Mavzu: kasb psixologiyasining predmeti reja


Download 22 Kb.
bet7/11
Sana26.11.2021
Hajmi22 Kb.
#177915
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-maruza Kasb psixologiyasining predmet

Monizm prinsipi. Biror bir voqelikni tadqiq etishda alohida shaxsga taalluqli jihatlarni asos qilib olish va shu asosda xulosalar chiqarishni nazarda tutadi.

Monizm so'zi bitta alohida ma'nosini anglatadi.



Psixologiyaning sohalari.Psixologiya fani ijtimoiy hayotning barcha sohalarida amal qiladi. Chunki qayerda inson faoliyat ko'rsatar ekan, o'sha yerda inson ruhiyati bilan bog'liq muammolar yuzaga chiqadi.

Hozirgi kunda psixologiyaning 70 dan ziyod sohalari faoliyat ko'rsatmoqda. Masalan: umumiy psixologiya, medisina psixologiyasi, sport, muhandislik, oila, harbiy, yuridik, aviasiya, kosmik, yosh davrlar psixologiyasi, pedagogik, etnopsixologiya, differensial psixologiya va hokazolar. umumiy psixologiya-psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlari va ularning o'ziga xos jihatlarini o'rganadigan maxsus soha; pedagogik psixologiya-kishiga ta'lim va tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o'rganishni o'z predmeti deb biladi; yosh davrlar psixologiyasi-turli yoshdagi odamlarning tug'ilgandan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va o'zaro munosbatlari qonuniyatlarini individning yoshiga mos tarzda o'zgarishi tamoyillarini o'rganadi; ijtimoiy psixologiya-odamlarning jamiyatdagi birgalikdagi ish faoliyatlari natijasida ularda hosil bo'ladigan tasavvurlar, fikrlar, e'tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarini o'rganadi; mehnat psixologiyasi-kishi mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini, qonuniyatlarini o'rganadi; muhandislik psixologiyasi-avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari operatorining faoliyatini, odam-texnika o'rtasida funksiyalarni taqsimlash va muvofiqlashtirishning xususiyat-larini o'rganadi;




Download 22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling