Mavzu. Kasb psixologiyasining
Download 178.94 Kb.
|
СЕМИНАР 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tushunchalar Mazmuni
- 2 - O’QUV TOPSHIRIQ FSMU texnologiyasi
- Ushbu texnologiya munozarali vasalalarni hal etishda hamda o’quv jarayonini
- «Kasb psixologiyasi fanining o’ziga xosligini izohlang»
- Kasb psixologiyasi fanining o‘ziga xosligini izohlang (ya’ni boshqa fanlardan farqi)
- 3-- O’QUV TOPSHIRIQ “KLASTER” METODI.
- Mavzu bo’yicha topshiriq
- Kasbiy psixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari
- 4-topshiriq: Klasterni to’ldiring
- Кasdiy psixologiyaning fanining asosiy konseptual qoidalari
- SEMINAR MASHG’ULOTINING BAYONI
1-O’QUV TOPSHIRIQ
“Tushunchalar tahlili ” organayzerini to’ldiring
2 - O’QUV TOPSHIRIQ FSMU texnologiyasi
3-- O’QUV TOPSHIRIQ “KLASTER” METODI. “Klaster” (g’uncha, to’plam) grafik organayzeri puxta o’ylangan strategiya bo’lib, uni o’quvchilar bilan yakka tartibda, gurux asosida tashkil etiladigan mashg’ulotlarda qo’llash mumkin. Klasterlar ilgari surilgan g’oyalarni umumlashtirish ular o’rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi. Mavzu bo’yicha topshiriq: “Klaster” yordamida kasbiy psixologiya fanini maqsadi, vazifalari, tarkibiy tuzilishi, metodologik asosi va boshqa fanlar bilan aloqasini yoritib bering. .
Kasbiy psixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari
4-topshiriq: Klasterni to’ldiring Кasdiy psixologiyaning fanining asosiy konseptual qoidalari SEMINAR MASHG’ULOTINING BAYONI: Psixika – yuqori darajada tashkil topgan materiyaning tizimli xossasi (xususiyati), sub’ekt tomonidan ob’ektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq manzaralarini sub’ekt o‘zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o‘z xulqi va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada o‘tmishning, hozirgi davr va kelgusi zamonning hodisalari ifodalangan, tartibga solingan1. Psixikaning asosiy vazifalari – aks ettirish – munosabat va xulq atvroni boshqarish –nazorat etishdir. Ruxiyatning namoyon bo‘lish shakllari va ularning o‘zaro bog‘liqligi ruxiy (bilish) jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq va diqqat), ruxiy holatlar (hissiyot, emotsiya, bardamlik, tetiklik, qiziquvchanlik, hayratlanish, ishonchlilik, ijodiy ruhlanish), shaxs xususiyatlari (yo‘nalishlar, temperament, xarakter, qobiliyat, iqtidor, aqliy salohiyat, xulq motivatsiyasi, ish uslubi, mas’uliyat)da kuzatiladi. Psixologiya – psixikaning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlari, shuningdek insondagi onglilik va ong osti fenomenlarining xilma-xil ko‘rinishlarini o‘rganuvchi fan. Psixologiya yunoncha “psyche” va “logos” so‘zidan olingan bo‘lib, «jon», «ruh» haqidagi fan, ta’limot degan ma’noni anglatadi. Hozirgi davr ilmida «jon» tushunchasi o‘rniga «psixika» atamasini qo‘llash qabul qilingan. CHunki lingvistik nuqtai nazardan «jon», «psixika» tushunchalari aynan bir ma’noni bildiradi. Lekin «psixika» atamasi bugungi kunda «jon»ga nisbatan kengroq ma’noga, ko‘lamga ega bo‘lib, inson ruhiyatining ham ko‘zga ko‘rinuvchi, ham ko‘zga ko‘rinmas tomonlarini o‘zida aks ettiradi. Psixologiya fanining o‘rganadigan sohasiga psixika, ong va ongsizlik, shaxs va uning faolligi kirsa, uning predmetini ana shu ob’ekt haqidagi muayyan bilimlar tashkil qiladi (Ob’ekt – kishilarning diqqatini o‘ziga tortadigan moddiy va ma’naviy borliq. Predmet – moddiy va ma’naviy borliq haqidagi bilimlar). Kasbiy psixologiya ilmiy-amaliy fan bo‘lib, umumiy psixologiyaning qonuniyatlarini o‘rganadi va bu faoliyat samaradorligini oshirish uchun tavsiyalar ishlab chiqadi. Kasbiy psixologiya fani texnik muxandis xodimlarining munosabatlari, odamlarning psixik faoliyatini texnik boshqarish mexanizmlari va qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir. Bunda texnik muxandislik faoliyatining psixologik asoslarini o‘rganish maqsad qilib qo‘yilgan. Kasbiy psixologiya fanining maqsadi – texnik muxandis xodimlar faoliyatining taraqqiyot qonuniyatlari, turli toifadagi shaxslar bilan o‘zaro munosabatlar jarayonida psixologik bilimlardan foydalana olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iboratdir. Kasbiy psixologiya fanining predmeti quyidagilardan iborat: texnik muxandis xodimlarining psixikasini har tomonlama o‘rganishdan hosil bo‘lgan bilimlar; texnik muxandis xodimlarining ongi, ruhiyati, onglilik va ongsizlik holatidan hosil bo‘lgan xulosalar; texnik muxandis xodimlarining shaxsining tuzilishi, uning faoliyati va faolligini o‘rganish orqali olingan nazariy va amaliy xulosalar. Barcha fanlar singari kasbiy psixologiya fanining ham o‘z ob’ekti mavjud, ular quyidagilardan iborat: texnik muxandis idoralar xodimlarining psixologiyasi; texnika inson munosabatlarida inson omili va psixologiyasi; fuqarolarning onglilik va ongsizlik holatlari; shaxsning tuzilishi; shaxsning faoliyati; shaxsning faolligi va uning shakllari. Kasbiy psixologiyaning mustaqil fan sifatida rivojlanishining 3 bosqichi mavjud: 1-bosqich - XIX asrning oxirida mehnatni ilmiy tashkil etishning psixologik masalalarini hal qiladigan psixotexnika yo‘nalishlarini paydo bo‘lishi, shuningdek psixotexnika taraqqiyotning asosiy masalalari bu mehnat sharoitlari va usullari, ratsionalizatsiya qilish jarayonlarni kamaytirish, ishlab chiqarish talimining shakllantirishi masalalariga etiborni ortishi. 2-bosqich - XX asrning boshlarida mustaqil ilmiy soha mehnat psixologiyasining rivojlanishi va bu boradagi kasbiy tadqiqot masalalari, inson psixologiyasining mehnatda namoyon bo‘lishi va shakllanishi, shuningdek kasbiy tanlov, kasbiy maslahat va mehnat ekspertizasi masalalariga doir bilimlarni yuzaga kelishi. 3-bosqich - XX asrning 70 yillarida inson va kasb hamkorligi muammolarning xal qiluvchi mehnat psixologiyasi va muhandislik psixologiyadagi vazifalarni paydo bo‘lishi mehnat psixologiyasining bu sohasi kasblar psixologiyasi deb nomlana boshlandi. Kasbiy psixologiya doirasida kasbiy maslahat, kasb tanlash bo‘yicha tadqiqotlar birlashtirilgan. Mustaqil fan sifatida kasbiy psixologiya yuzaga keldi va birinchilardan bo‘lib AQSHda olimlar J.Kritets va R Super ishlarida ko‘zga tashlangan. Kasbiy psixologiya fanining tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi. mulokot psixologiyasi; muxandislik psixologiyasi; Kasbiy psixologiyaning tarkibiy qismlarini tizimlashtiradigan bo‘lsak, u quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi. Download 178.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling