Mavzu: Kasb-hunar kollejlarida fizika o`qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish


Download 0.77 Mb.
bet5/46
Sana14.01.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1092842
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
kasb hunar kollejlarida fizika oqitishda yangi pedagogik texnologiyalardan

Birinchidan-fanning o’sib borayotgan o’rni bilan,XX asrda, ayniqsa uning ikkinchi yarmida ,fanning taraqqiyoti eng yuqori sur’atlarga erishdi.Har 10-15 yilda fan faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari ikki martadan oshib bordi.Shuning uchun,fanning taraqqiyot qonuni eksponenta qonuniga bo’ysunadi deb faraz qilinadi.Hozirgi zamonda fan taraqqiyotining yuqori sur’atlari,aqliy mehnatni avtomatlashtirish orqali saqlab turilmoqda. Fanning jadal taraqqiyoti,ilmiy-texnik axborot tegishli taraqqiyotiga olib keladi.
Fanning eksponenta bo’yicha rivoji uning ko’chkisimon rivojini anglatadi.Zero ilmiy-texnik axborot rivoji ham ko’chkisimon jarayon hisoblanadi.
Axborot oqimining ko’chkisimon o’sish sur’atini saqlash uchun zamonaviy telekommunikatsion axborot tizimlari yaratilmoqda va faoliyat ko’rsatmoqda.
Ko’rinib turganidek,fan va axborot hozirgi zamondagi o’sish sur’ati va hajmi 20-30 yil oldingi ularning holatidan keskin farq qiladi.
Fan taraqqiyoti,bu oily ma’lumotli mutaxassislarning faoliyati doirasiga kiradi.Shuning uchun,oily ma’lunmotli mutaxassislarni tayyorlovchi tizim-zamonaviy axborot oqimini o’zlashtirish, ilmiy-tadqiqot malakalari,individual va mustaqil ishlash,ilmiy-texnikaviy axborotlar va o’quv-ilmiy adabiyotlar bilan ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
Ikkinchidan-zamonaviy fanlarning ko’chkisimon rivoji 2,3 va undan ortiq ma’lum fanlar ulanmalarida yangi fanlar paydo bo’lishi bilan ham ta’minlanadi.Masalan:biofizika,biokimyo,informatika,fizik-kimyoviy mexanika va ko’pgina boshqa fanlar.Fan ,,daraxti’’ paydo bo’ladi.Ma’lum fanlar ulanmalarida paydo bo’lgan yangi fan-yangi ilmiy yo’nalishlar,muammolar,mavzular va ilmiy masalalarni oz ichiga oladi.Bu masalalarni oliy maktabning iqtidorli bitiruvchilari yechishi lozim.
Shuning uchun kadrlar tayyorlovchi tizim talabalarda original va noan’anaviy fikrlash qobiliyatini,tizimli va mashaqqat bilan ishlash malakalarini rivojlantirishi lozim.
Talaba ajablana olishi, hayratlana olishi lozim, shundagina u boshqalarni o’zining ijodiy mehnati bilan hayratlantira oladi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling