar kiradi: 1. Kontseptual asosi. 2. O’qitishning mazmunli qismi: - o’qitish maqsadlari – umumiy va xususiy, aniq; - o’quv materiali mazmuni. 3. Protsessual qismi – texnologik jarayon: - o’quv jarayonini tashkil etish; - o’quvchilar o’quv faoliyati metodlari va shakllari; - materiallarni o’zlashtirish jarayonini boshqarish bo’yicha o’qituvchining faoliyati; - o’quv jarayoni diagnostikasi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling