Mavzu. Kasbiy faoliyat va bilish jarayonlari. Tafakkur. Intellekt. Nutq
Download 130.4 Kb.
|
7 МАЪРУЗА
Kasbiy diqqat yaxshi shakllangan ixtiyoriy diqqatning anglanganligi va keragicha boshqarish imkoniyatining mavjudligi bilan ajralib turuvchi va nima, qachon, qaerda hamda nimaga diqqatni qaratish kerakligini belgilab beruvchi jarayon hisoblanadi. Kasbiy diqqatning yaxshi rivojlanganligi uning maqsadli va mohirona yo‘naltirilganligi bilan belgilanadi. Diqqatni bir joyga jamlash va uni to‘g‘ri yo‘naltirishda quyidagi omillarni hisobga olish zarur:
ish jarayoniga xos va mos sharoitni yaratish, ya’ni ish joyini saranjomlash, yorug‘likka qulay joylashib olish; muayyan vazifani bajarish uchun psixologik tayyorgarlik ko‘rish; aqliy tayyorgarlik, zarur adabiyotlardan foydalanish, tajriba orttirish, aqliy faoliyat yuritish uchun qulay vaqtlarni hisobga olish (tongi soat 5 dan 11 gacha, kundo’zgi soat 16 dan kechki 20–24 gacha aqliy faoliyat unumdorligi yuqoriligini ko’zatish mumkin). Muhandis xodimning kasbiy faoliyatida diqqatning asosiy xususiyatlari (taqsimlanishi, tarqoqligi, barqarorligi, tez o‘rin almashishi) ham o‘zisha xos ahamiyat kasb etishi, ya’ni sodir bo‘lgan voqea-hodisalarning zarur tomonlarini o‘rganish va aniqlik kiritishda, jinoyatchi Shaxs ning psixik holatini ko’zatishda qo‘l kelishini anglab etish lozim. Masalan, diqqatning hajmi 7–12 ta ob’ektni to‘liq qamraydi, barqarorligi 10–12 daqiqa to‘liq saqlanadi, bir soniya ichida diqqatni 3–4 marotaba ko‘chirish mumkin. Diqqatni kuchaytirish usullari: – javobgarlik hissini sezish, faoliyat samaradorligini belgilovchi ahamiyatli tomonlarni hisobga olish; muayyan xatti-harakatlarni amalga oshirishda irodaviy kuchga tayanish; ob’ektni «e’tibor bilan ko’zat», «yaxshilab qara», «yana bir bor tekshir» kabi diqqatni kuchaytiruvchi buyruqlarni berish; salbiy hissiyotlarni ko’zatish jarayoniga aralashtirmaslik; ko’zatuvchanlik faoliyatini susaytiruvchi omillarni inobatga olmaslik. Diqqatni jamlash tamoyillari: – muayyan holatga diqqatni yo‘naltirish; ahamiyatsiz ma’lumotlarni miyada saqlamaslik; keraksiz fikrlarga chalg‘imaslik. Diqqat jarayoni, o‘z navbatida, ko’zatuvchanlik faoliyati bilan uyg‘un shakllanadi. Ko’zatish Muhandis xodimlarining kasbiy faoliyatida o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. U operativ qiziqish uyg‘otgan Shaxs larning jinoiy faoliyatini fosh etishda, ularning aloqalarini, Shaxsiy xislatlarini o‘rganishda, tergov jarayoniga tegishli ma’lumotlarni to‘plashda namoyon bo‘ladi. Download 130.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling