Pedagogik texnologiyaning maqsadi - ommaviy ta'lim sharoitida ta'lim jarayonining zaruriy samaradorligini ta'minlash va talabalar tomonidan o'qishning ko'zlangan natijalariga erishish kafolatidan iboratdir.
Pedagogik texnologiyaning bosh vazifasi - ommaviy ta'lim sharoitida «oddiy» pedagoglarga o'qitishning yetarli samarasiga erishishni ta'minlovchi o'quv jarayonini yaratish hisoblanadi
Pedagogik texnoiogiya, ta'lim tizimidagi mustaqil fan sifatida o'quv jarayonning barcha elementlarini - o'quv grafigini va o'quv rejasini tuzish, o'qitish va uning natijalarini baholashni - o'z ichiga oladi.
Oliy ta'lim muassasasining o'quv jarayoni o'quv materialini to'la o'zlashtirish tamoyillariga tayanishi lozim. Ya'ni, fanning o'quv dasturiga muvofiq, o'quv materiali barcha talabalar tomonidan o'zlashtirilishi shartdir.
O'quv materialining to'la o'zlashtirilish tamoyili -har qaysi mavzu bo'yicha talaba tomonidan bilim olish faoliyatining о'rnatilgan darajasiga erishishni anglatadi
Ko'p sonli xorijiy tadqiqotlar ma'lumotlariga ko'ra. «talabalarning o'quv materialini to'la o'zlashtirishi» tushunchasi, guruhdagi har bir talaba tomonidan o'quv materialining kamida 80% ga o'zlashtirilishini anglatadi. To'la ishonch bilan, isbotsiz aytish mumkinki, bunga faqat o'ta mahoratli professor-o'qituvchilar tarkibi erishishi mumkin. Oddiy professor-o'qituvchilar tarkibida. o'quv materialining bu darajadagi o'zlashtirilishiga, faqat iqtidorii talabalargina erishishi mumkin. Ommaviy ta'lim sharoitida talabalarning to'la o'zlashtirishiga qanday qilib erishish mumkin? Bunda uchta yo'lni ko'rsatish mumkin:
Birinchi yo'I - buo'zlashtirish mezonining yetarli darajasining ko'rsatkichni qo'llash. Hozirgi paytda o'quv materialini, o'quv fanini 55% ga o'zlashtirgan talaba ijobiy baholanadi. Tabiiyki, bu yo'lni istiqbolli deb bolmaydi.
Ikkinchi yo'l - professor-o'qituvchilar tarkibini faqatgina oliy darajali, ajoyib professor va dotsentlardan tuzish. Ularning har biri o'ziga xos o'qitish usullari va yo'llari tufayli, tayyorgarlik darajasi butunlay har xil bo'lgan talabalarning to'la o'zlashtirishini ta'minlaydilar.
Haqiqatda, bir guruhda kirish sinovlari fanlari bo'yicha o'zlashtirish darajasi 30% dan 90% va undan ortiq bo'lgan talabalar o'qishi mumkin. Bu yo'l haqiqatdan uzoq va ideallashtirilgan yo'ldir. Barcha talabalar iqtidorii bo'lmaganidek, o'n minglab professor-o'qituvchilar tarkibi ham xuddi shunday,
Uchinchi yo'l - o'quv jarayoniga pedagogik texnologiyani joriy etish bo'lib, ular o'qish va o'rgatishning asosiy elementlarini o'rnatib, o'zida, oliy darajadagi pedagog olimlaming o'qitishdagi uslub va yo'llarini mujassamlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |