Funksional vositalar, mehnat qurollari ko‘proq talab qilinadigan kasblar.
Bu erda odam xulq-atvoridagi funksional vositalar va uning nutqidagi ana shunday vositalar, ya’ni imo- ishoralar, tovushlar, so‘zlar, jumlalarning talaffuz qilinishi, ma’no tashuvchi va emotsional intonatsiyalar, pauzalar, yuz mimikasi mehnat quroli vazifasini bajaradi. Bu bo‘limga: o‘qituvchi, tarbiyachi, san’atkor, aktyor, xor yoki orkestr dirijyori singari kasblar kiradi. (20 daqiqa )
Mustahkamlash va baholash:
Hozir tartibga qarab har bir o‘quvchi doskaga chiqadi va noverbal ( pantomima ) metodi orqali rasmga tushgan kasbni tasvirlaydi, mehnat metodiga qarab qaysi tipga mo‘ljallanganligini izohlab beradi ( 10 daqiqa ). Endi navbat yana bitta vazifaga. Sizlar 5 jamoaga bo‘lindingiz va 2 daqiqadan keyin jamoangizga tushgan kasb tipi tavsifini berishingiz kerak va shu tipga keladigan 10 ta kasb nomini yozishingiz kerak. Topshiriqni tezroq bajargan jamoa yutadi. Vaqt ketdi ( 7 daqiqa ).
Faol o‘quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa ( 2 daqiqa ) : o‘qib-o‘rganib kelish “ Men tanlagan kasb” mavzusida referat yozib kelish.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Texnologiya darsligi
Internet materiallari
3. Badiiy adabiyot va jurnallar
Do'stlaringiz bilan baham: |