Mavzu: Kasb ta’limida seminar treningning o’rni va ahamiyati. Reja
Download 55.41 Kb.
|
pedagogikapsihalogiya fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
REFERAT Mavzu: Kasb ta’limida seminar treningning o’rni vaahamiyati.FARG‘ONA 2023 -YIL Mavzu: Kasb ta’limida seminar treningning o’rni vaahamiyati.Reja :Totalitar jamiyat sharoitida kishilarning individual psixologik xususiyatlari.Kasblar psixologiyasining mustaqil fan sifatida shakllanishi.K.Farrenning qarashlari.Xulosa.Psixologiyaning mustaqil sohasi sifatida kasb psixologiyasini shakllanishida bir qancha siyosiy, iqtisodiy va ilmiy-tadqiqiy sabablarning o‘rni muhim hisoblanadi. Ular sirasiga quyidagi sabablarni keltirib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Totalitar jamiyat sharoitida kishilarning individual psixologik xususiyatlari. Asosiy e‘tibor ishlab chiqarish vazifalarini yechish uchun zarur bo‘lgan ishchilarni tayyorlash bilan bog‘liq ijtimoiy buyurtmani bajarishga qaratilgan. Siyosiy vaziyatning o‘zgarishi, mafkuraviy qarashlarning ommalashuvi natijasida mustaqil ishbilarmonlik faoliyati bilan shug‘ullanish imkoniyatining paydo bo‘lishi-mehnatga nisbatan ongli munosabatlarni shakllanishiga olib keladi. Bu esa ishchilarning kasbini o‘zgartirishga majbur bo‘lganda yangi ish joyini qidirish, o‘zining raqobatbardoshligini tasdiqlash uchun xulq-atvorining o‘zgarishiga olib keladi. Rossiyadagi siyosiy va mafkuraviy erkinliklar ishchilarda ikkilanish va psixik zo‘riqishni keltirib chiqaradi. Ishlab chiqarish munosabatlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi, og‘ir sharoitlarni o‘zgarishi, ishchilarda stress holatini keltirib chiqaradi. Chunki ular birdaniga o‘z kasbiy hayotlari uchun ma‘sul bo‘lib qoladilar. Mehnatga layoqatli aholi uchun dolzarb masalalardan biri bu kasbiy hayot ssenariysini tanlash, kasbiy rivojlanish, ishsizlik muammosi bo‘lib qoldi. Ammo bu muammolarni yechimini topishning imkoniyati yo‘q edi. O‘z navbatida bu kishilarda bir-birini psixologik qo‘llab-quvvatlash va bir-biriga ko‘maklashish ehtiyojini yuzaga keltiradi. Shunisi ahamiyatliki, psixologiyaning hech bir yo‘nalishi bu muammolar bilan shug‘ullanmaydi, bu esa o‘z navbatida mazkur muammolarni o‘rganish uchun yangi bir sohaga, ya‘ni kasb psixologiyasining shakllanishiga olib keladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish va undagi o‘zgarishlar, ya'ni dastlabki paytlarda iqtisodiy vaziyatlar bir maromda kechayotgan edi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yuqori malakali kasbiy jihatidan yetuk raqobatbardosh ishchilarga zaruriyat sezilmoqda. Bu esa kasb tanlash, kasbiy layoqatni aniqlash, kadrlar faoliyatini baholash va attestasiyadan o‘tkazish, kasbiy rivojlanish yo‘llarini belgilash, ishchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalalariga e‘tiborni qaratish lozimligini anglatadi. Shuning natijasida korxona va tashkilotlarda ishchilar uchun rivojlanish bo‘limlari paydo bo‘ladi. Psixologiya fani doirasida shaxsning kasb bilan hamkorligi yuzasidan ko‘p tomonlama tadqiqotlar olib boriladi. Asosan bu muammolar mehnat psixologiyasi, pedagogik psixologiya va yosh davrlar psixologiyasi fanlari tomonidan o‘rganilgan. Bu muammolar yechimining metodologik jihatdan asoslanishi psixologiya sohasida olib borilgan fundamenta ishlarda aks etgan; Faoliyatning psixologik nazariyasini yaratilishi kasbiy faoliyatga doir tadqiqotlar uchun nazariy asos bo‘ladi. Shaxs borasidagi differensial psixologik konsepsiyaning rivojlanishi, kasbiy tanlov, kasbiy maslahat, kasbiy moslashuv professionalizasiyaga doir muammolarni hal qilish uchun asos bo‘ldi. Mehnat psixologiyasi kasbiy layoqat, kasbiy diagnostika, kasbiy ko‘nikma va malakalarning shakllanishi masalalarini o‘rganadi. Yosh davrlar psixologiyasi shaxsiy va kasbiy rivojlanishi, kasbiy o‘zlikni anglashdagi inqirozlarning psixologik xususiyatlari va kelishmovchiliklari masalalarini o‘rganadi. Ta'kidlash mumkin-ki, insonning kasblar olami bilan hamkorligi to‘planib, psixologiyaning turli sohalarida o‘rganilib borilgan. Bugungi kunga kelib, bu bilimlarni bitta ilmiy yo‘nalishi - kasblar psixologiyasini shakllantirish uchun sharoit yaratiladi. Shunday qilib, 1990- yillar boshida siyosiy, iqtisodiy va ilmiy sabablar tufayli psixologiyaning yangi sohasi-kasblar psixologiyasi vujudga keldi. Kasblar psixologiyasining mustaqil fan sifatida shakllanishini 3-bosqichini ajratish mumkin. XIX-asrning oxirida mehnatni ilmiy tashkillashtirishning psixologik masalalarini hal qiladigan psixotexnika yo‘nalishini paydo bo‘lishi, shuningdek, psixotexnika taraqqiyotining asosiy masalalari bu mehnat sharoitlari va shu usullarini rasionalizasiya qilish, avariya va shikastlanishni kamaytirish, ishlab chiqarish ta‘limining shakllanishi masalalariga e‘tiborning kuchayishdir. XX-asr boshlarida mustaqil ilmiy soha mehnat psixologiyasining rivojlanishi va bu boradagi kasbiy tadqiqot masalalari, inson psixologiyasining mehnatda namoyon bo‘lishi va shakllanishi shuningdek, kasbiy tanlov, kasbiy maslahat va mehnat ekspertizasi masalalariga doir bilimlarni yuzaga kelishi. XX-asrning 70-yillarida inson va kasb hamkorligi muammolarining hal qiluvchi mehnat psixologiyasi va industrial psixologiyadagi vazifalarning paydo bo‘lishi, mehnat psixologiyasining bu sohasi profpsixologiya yoki kasblar psixologiyasi deb nomlana boshladi. Kasb psixologiyasi doirasida kasbiy maslahat, kasb tanlash, va kasbshunoslik bo‘yicha tadqiqotlar birlashtirilgan. Mustaqil ilmiy fan sifatida kasb psixologiyasi yuzaga keldi va bu AQSHlik olimlar J. Krites va D. Super ishlarida ko‘zga tashlangan.Ammo chet el tajribasi asosida to‘plangan ma‘lumotlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish imkoniyati bo‘lmaydi. O‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar va ijtimoiy madaniy an‘analar yurtimizda o‘zimizga, millatimizga xos milliy kasb psixologiyasining rivojlanishiga sabab bo‘lmoqda. Kasb psixologiyasiga taxminan XX-asrdan boshlab asos solinib kelingan. Bunga ko‘proq insonlarni o‘z qobiliyatlari, ehtiyojlari, hohish, istaklari, imkoniyatlari, individual xususiyatlari va hokazolarni hisobga olmagan tarzda kasblar olami haqidagi bilimlarga ega bo‘lmaganliklari natijasida qaysidir ma‘noda ongsiz ravishda kasb tanlashlariga sabab bo‘lgan. Biroq keyinchalik rus psixologi E. A. Klimov o‘z tadqiqot ishlarida aynan shu masalaga, ya‘ni ―kasb tanlash‖, ―kasbga yo‘naltirish‖ kabi masalalarga e‘tiborini qaratib, bu borada tadqiqot ishini olib borgan. Xususan, misol sifatida Differensial diagnostik so‘rovnoma (DDS) metodikasini ishlab chiqqan. YE.A.Klimovdan tashqari ham ko‘p chet el olimlari bu masala bo‘yicha ish olib borganlar. Asta-sekin jamiyatda kasb tanlashga nisbatan ongli yondoshishlar kuzatila boshlandi. Ya‘ni ularning barchasi kasb psixologiyasining shakllanishiga olib keladi. Kasb psixologiyasining ajralib chiqishi hozirgi kunda shaxsning kasbiy mehnatga o‘rganib ketishi emas, balki alohida kasbiy bilim, ko‘nikma va malaka hamda umuman kasblar olamiga kirib borishiga asoslanadi. Kasb psixologiyasi shaxsning kasbiy jihatdan shakllanishini o‘rganadi. Bunda shaxs rivojlanishi kasbiy shakllanishi sifatida ko‘rib chiqiladi. Kasb psixologiyasi-mehnat psixologiyasining kasblarni psixologik komponentlarini yoki muayyan kasbda ishlovchilarga nisbatan qo‘yiladigan psixologik talablarni o‘rganish hamda ilmiy tahlil hilish bilan shug‘ullanuvchi bo‘limidan iborat. Mutaxassislikning turli ijtimoiy - madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarida kasbiy xulq muhim ahamiyatga ega. Shaxsning psixomotor motivasion va kognitiv sifatlariga e‘tibor berilgan holda kasbiy yutuqlarga asosiy e‘tibor qaratiladi. Inson va uning kasbi o‘rtasidagi, shuningdek, kasbiy vazifasi va kasblar olami tuzilmasi o‘rtasidagi munosabatlar tahlil qilinadi. Kasb psixologiyasi inson uchun kasbiy faoliyatning ahamiyatini o‘rganib, shaxsning kasbiy shakllanishini tadqiq etadi, shuningdek, yoshlikda kasbiy tasavvurlarni rivojlanishini, kasbiy etuklik determinantalarini ayniqsa, kasbga kirishish va uning hayotga bo‘lgan ta'sirini o‘rganadi. Kasb psixologiyasining muhim aspektlari - bu kasbiy faoliyatning tahlili, kasbiy maqsadlar, vaziyatlar, qiyinchiliklarini o‘rganishi, kasbiy talablarni aniqlashdan iborat. Xorijiy manbalarda ham insonning kasbdagi faoliyati va xulq-atvori maydoni o`ziga xos holda belgilanib, ―kasb to`qimasi‖ yoki ―mental xarita‖ deb atalgan. ―Mental xarita‖ - kasbiy faoliyat maydonining mutaxassis joylashishi mumkin bo`lgan ichki olami hisoblanadi. Kasbiy faoliyat maydoni tarkibidan kasbiy sohadagi anchagina barqaror ta‘lim, kasbning tavsiyanomasi, uning qo`llanish sohasi, aniq ishchi o`rniga nisbatan yashovchanligi o`rin olgan. K.Farrenning qarashlariga tayanib aytish mumkinki, talabalar mutaxassis sifatida shakllanishi davridayoq yashovchanlik ko`rsatkichlaridan boxabar bo`lishlari muhimdir. Uning fikricha, yashovchanlik ikki xil ko`rinishga ega bo`ladi: shaxsning yashovchanligi va kasbning yashovchanligi. Olim shaxs yashovchanlik sifatlariga quyidagi ko`rsatkichlarni kiritadi: Shaxs xususiyatlariga munosib kasb tanlash. Bajarayotgan ishga qo`yilgan talablarga yuqori darajada tayyorlik. Hayoti davomida talim olish va o`rganishga tayyorlik. Madaniyligi, o`zga kishilar qadr-qimmatini, farqlarini qabul qila bilish. Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanishni bilish. Bir necha sohalarda kasbiy mahoratni namoyish qila olishi. Yangi loyihalar taqdim qilish tashabbusiga ega bo`lish. Ishda hamkasblar bilan hamkorlikda ishlash ko`nikmasiga egaligi. K.Farren kasbning yashovchanlik ko`rsatkichlariga quyidagilarni kiritadi: Kasbning tashkilot maqsadlari bilan chambarchas bog`liqligi. Boshqa muassasa va ishlab chiqarish sohalari bilan uyg`unlashish imkoniyati. Boshqa kasblarda o`z kompetentliligi va qobiliyatlaridan foydalanish imkoniyati. SHaxsiy va moliyaviy taminlanganlik. Kasb bo`yicha shaxslar uyushmasining mavjudligi. Mahoratga etaklovchi bilimga egalik. Yoshidan qatiy nazar kasbiy muvaffaqiyatlarda mustaqil bo`lish . Shuningdek, yuqoridagi ikkita yashovchanlik ko`rsatkichlari bilan bir qatorda quyidagi ko`rsatkichlarni ham keltirib o`tish joiz: tanlangan ishlab chiqarish sohasining ―yashovchanligi‖, ―tashkilotning yashovchanligi‖, ―ishchi o`rnining yashovchanligi‖. XX asrning boshlarida Amerika va Evropa mamlakatlarida mehnat mahsuldorligini oshirish, ishlab chiqarish samaradorligini ta‘minlash jarayonida yuzaga kelgan bo`lib, buning natijasida psixologiyaning insonparvarlik g`oyalarini singdirish yuz berdi va natijada shaxs to`g`risida zamonaviy nazariyalari vujudga keldi. Bunday bog`liqlik shaxs nazariyasi bilan kasbiy rivojlanish psixologiyasi o`rtasida aloqa o`rnatishga olib keldi. Oqibatda kasbiy rivojlanish muammolarini o`rganishga turlicha yondoshadigan beshta asosiy yo`nalishi shakllandi. Bular: 1) differensial diagnostik, 2) psixoanalitik, 3) qaror qabul qilish nazariyasi, 4) taraqqiyot nazariyasi va 5) tipologik yo`nalishlar. Differensial - diagnostik yo`nalish bo`yicha izlanishlarda shaxsning kasbiy faoliyat samaradorligini ta‘minlash omillariga, kasbga ta‘sir ko`rsatuvchi individual psixologik xususiyatlarga va kasbga qo`yilgan talablarga asosiy e‘tibor qaratiladi. SHuningdek, unda kasb tanlashning asosini ratsional va ongli faoliyat tashkil etish to`g`risidagi qarashlar o`z aksini topgan (F.Parkinson). Bu yo`nalishda kasbiy rivojlanishga psixotexnik yondashuvni tadbiq etilganligi diqqatga sazovordir (G.Myunstenbergning, fikricha, individual sifatlar oddiy ijrochilik operatsiyalarning yig`indisi hisoblanadi). Leypsig maktabi psixologlari kasbiy ta‘lim uchun eng muhimi individual sifatlarni tarbiyalashdir, degan g`oyani ilgari surishdi. Psixoanalitik yo`nalish vakillari kasbiy rivojlanishning psixodinamik jihatlarini tahlil qilish bilan shug`ullandilar. Ular kasb tanlash va kasbiy rivojlanish asosida tabiiy ehtiyojlardan tortib kompleks psixodinamik mexanizmlar va shaxs tuzilish instansiyalarigacha bo`lgan turli xil ehtiyojlar yotadi, degan g`oya bilan chiqdilar (U.Mozer, L.Zondi, E.Bordin, E.Rou ). Qaror qabul qilish nazariyasi vakillari kasb tanlash jarayonini o`rganish uchun yo`nalganlik ustanovkalarini tadqiq etishga e‘tibor qaratdilar. Ularning qarashlariga ko`ra, har qanday kasbni tanlash kasbiy alternativa va qaror qabul qilishga yo`naltirilgan tizimdan iborat (X.Tome, G.Ris, P.Siller, D.Tideman, O'Xar). Bu g`oya vakillari kasb tanlashning sabablari sifatida tanlangan kasbning e‘tiborliligi, kasbiy malakalarni talab qilish darajasi, shaxsning kasbga da‘vogarlik darajasi, kasbiy ustanovlarning realligini e‘tirof etishadi. Taraqqiyot nazariyasi yo`nalishi vakillari rivojlanish nazariyasiga asoslanib ish tutishgan. Bu yo`nalishning izlanishlari akademik psixologik xarakterga ega bo`lib, ilk izlanishlar o`spirinlarni kasb izlashi bilan bog`liq xususiyatlarini asoslashga qaratilgan edi. Ushbu yo`nalish vakillaridan D.Syuper, SH.Byuler va E.Ginsbergning ilk ishlariga tayanib, kasbiy rivojlanish bir nechta bosqichlarga ajratiladi: vujudga kelish bosqichi (tug`ilgandan to 14 yoshgacha), kasbiy fantaziyalarga tayanib kasb tanlanadi; tadqiq etish bosqichi (15-24 yosh), shaxs o`zining imkoniyatlariga mos kasbni tanlashni niyat qiladi; konsolidatsiya bosqichi (25-44 yosh), barqaror shaxsiy pozitsiyaga mos kasbiy faoliyat maydoni o`rnatiladi; saqlash bosqichi (45-64 yosh). Bu davrda shaxsning kasbiy faoliyati hech qayoqqa og`masdan aniqlangan kasbiy faoliyat maydoni bo`yicha kechadi; pasayish bosqichi (65 yosh). Bu bosqichda yangi kasbiy faoliyat roli paydo bo`lib, boshqalarning kasbiy faoliyatini kuzatish etakchi o`ringa chiqadi . Tipologik yo`nalish vakillari kasbiy faoliyatni tipologiyalashtirishga e‘tibor qaratadilar (E.SHpranger, D.Xolland). Xolland o`z tipologiyasida shaxsning kompleks mo`ljal olishga yo`naltirilgan bir qator tiplarini ajratishga erishdi: 1. Realistik orientatsiya; 2.Intellektual orientatsiya; 3) Ijtimoiy orientatsiya; 4) Konvensional orientatsiya; 5) Tadbirkorlik orientatsiyasi . Professiografiya. Insonga quyiladigan talablar nuqtai-nazaridan kasblar va uning o`z ichiga olgan ixtisosliklarini umumlashtirib tavsiflanishi professiografiya deyiladi. Professiografiya natijasi professiogramma bo`lib, bir kasb doirasidagi ixtisoslarning insonga, odamlar guruhiga quyishi mumkin bo`lgan talablar asosida tuzilgan umumlashtirilgan tavsifnomalardir. Professiogrammaning bir qismini psixologik professiogramma, qolgan bir qismini – inson psixikasiga quyiladigan talablar, ya‘ni kasb qobiliyatlari ro`yxat tashkil qiladi. Professiografiya kasblar klassifikatsiyasini ham o`z ichiga oladi, bu turli mezonlari bilan ifodalanadi: texnologik, gigienik, psixologik va boshqalar. Har qanday kasbni o‘rganish va tavsiflash har doim ma‘lum maqsadni ko`zlaydi va shu maqsadga bo‘ysunanadi. Professiogrammalar quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilgan xillarda bo`lishi mumkin: kadrlar tayyorgarligini asoslashga, gigienik sharoitlarni hisobga olish va uni sog‘lomlashtirishga; kasb tanlashni asoslashga; kasbiy maslahat va kasbiy tanlovni asoslashga; mehnatga baho berish normativlarini, mehnat xavfsizligi saviyasini kutarish va boshqalar. Kasb tanlashga yo`llash va kasb maslahatlarini uyushtirish. Kasb tanlashga yo`llash eng avvalo odam imkoniyatlari va u yashayotgan muhitning bir qancha sharoitlarini o‘rganishdan boshlanadi. Bularni umumlashtirib mehnat ekspertizasi deb aytiladi. Mehnat ekspertizasi – bu odamning konkret kasb bo‘yicha mehnatga yaroqliligini ma‘lum mutaxassislar tomonidan aniqlanishidir. Odamning u yoki bu mehnat turiga yaroqliligi quyidagilarga bog`liq bo`lishi mumkin: yoshiga; tegishli bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo`lishga; mazkur kasb buyicha ishlashga qiziqish va iste‘dodi mavjud bo`lishiga. Bundan tashqari yashayotgan sotsial muhit va jinsiga ham bog`liq bo`lishi mumkin. Mehnat ekspertizasi tashkiliy shakllaridan qat‘iy nazar quyidagi umumiy masalalarni hal qilish bilan shug‘ullanadi: Odam ma‘lum ishni boshlab keta oladimi? Tegishli lavozimda ishni davom ettira oladimi? Odamdan qaysi soha yoki vazifada foydalanish ma‘qul? Baxtsiz hodisa yuz berganda, bunga odam qay darajada aloqador, ishga qabul qilingan, tayinlanganlar –chi? Psixodiagnostika ma‘lumotlari asosida prognostik psixologik mehnat ekspertizasi kishining kelgusi mehnat faoliyatini belgilashga yordamlashadi. u talablarni har bir pedagog va ota–onalarning bilishi va amal qilishi. Ayniqsa bolaning 9–sinfni tugatish va xayot yo‘lini belgilab olishi davrida juda muhimdir. Xulosa. Meni o’ylashimcha kasbiy psixologiyani o`rganish natijasida va hammadan muhimi psixologiyaga doir bilimlarni egallash yo`lida talabalar mustaqil ishlash tufayli quyidagi xulosaga kelishadi: tashqi va ichki to`siqlarni mustaqil bartaraf qilishgina, aktiv tashqi faoliyat tufayliginao`z-o`zini tarbiyalashda muvaffaqiyat qozonish mumkin. O`z-o`zini tarbiyalashning asosiy negizi mustaqil ravishda ma‘lumot olishdir, shuning uchun birinchi kurs talabalarining kuch g`ayrati avvalo o`z saviyasini kengaytirishga, mustaqil fikrlay olish uchun intellektni har tomonlama rivojlantirishga qaratilishi zarur dep xulosaga keldim. .
Karimov I. A. Barkamol avlod orzusi. - T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 2000. - 245 b. Asomova R.Z. Kasb tanlash motivasiyasi va uning dinamikasi. Psix.f.n dis.-T., 2002. -137 b. 3. G.B.Shoumarov "Psixologi - pedagogicheskie aspekti proferentasii i Download 55.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling