Мавзу: “Касблар таснифи, касбларда меҳнат турларининг ( одам- табиат, одам -техника,одам одам,одам –белгили тизим, одам – бадиий образ) таърифи”


Download 0.5 Mb.
bet2/3
Sana25.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1119618
1   2   3
Bog'liq
kasb dars ishlanma

«Odam-texnika». Bunday kasblar tipida mehnatning asosiy etakchi predmeti texnika ob’ektlari (mashinalar, mexanizmlar va boshqalar), materiallar energiya manbalari hisoblanib, unga quyidagi kasblarni misol qilish mumkin: tokar, frezerchi, slesar, yig‘uvchi-slesar, elektromontajchi, tikuvchi-motorist, va hokazo. Bunday kasb egalaridan ko‘z bilan chamalash, kuzatuvchanlik, fazoviy tasavvur, qo‘llar harakatining chaqqonligi, texnikaviy zehn-idrokning o‘tkirligi, diqatni jamlash salohiyati talab etiladi.

  • «Odam-odam». Bunday kasb predmetida asosiy mehnat predmeti odamlardir. Mazkur mehnat sohasida mayllar, qiziqishlar qay darajada ekanini aniqlashda o‘quv predmetlaridan tashqari, jamoa bo‘lib o‘tkaziladigan tadbirlarni tashkil etishda orttirgan tajribalar yordam beradi.

    Mazkur tipga kiradigan quyidagi kasblarni ajratib ko‘rsatish mumkin: tibbiy xizmat ko‘rsatish xodimlari, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi, o‘qituvchilar, savdo xodimlari (sotuvchilar), qandolatpaz, pazanda va hokazo. Bunday kasb egalarida quyidagi xislatlar jamlangan bo‘lishi talab etiladi: xushmuomalalik, yaxshi axloqiy sifatlar, odamlar bilan tez til topisha olish, tartiblilik, mehr-oqibatlilik, odamlarga g‘amxo‘rlik qilish, bolalarni sevish, ehtiroslarni boshqarish, kommunikativlik va tashkilotchilik qobiliyatlari, barmoqlar sezgirligi va hokazo.



    1. «Odam-belgi tizimi». Kasblarning bu tipida shvrtli belgilar, raqamlar, kodlar, tabiiy yoki sun’iy tillar asosiymehnat predmeti hisoblanadi. Hozirgi zamon kishisi belgilar va belgi tizimlari dunyosida matnlar, chizmalar, sxemalar,kartalar, jadvallar, formulalar, yo‘l belgilari ichida yashaydi. Binobarin, bularning hammasini biladigan tegishli mutaxassislar ham zarur.

    «Odam-belgi tizimi» tipidagi kasblarga quyidagilar kiradi: axborot kommunikatsion texnologiyalar tizimini ishlatish texnigi, axborot va kommuniksiya tizimlari bo‘yicha dasiurlashga yo‘naltirilgan texnik, kompyuter grafikasi dizayneri, multimedia tizimlari texnigi, hujjatlarni (ona tilida yoki chet tilida) rasmiylashtirish, ish yuritish, qayta qayta qodlashtirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan kasblar: tarjimon, kotiba mashinistka, telegrafchi, texnik muharrir va boshvalar.
    Bu kasb egalariga mantiqiy tafakkur, diqqatning turg‘unligi, yaxsht xotira, tasavvur, ikrini bir joyga to‘play olish va boshqa qobiliyatlar rivojlangan bo‘lishi kerak.



    Kasblarning bu tipida badiiy obrazlar, ularning tuzilish usullari etakchi mehnat predmeti hisoblanadi. Bu erda quyidagi kasblarni ajratib ko‘rsatish mumkin: tasviriy faoliyat bilan bog‘liq kasblar: badiiy mebellar ishlab chiqarish bo‘yicha duradgor, toshga o‘yib gul soluvchi,

    yoritish elektrotexnigi ( teatrda), poyabzal konstruktormodelyeri, dizayner-rassom va boshqalar.



    Bunday kasb egalarida xislatlar jamlangan bo‘lishi talab etiladi: ko‘z bilan chamalay olish, badiiy did, badiiy va musiqiy qobiliyat, yaxshi tasavvur qilish, fazoviy tafakkur, ko‘rgan va eshitganlarni xotirada yaxshi saqlab qola bilish va boshqalar.


    Mehnat vositalaridan foydalanishga qarab kasblar quyidagi bo‘limlarga bo‘linadi:

    1. Qo‘l mehnatidan foydalanish bilan bog‘liq kasblar. Mazkur kasbda ishlovchi kishilar qo‘l mehnatidan va mexanizatsiyalashtirilgan mehnat qurollaridan foydalanadilar. Masalan, otvyorka, skalpel (jarrohlik pichog‘i), shtixel ( yog‘ochga yoki metallga o‘yib gul solish asbobi), reysfeder, torsovka (bo‘yoqchilar cho‘tkasining bir turi) elektri drel, bo‘yoq purkkagich, turli o‘lchamdagi qo‘l ignalari, angishvona, qaychilar va hakozolar ana shunday ish quroli hisoblanadi.

    2. Qo‘lda boshqariladigan mashinalardan foydalanish bilan bog‘liq kasblar. Boshqacha aytganda, ularni ham mashinada, ham qo‘lda ish bajariladgan kasbalr deyish mumkin- tokar, frezerchi, kran mashinisti, keng profildagi traktorchi-mashinist, elektrovoz mashinisti, tikuvchi- motorist va boshqalar. Bunday kasblarda ishlaydigan kishilardan faqat texnologik bilimlarni bilish talab qilinmasdan, qo‘l mehnati malakasiga ega bo‘lish ham talab etiladi.

    3. Avtomatlashtirilgan va avtomatik sistemalardan, apparatlardan foydalanish bilan bog‘liq kasblar. Avtomatlashtirish darajasiga qarab ishlayotgan kishining zimmasiga har xil vazifa tushishi mumkin. Bu vazifa umuman agregatni vauning ta’miri bilan bog‘liq ishlarni boshqarishdan tortib, o‘sha agregat ishini kuzatib turish va zarurat tug‘ilsa, kerakli mutaxassisni chaqirishgacha bo‘lgan ishlarni o‘z ichiga oladi. Mazkur kasb bo‘limining vakillari prokat stanogining operatori, energosistema dispetcheri, kimyo ishlab chiqarish apparatchisi, avtomatik liniyolar operatori, po‘lat quyuvchi va boshqalardir.


    4. Download 0.5 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling