Mavzu: Kasbiy psixologiyasining predmeti: Reja
Download 261.5 Kb.
|
Kasb psixologiyasining predmeti, vazifalari va amaliy sohalari.
Mavzu: Kasbiy psixologiyasining predmeti: Reja. 1.Kasb psixologiyasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari. 2.Kasb psixologiyasi fanining shakllanish tarixi. 3.Kasb psixologiyasining boshqa fanlar bilan bog`liqligi. 4.O’quv fanlari tizimida kasb psixologiyasiO’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov: «Psixologiya fani biz uchun eng zarur sohalardan biri. Psixologiyani o’rganish - hayotni, insonni o’rganish degani. Kerak bo’lsa, rahbarlik qilmoqchi ekansiz, yetakchi bo’lib, odamlarga ko’rsatma bermoqchi ekansiz, oldin ularning psixologiyasini har tomonlama o’rganish kerak))2, - degan edi. Ushbu fikr kasbiy psixologiya fanining metodologik asoslaridan birini tashkil qiladi.
Psixologiya lotincha “psyuxe"-ruh, "logos"-fan, ta'Iimot degan so'zlardanoiinganbo'iib, psixologiya fani inson ruhi haqidagi ta'limotdir. Boshqacha qilib aytgandapsixologiya ruhshunoslik,insonshunoslik haqidagi fandir.Psixika - yuqori darajada tashkil topgan materiyaning tizimli xossasi (xususiyati), subyekt tomonidan obyektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq manzaralarini subyekt o’zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o’z xulqi va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada o’tmishning, hozirgi davr va kelgusi zamonning hodisalari ifodalangan, tartibga solingan1.
Kasbiy psixologiya fani kasb doirasidagi munosabatlar, odamlarning psixik faoliyatini huquqiy boshqarish mexanizmlari va qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir. Bunda guvohlar, xolislar, jabrlanuvchi, gumonla- nuvchilarning ko’rsatmalari hamda so’roq olib borishning psixologik asoslarini o’rganish maqsad qilib qo’yilgan. Kasbiy psixologiya fanining maqsadi - kasb xodimlari faoliyatining taraqqiyot qonuniyatlari, turli toifadagi shaxslar bilan o’zaro munosabatlar jarayonida psixologik bilimlardan foydalana olish ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iboratdir.Vilgelm Vund 1879 yili Leypsigda birinchi eksperimental psixologiya amaliysini tashkil qildi. Oradan ko'p o'tmay, 1881 yili Berlin universiteti qoshida eksperimental psixologiya instituti tashkil qildi. XIX asrning oxirida Rossiyada Tokarskiy, Bexterev, Langerlar, 1911 Chelpanov rahbarligida eksperimental psixologiya amaliysi ochildi. XIX asrning oxirlaridan boshlab, psixologiyaning boshqa sohalri: hayvonlar psixologiyasi, tarixiy psixologiya, yoshga aloqador kishilar psixologiyasi maydonga keldi.
Psixologiya o'z vazifalarini amalga oshirishda konkret prinsiplarga tayanadi. Prinsip tamoyil degan ma'noni anglatadi. Prinsiplar ikkiga bo'linib, ya'ni asosiy prinsiplarga hamda yordamchi prinsiplarga tayangan holda tadqiqot ishlari olib boriladi.
Yordamchi prinsiplarga esa quyidagilar kiradi 1. Ong va faoliyat birligi prinsipi. 2. Psixikani faoliyatda taraqqiy etish prinsipi 3. Tarixiylik prinsipi 4. Nazariya va amaliyot birligi prinsipi 5. Monizm prinsipiDownload 261.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling