Mavzu. Kasbiy faoliyat va bilish jarayonlari. Tafakkur. Intellekt. Nutq
Download 130.4 Kb.
|
7 МАЪРУЗА
Ko’zatish deganda, ma’lum bir maqsadli rejani amalga oshirish uchun narsa va hodisani ongda ataylab idrok etish tushuniladi.
Kasbiy ko’zatish esa Muhandis xodimlarining operativ xizmat vazifalarini amalga oshirishida muhim voqea va hodisalarni maqsadga muvofiq tarzda idrok etish jarayonidir. Kasbiy ko’zatuvchanlik xodimning Shaxsiy xususiyati emas, balki tabiiy xususiyatiga aylanib, faoliyatning barcha turlarida namoyon bo‘lishida, ko’zatuvchanligininng oliy darajaga chiqqanida namoyon bo‘ladi. Kasbiy ko’zatishda ko‘zga tushgan barcha narsa idrok etilmaydi, balki eng muhim, zarur, xizmat faoliyati uchun ahamiyatga molik bo‘lgan ob’ekt (narsa,predmet)lar idrok etiladi. Bu, odatda, ko’zatish asosini tashkil qiladigan maqsadlar, vazifalar, rejalar bilan bog‘liq bo‘ladi. Kasbiy ko’zatuvchanlik samaradorligi esa albatta psixologik mexanizmlar, qonuniyatlar va omillar bilan belgilanadi. YA’ni, ular namoyon bo‘lish xususiyatlariga ko‘ra ob’ektiv, sharoitga xos va sub’ektiv guruhlarga bo‘linadi. Kasbiy ko’zatish jarayonini amalga oshirishda sub’ektiv omillarga muhim vazifa yuklatiladi. Shu nuqtai nazardan kasbiy ko’zatuvchanlik faoliyatini shakllantirishda xodimdan kasbiy diqqat, idrok xususiyatlari va operativ xotira jarayonlarini rivojlantirish talab etiladi. Muhandis xodim operativ qiziqish uyg‘otgan Shaxs ga nisbatan ko’zatuv ishlarini olib borishda quyidagi psixologik omillarni hisobga olishi kerak. zarur bo‘lganda maxsus texnik vositalar va eslab qolish orqali ko’zatilayotgan ob’ektning xatti-harakatlarini to‘liq esda saqlashi, kerak bo‘lsa aniq qayd etishi; qayd etilgan faktlarni ko’zatilayotgan ob’ekt to‘g‘risida olingan avval ma’lumotlar bilan qiyoslashi va xulosalar chiqarishi. Muhandis xodimlar kasbiy ko’zatuvchanlikni rivojlantirishda quyidagilarni e’tiborga olishi zarur: – ko’zatuvdan oldin o‘rganilayotgan Shaxs , narsa yoki hodisa haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish; vazifani aniq maqsad asosida belgilab olish (xayolan bo‘lsa-da) va ko’zatuv rejasi hamda tartibini to’zish; ko’zatilayotgan ob’ektda nafaqat topilishi kutilgan narsani, balki uning teskarisini ham izlash; ko’zatish predmetini qismlarga bo‘lib o‘rganish bilan birga, butun jarayonni ko’zatishni esdan chiqarmaslik; bir martalik ko’zatishga ishonmaslik, ob’ektni turli nuqtai nazar va turli vaziyatlarda tekshirish; ko’zatish davomida har bir elementga nisbatan «nega?», «nima uchun?» kabi savollar qo‘yish, o‘z fikr va xulosalari asosida taxmin qilish; ko’zatuv ob’ektlarini solishtirish, ularni bir-biriga qara- ma-qarshi qo‘yish va ulardagi o‘xshash hamda farq qiluvchi tomon- larni topish; ko’zatish natijalarini ushbu predmet haqida ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar bilan qiyoslash; ko’zatish natijalarini aniq ifodalash va tegishli shaklda qayd etish; ko’zatishga turli mutaxassislarni jalb etish, ko’zatish natijalarini solishtirish va hamkasblari bilan muhokama qilish; Kasbiy ko’zatuvchanlikni rivojlantirishning muhim yo‘nalishi omili tegishli psixologik qonuniyatlarga asoslangan kasbiy ko’zatish texnikasini egallash sanaladi. Download 130.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling