Mavzu: Kasbga yo'naltirilgan ta'limning maqsadi va mazmuni Reja: Kirish. I. Bob


Chet tili o'qituvchisi kasbiy kompetentsiyasini shakllantirish metodlari


Download 48.25 Kb.
bet6/7
Sana15.06.2023
Hajmi48.25 Kb.
#1487911
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BARISOVA NAVRO`ZA QAHRAMON QIZI

2.2 Chet tili o'qituvchisi kasbiy kompetentsiyasini shakllantirish metodlari
Maqsad deganda, chet tili va uning sohibi madaniyatini o‘rgatish va o‘rganishning ongli tarzda rejalashtirilgan natijasi ko‘zda tutiladi. O‘qitish sharoitidan kelib chiqib, muayyan maqsad qo‘yiladi. Sharoit tushunchasi qamroviga o‘quv muassasasi turi (maktab), o‘quvchining psixologik (yosh) xususiyati, til tajribasi, o‘quv predmetiga ajratiladigan vaqt (dars soatlari) kiradi. Uzluksiz ta’lim tizimida tillarni o‘rgatish - o‘rganishga alohida e’tibor beriladi. Zamonaviy bozor iqtisodiyoti va axborot texnologiyalari taraqqiyoti sharoitida chet til o‘rganishga extiyoj kuchaydi. Madaniyatlararo muloqot vositasi sifatida chet til o‘rganish davr talabiga aylandi. 2012 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qabul qilgan "Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" PK-1875-sonli qarori qabul qilindi. Darhaqiqat,bugungi taraqqiyot har bir o’qituvchidan o’ziga xos ijodkorlik,malaka va tajribani taqazo etmoqda..
Qarori bu sohaning istiqbolini belgilovchi davlat hujjatidir. Qarorga ko‘ra, chet tilni barcha umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1sinfidan boshlab ommaviy tarzda o‘rganish joriy etildi. Chet tilida nutqiy faoliyat yuritish o‘quvchi shaxsini shakllantirishga yo‘naltiriladi, ya’ni o‘rganilayotgan til sohibi yaratgan madaniy merosni o‘zlashtirishga erishiladi. Tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozuv jarayonida o‘quvchi oldin egallagan ijtimoiy, madaniy, lisoniy, emotsional tajribasini boyitadi. Muloqotdosh (kommunikant)larning bir-birini tushunishlari chet tilini bilishning asosiy mezoni hisoblanadi. Ta’lim tizimidagi boshqa fanlardan chet tilning farqi bir paytning o‘zida, uning ham ta’lim maqsadi, ham ta’lim vositasi ekanligida namoyon bo‘ladi. Chet tilda nutqiy malakalar (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozuv)ni egallash ta’limdan ko‘zlanadigan maqsad bo‘lishi bilan birga, o‘rganilayotgan til yangi va foydali axborot (informatsiya) olish, yetkazish vositasi maqomini ham oladi.
O‘quvchi (écolier) faqat muloqotdosh sifatida emas, balki axborot sohibi (kognizant) maqomida o‘rganilayotgan tildan foydalanadi. Tilni o‘rganish chog‘ida o‘quvchi lingvistik bilimlar to‘plash bilan emas, balki nutqiy va madaniy malakalari (kompetensiyasi)ni oshirish bilan mashg‘ul bo‘ladi. Kommunikativ faoliyat ko‘rsatish, shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyani egallashga mo‘ljallangan integrativ yondashuv asosida chet til o‘rgatiladi. Chet til ta’limida kommunikativ - kumulyativ metod tatbiq etiladi. Xorijiy G‘arb lingvodidaktikasi istilohida buni madaniyatlararo muloqot yo‘nalishi nomi bilan yuritiladi. Kognitologiya, konseptologiya, lingvokulturologiya va boshqa zamonaviy fanlarning so‘nggi yutuqlari asosida mazkur metodik nazariya shakllangan va keng ko‘lamda joriy etilmoqda. Chet tili va madaniyat yaxlit (integratsiyalashgan) holda o‘rgatiladi. Madaniyat, bu o‘rinda inson fikri va faoliyati hosilasi tushunchasini ifodalaydi. Chet tilida o‘rganiladigan lisoniy (leksik, grammatik, talaffuzdagi) birlikda lingvomadaniy xususiyatlar tajassum topgan va nutqiy jarayon (diskurs)da ularga o‘quvchi e’tibori qaratiladi. Mazkur metodik qoida doirasida chet til o‘qitish maqsadi va mazmuni belgilanadi.
O‘qitish mazmuni jahonda e’tirof etilgan didaktik ta’limotga binoan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z ichiga oladi. Chet tilini amaliy o‘rganishda lingvistik nazariy bilimlar umuman bayon etilmaydi. Bilim til materialini bilish (ko‘nikma) va uni o‘zlashtirishda yuz beradigan qiyinchiliklarni oddiy so‘zlar bilan sodda tilda tushuntirish, ya’ni xatolarning oldini olishga qaratilgan ko‘rsatma ma’nosini bildiradi. Ko‘nikma tarkibiga kiradigan amaliy qoida ona tili va chet tilda farqlanadigan yoki til ichki interferensiyasini keltirib chiqaradshn chet til hodisalari bo‘yicha beriladi (masalan: artikl (ona tilida yo‘q), otning ko‘plik shakli (birlik shakli leksik birlik hisoblanadi) yoki fransuz tilidagi otning ko‘plik shakli, qaratqich kelishigi, fe’lning sodda hozirgi zamondagi uchinchi shaxs birlik shakli (har uchalasi [z], [s], [iz] qabilida talaffuz etiladi va til ichki interferensiyasiga sabab bo‘ladi).
O‘qitish mazmuni komponentlaridan til materiali o‘rganilmish chet til sistemasidan minimum sifatida tanlanadi (o‘quvchi uchun u lisoniy maksimum hisoblanadi). Minimum til o‘rgatish uchun zarur va yetarli bo‘lmog‘i kerak. Tanlangan minimumdagi lisoniy birliklarni o‘zlashtirishda qiyinchilik tug‘diradigan qismigina til materialining o‘rgatish mazmunini tashkil etadi va o‘quv dasturidan o‘rin oladi.
Chet til o‘qitish mazmuni uch tarkibli ta’limiy hodisadir:
1) nutq mavzulari;
2) ko‘nikma va malakalarga qo‘yiladigan talablar;
3) til materiali.
O‘qitish mazmuni mavjud sharoitga ko‘ra, jumladan, o‘quv predmetiga ajratilgan vaqtga qarab tanlanadi. Boshlang’ich sinflarda chet til o‘quv predmetiga ajratilgan soatlar miqdori:
I sinfda haftasiga 2 soat (o‘quv yiliga 66 soat).
II sinfda haftasiga 2 soat (o‘quv yiliga 68 soat).
Umumiy o‘rta ta’lim maktabida chet til o‘qitish sharoitini hisobga olgan
holda "Chet tilni egallash darajalarining yevropa sistemasi"dagi tilni elementar (Basic user) darajada o‘rganish – o‘rgatish tavsiyasiga binoan I - IV sinflarda A1 - "Chet tilini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi" (Breakthrough/Survival level), V-IX sinflarda A2 - "Chet til egallashning tayanch darajasi" (Wastage level) ma’qul topildi. 1 sinfda xorijiy til darsi. Fan kabenitida bolalar diqqat e’tiborini televizor, kompyuter va videoproyektor o‘ziga jalb qilib turadi. Turli oilaviy sharoitda tug‘ulib, ongi shakllanayotgan bolalarning biri juda ziyrak, ikkinchisi o‘rta darajada, uchunchisi esa qayta qayta tushuntirgachgina qabul qiladi. Qaysi o‘quvchi qanday bo‘lmasin, darsda har biriga o‘tiladigan mavzuga oid bilim va tushunchaberish kerak.“Hirondelle” darsligida bolaning yosh xususiyatlari inobatga olingan.O‘qituvchilar bu o‘quv adabiyotidan amaliyotda unumli foydalanmoqdalar. Darsda ko‘proq o‘yin va muloqot muhitini yaratish kerak. Chunki endi maktabga chiqqan 10 bolada o‘ynashga, o‘yinchoqlar olamiga, narsabuyumlarni o‘z tasavvuri asosida bo’yashgamoyillik kuchli bo‘ladi.
Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi mul’timedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazida yaratilgan elektron manbalarni namoyish etganda, o‘quvchilar yanada jonlanadi. Buning afzal tomoni shundaki, bola slayd orqali nafaqat buyum va narsani ko‘rib, tasavvuri boyiydi, balki fransuzcha talaffuz ko‘nikmasi ham hosil qilinadi. Xorijiy tilni o‘rganishda eng muhim komponent – tinglash, talaffuz qilish, o‘qish – yozish hisobladi. Agar bola tog‘ri talaffuz qilishni o‘rgansa, yozish malakasini ham oson egallaydi. Bir – biriga uzviy bog‘liq bu jarayonlarga dars o‘tishda e’tibor berilishi kerak. Bolaga o‘z ona tili bilan bir vaqtda chet tilini ham o‘rgatish katta mehnat talab qiladi. Har bir ta’lim dargohi bu jarayonga an’anaviy va noan’anaviy tarzda yondashadi. Natija esa yillar o‘tib ma’lum bo‘ladi.

Xulosa.
Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi mul’timedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazida yaratilgan elektron manbalarni namoyish etganda, o‘quvchilar yanada jonlanadi. Buning afzal tomoni shundaki, bola slayd orqali nafaqat buyum va narsani ko‘rib, tasavvuri boyiydi, balki fransuzcha talaffuz ko‘nikmasi ham hosil qilinadi.
Xorijiy tilni o‘rganishdang muhim komponent – tinglash, talaffuz qilish, o‘qish – yozish hisobladi. Agar bola tog‘ri talaffuz qilishni o‘rgansa, yozish malakasini ham oson egallaydi. Bir – biriga uzviy bog‘liq bu jarayonlarga dars o‘tishda e’tibor berilishi kerak. Bolaga o‘z ona tili bilan bir vaqtda chet tilini ham o‘rgatish katta mehnat talab qiladi. Har bir ta’lim dargohi bu jarayonga an’anaviy va noan’anaviy tarzda yondashadi. Natija esa yillar o‘tib ma’lum bo‘ladi Ta'limning har qanday shaklida, lingvistik kompetentsiyalar barcha odamlar uchun keng, ko'ndalang, ko'p qirrali va asosiy bo'lishi kerak, shuningdek har bir ilmiy madaniyat va intizomga xosdir (Reyzabal, 2012). Ushbu kompetentsiyalar o'qish kabi boshqa shaxsiy qobiliyatlar bilan juda bog'liq, chunki kim o'qimasa, to'g'ri yoza olmaydi. Ushbu vakolatlar mutaxassislar (ilmiy hamjamiyatlar) yoki keng jamoatchilikning (barcha ijtimoiy sohalarga ilmiy tarqalishi) turli guruhlardagi odamlarning jamoaviy o'zaro ta'siri va bilimlarini ishlab chiqarish uchun zarurdir. Ingliz tilida gapirish ko’nikmasini rivojlantirish uchun eng avval talaffuzga e’tibor berishimiz kerak. Agar ingliz tilidagi so’zlarni to’g’ri talaffuz qila olmasak, nutqimiz boshqalar uchun tushunarsiz bo’lib qolishi mumkin. So’z boyligimizda mavjud bo’lgan barcha ingliz tilidagi so’z va iboralarimizning to’g’ri talaffuzini birma-bir tekshirib, o’rganib chiqishimiz kerak bo’ladi.
.



Download 48.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling