Mavzu: Kasb-hunar kollejlarida fizika o`qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish


Download 0.77 Mb.
bet8/46
Sana14.01.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1092842
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46
Bog'liq
kasb hunar kollejlarida fizika oqitishda yangi pedagogik texnologiyalardan

Pedagogik texnologiya bu о‘z oldiga ta’lim shakllarni maqbullashtirish vazifasini qo'yishni, texnika va inson resurslarini va ularning о'zaro ta'siri aloqasini hisobga olgan holda butun o'qitish va bilimlarni o'zlashtirish jarayonini yaratish, qo'llash va aniqlashning tizimli yondoshuvidir.
Pedagogik texnologiya - ommaviy ta'lim sharoitida maqsadga yo'naltirilgan, boshqariladigan, rejalashtirilgan natijalar-ga kafolatli erishish mumkin bo'lgan, qayta takrorlanadigan samarali o'quv jarayonini yaratish va qo'llash to'g'risidagi fan.
Pedagogik texnologiya rejalashtirilgan o'qitish natijalarga erishishni kafolatlaydigan takrorlanadigan o'quv jarayonini tadqiq etadi.
Oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limini rivojlantirish markazi xulosasiga asosan pedagogik texnoiogiya ijtimoiy hayotning turli sohalari bilan o'zaro bog'liq ravishda shakllanish va rivojlanish natijasida turlicha ko'rinishlarda namoyon bo'ladi:
Nazariy fan sifatida - bunda pedagogik texgologiya o'z maqsadi, vazifalari, muammolari, metodologiyasi va boshqa nazariy asoslariga ega.
O'quv fan ko'rinishda - bunda pedagogik texnologiyalarni ijtimoiy hodisa, nazariy fan, o'quv-tarbiya tizimi, jarayoni, peda­gogik faoliyat va uning uslublari, aloqador fanlarning ilmiy-tadqiqot sohasi sifatida, turli ta'lim muassalarida belgilangan o'quv dasturi asosida o'rgatishdan iborat.
Pedagogika fanida nazariy bilimlar va amaliy tajribaning yirik massivi to'plangan. Ammo XX asrning ikkinchi yarmigacha birorta ham mashhur pedagog o'zlari erishgan yuqori natijalarga boshqalarning ham erishishga imkoniyat beradigan, qayta takror­lanadigan pedagogik siklni yarata olmadi.
Buning sababi shundan iboratki, buyuk pedagoglarjung metodlari ma'lum darajada pedagogning qobiliyatini o'z ichiga qamrab oladi. Pedagogika muammolariga bag'ishtangan kitoblar pedagogika fani talab qilganidek «ijobiy misollar», «qat'iy» o'rnatilgan tamoyillar, qoidalar va qonuniyatilar asosida o'rgatar edi. Bu kitoblarni o'qigan barcha, talabalar bilan «qanday» ishlashni, mashg'ulotlarni «qanday» o'tkazish, o'quv-tarbiyaviy jarayonni «qanday» olib borish kerakligini o'zlashtiradi, ammo ularning ko'pchiligi «shunday» ishlashni uddalay olmas edi. Bu haqda rus pedagog-olimi A.S. Makarenko, quyidagi fikrni bildirgan edi: "Bizning pedagogik faoliyat hech qachon texnologik mantiqqa asoslanmagan, faqat axloqiy pand-u nasihatlar mantiqiga tayanadi. Aynan shuning uchun bizda ishlab chiqarishning barcha muhim bo'limlari: texnologik jarayon, operatsiyalar hisobi, konstruktorlik ishi, uskunalar, me'yorlash, nazorat, cheklanishlar, yaroqsizga chiqarish ishlari mayjud emas". Bay on etilganlarning barchasi qayta takrorlanadigan pedagogik jarayonni yaratish uchun zarurdir. Ammo uni yaratish juda murakkab masaladir. Ushbu masala birinchi bo'lib, AQSHda yechildi, bunga mashhur olimlar B.Blum, D.Kratvoli, N.Gronlund, J.Kerrol, J.Blok, A. Anderson va boshqalarning tadqiqotlari orqali erishildi. Ular, rejalashtirilgan natijalarga erishishni kafolatlovchi qayta takrorlanadigan pedagog siklga asoslangan pedagogik texnologiyani ishlab chiqdilar.
XX asrning ikkinchi yarmida ilmiy texnik taraqqiyotning talablari asosida paydo bo'lgan pedagogik texnoiogiya uning jadallashuvi uchun xizmat qilmoqda.


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling