Mavzu: Kasb-hunar kollejlarida fizika o`qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish
Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik texnologiyalar markazlari
Download 0.77 Mb.
|
kasb hunar kollejlarida fizika oqitishda yangi pedagogik texnologiyalardan
2.6. Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik texnologiyalar markazlari
AQSH 1971 yil – “Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar bo’yicha AQSH Assotsiatsiyasi”. Hozirgi kunda mamlakat bo’ylab va Kanadada bu kengashning 50 ta filiallari ish olib bormoqda. AQSHda 1961 yilda “Pedagogik texnologiya” jurnali (Educational Technology), 1971 yilda esa – “Audiovizual o’qitish” jurnali nashr etila boshlandi. Angliya 1967 yil - Pedagogik texnologiya bo’yicha Milliy kengash tuzilgan. 1964 yildan boshlab “Pedagogik texnologiya va o’qitishni dasturlashtirish” (Educational Technology progratted tearning) jurnalini, 1971 yilda – “Pedagogik texnologiya” jurnalini nashr eta boshlandi. Yaponiya - Pedagogik texnologiyalar muammolari bilan 4 ta ilmiy tashkilotlar shug’ullanadi. 1967 yilda “Pedagogik texnologiyalar bo’yicha Milliy kengash” tashkil etildi, uning filiallari 22 ta davlat universitetlarida joylashtirilgan. 1965 yildan boshlab Yapon tilida har uch oyda “Pedagogik texnologiya” jurnali va ingliz tilida yiliga ikki marta “Pedagogik texnologiyalar sohasida tadqiqotlar” jurnali nashr etiladi. Yaqinda “Pedagogik texnologiyalar bo’yicha umumyapon Markaziy kengashi” tashkil etildi, u muammolar bo’yicha xalqaro aloqalar o’rnatish bilan ham shug’ullanadi. Italiya – 1971 yili pedagogik texnologiyalar bo’yicha Milliy markaz tashkil etildi va “Pedagogik texnologiyalar” jurnali nashr etiladi. Vengriya - 1973 yili o’qitish texnologiyasi Davlat Markazi tashkil etildi. “Texnologiya” tushunchasi bu vaqtda ideologik nuqtai nazardan qabul qilinmagan edi. “Maktab va ishlab chiqarish” jurnali nashr etila boshlandi. O’qitish texnologiyasi bo’yicha Xalqaro seminarda (Budapesht, 1977) sovet olimi S.G. SHapovalenko o’qitish jarayonining uchta texnologik printsiplarini ko’rsatdi: Bilim va texnikani mukammal egallash. Audiovizual materiallari fondi bilan tanishish. Ulardan samarali foydalanish metodikasini bilish, shu jumladan ijodiy yondoshishi rivojlanishi ham. Vengriya olimi L. Salai “o’qitish texnologiyasi” tushunchasiga rejalashtirish, maqsadlarni taxlil qilish, o’quv-tarbiyaviy ishlar jarayonini ilmiy tashkil etish, samaradorligini oshirish maqsadida eng muhim vosita va materiallarni tanlashni kiritib o’qitish jarayonini tashkil etuvchilarni doirasini ancha kengaytirdi. E. Bisterski va J. TSellerlar (AQSH) to’plagan ma’lumotlar bo’yicha o’qitish texnikasi faqatgina yordamchi vosita va yangi sistemadan iborat bo’libgina qolmay, balki o’qish jarayoni tashkiliy shaklini, metodi va mazmunini o’zgartirib uning rivojlanishida katta rol o’ynaydi. Bu esa o’z navbatida o’qituvchilar va o’quvchilar pedagogik fikrlashlariga katta ta’sir ko’rsatdi. SHunday qilib, o’tgan asrning 70-yillari oxiri 80-yillari boshlarida texnika rivojlanishi va chet elda ta’limning kompьyuterlashtirilishi boshlanishi oqibatida “o’qitish texnologiyasi” va “pedagogik texnologiya” tushunchalari o’quv tarbiyaviy jarayonni tashkil etish va boshqarish vositalari, metodlari sistemasi sifatida tushunila boshlandi: Amaliy masalalarni yechish uchun sistemali bilimlarni qo’llash. O’quv jarayonida texnik vositalardan foydalanish. Quyidagi shartlarga amal qilgan holda o’qishda yuqori natijalarga erishish mumkin: O’quvchi tomonidan o’qishga faol munosabatlarni shakllantirganda. O’quv materiallarini ma’lum ketma-ketlikda berilganida. Aqliy va amaliy faoliyat uslublarini mashqlarda namoyish etish va mustahkamlash. Bilimlarini amalda qo’llash. Bu kontseptsiyaning muhim vakillari I.M. Sechenov, I.P. Pavlov, S.L. Rubinshteyn, Yu.A. Samarin va boshqalar hisoblanadilar. Assotsiativ-reflektorli kontseptsiyasi doirasida tushunchalar shakllantirish nazariyasi ishlab chiqildi, uning mazmuni o’qitish jarayoni olayotgan bilimlarini umumlashtirish va ma’lum tushunchalar tashkil etish sifatida tushuniladi. Tushunchalarni yuzaga keltirishga bolalarni aqliy harakatlar usullariga o’rgatish yo’li bilan erishiladi – taqqoslash, umumlashtirish, abstraktlashtirish. O’rgatish faoliyati nazariyasi asoslari A.S. Vigotskiy, S.L. Rubinshteyn, A.N. Leontьev, P.Ya. Galьperin, D.B. Elьkonin va boshqalar asarlaridan boshlangan. Neyrolingvistik dasturlashtirish nazariyasi (NLP) O’qitish jarayonini ma’lumotlarni insonning nerv sistemasi orqali harakati ko’rinishida tasavvur qiladi. NLP modelida quyidagilar ko’rsatiladi: Ma’lumotlarga kirish, uni saqlash, qayta ishlash va chiqish – u yoki bu shaklda qayta tiklash. Ikki turdagi ma’lumotlar uzatish: sensorli (neyro) va verbal (lingvo), ana shundan “neyrolingvistik” degan nomi kelib chiqqan. Axborotlar o’tish kanallari vizual, audioal yoki kinestik (tegib ko’rish) rivojlanishi bilan farq qiluvchi uch turdagi, bolalar uch modalligi. Ikki turdagi bolalar, miyaning turli yarim sharli rivojlanishi bilan farq qiluvchi: chap yarim shari (mantiqiy, verbal fikrlash jarayonlari) va o’ng yarim shari (bunda emotsional jarayonlari jamlangan). Har bir bola nerv sistemasining xususiyatlari individual tuzilishiga, ular foydalanayotgan vositalar va metodlar samaraliligi yoki samarasizligini belgilaydi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling