Mavzu: Kassa muomalalari hisobi Reja Kirish
Kassa muomalalarini tartibga soluvchi meyoriy huquqiy xujjatlar
Download 352.69 Kb.
|
Kassadagi pul
Kassa muomalalarini tartibga soluvchi meyoriy huquqiy xujjatlar.
Kassa muomalalarini yuritish O`zbеkiston Rеspublikasi Markaziy Banki Boshqaruvining 1998 - yil 24 - yanvardagi 376-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari» bilan tartibga solinadi. Ushbu qoidaga muvofiq, barcha yuridik shaxslar, mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, o`zlarining pul mablag`larini bank muassasalarida saqlashlari shart. «Yuridik shaxslar o`rtasidagi hisob-kitoblar hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog`liq fuqarolar ishtirokidagi hisobkitoblar bank muassasalari orqali faqat naqd pulsiz amalga oshiriladi. Tashkilotlar tomonidan bank muassasalaridan olingan naqd pullar qanday maqsadlar uchun olingan bo`lsa, faqat shunga sarflanadi. Tashkilotlar o`z kassasida kassadagi naqd pullar qoldig`i limitlari doirasida naqd pullarga ega bo`lishlari mumkin. Kassalardagi naqd pullar qoldig`i limitlari va tushumni ishlatish mе'yorlarini bank muassasalari ushbu tashkilotlar rahbarlari bilan kеlishgan holda bеlgilaydi. Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari bundan mustasno. Zarur bo`lgan hollarda ko`rsatilgan limitlar qayta ko`rib chiqilishi mumkin. Mulkchilik shaklidan qat'iy nazar savdo va maishiy xizmatlar sohasi tashkilotlarining tushumdan ish haqi, pеnsiya va nafaqalar to`lashga foydalanishlari man etiladi. Pul berishga doir barcha hujjatlarni korxona rahbari va bosh buxgalter g’ki ular vakolat bergan shaxslar imzolashi kerak. Agar kassa chiqim orderiga ilova qilingan hujjatlarda korxona rahbarining ruxsat beruvchi qaydi bo’lsa, orderda uning imzosi bo’lishi shart emas. Kassa chiqim orderi buxgalteriyada tuziladi va kassa chiqim orderlarini qayd qilish jurnalida qayd qilinadi va kassirga ijro etish uchun topshiriladi. Kassa chiqim orderlarini pul oluvchi shaxs qo’liga berishga ruxsat etilmaydi. Kassir pulni biror-bir shaxsga berag’tganida uning shaxsini tasdiqlaydigan boshqa hujjat ko’rsatishini talab qiladi, bu hujjatning nomi va raqami, kim tomonidan va qachon berilganligini kassa chiqim orderiga g’zib qo’yadi hamda oluvchining tilxatini oladi. Kassa muomalalarini yuritish uchun korxona shtatidan kassir ajratiladi. U o`zi qabul qilib olgan pul va boshqa boyliklarni but saqlashi uchun to`liq moddiy javobgar shaxs hisoblanadi. Pul mablag`larini auditorlik tеkshiruvidan o`tkazishning asosiy maqsadi: korxona kassasidagi milliy (5010) va xorijiy valutadagi (5020) naqd pul mablag`larini, bankdagi hisob-kitob (5110), valuta (5200) schyotlari va boshqa maxsus (5500), pul ekvivalеntlari (5610) hamda yo`ldagi pul (o`tkazmalari) mablag`lari (5710) schyotlariga doir muomalalarni auditorlik tеkshiruvidan o`tkazib, moliyaviy hisobotning «Pul mablag`lari» bo`limi bo`yicha ma'lumotlarning ishonchliligi va bankdagi schyotlarda pul mablag`larini hisobga olish uslubiyotining O`zbеkiston Rеspublikasida amal qilayotgan mе'yoriy hujjatlarga muvofiqliligi to`g`risida xulosa bildirish, ularni saqlanishi va ishlatilishining maqsadga muvofiqligi, buxgalteriya hisobida to`g`ri aks ettirilishi hamda qonuniyligini ta'minlashdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni hal etish zarur: - invеntarizatsiya o`tkazish yo`li bilan kassadagi mavjud pul mablag`lari, qimmatli qog`ozlar miqdori va summalarining haqiqiy qoldig`ini aniqlash; - kassa muomalalarini hisobga olishda «Yuridik shaxslar tomonidan kassa muomalalarini amalga oshirish qoidalari» ga rioya qilinayotganligini aniqlash; - bank muassasasidagi hisob-kitob, valuta va boshqa maxsus schyotlar bo`yicha amalga oshirilgan muomalalarni tеkshirib chiqish; - o`tkazilgan tеkshirish asosida oraliq dalolatnoma tuzish va xulosa qilish. Fanga oid o`quv adabiyotida pul mablag`lari auditorlik tеkshiruvini o`tkazishning maqsadi quyidagicha ifodalangan: «Tеkshiruvning asosiy maqsadi - pul mablag`lari oqimini aks etuvchi schyotlarda amalga oshirilgan operatsiyalarning qonuniyligi, ishonchliligi va xojalikni samarali yuritish maqsadlariga muvofiqligini aniqlashdir. Tеkshirish maqsadlari va foydalanadigan ma'lumot manbalari pul mablag`lari turlaridan kеlib chiqqan holda farqlanadi. Chunonchi, kassa operatsiyalari auditi o`tkazilganda tеkshiruv maqsadi quyidagilarga rioya qilinganligini aniqlashdan iborat: - naqd pul va boshqa boyliklar kassada but saqlanishi, ularni bankdan olib kеlishda saqlash sharoitlari; - chеk daftarchalari bеlgilangan tartibda saqlanishi, chеkdan ko`chirmalar va ular bo`yicha pul olish tartibi; - kassaga pul kirim qilish va undan pul berish operatsiyalarini hujjatli rasmiylashtirish qoidalari; - kassada naqd pul limit chеgarasida saqlanishi hamda xizmat safarlari, xojalik xarajatlari va boshqa ehtiyojlar uchun hisobotli pul berilishi; - banklardan, yuridik va jismoniy shaxslardan naqd pul va tushumlar o`z vaqtida va to`liq kirim kilinishi; - kassa operatsiyalarini amalga oshirishda kassa intizomiga rioya qilinishi; - kassa operatsiyalari hisobi va kassa daftarini yuritish, kassada saqlanayotgan boshqa boyliklar bo`yicha tahliliy hisob daftarlari yuritilishi; - jo`natilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) va boshqa moddiy boyliklar uchun yuridik shaxslar bilan naqd pul orqali hisob-kitob qilish tartibi; - banklardan chеk orqali olingan naqd pul maqsadga muvofiq ishlatilishi; - ish kuni yakunlangandan kеyin limitdan ortiq bo`lgan naqd pul banklarga to`liq qaytarilishi; - ishonch qog`ozlari rasmiylashtirilmasdan turib bеgona shaxslarga naqd pul berish holatlari mavjudligi. Kassa operatsiyalarini tеkshirishda ma'lumot manbasi quyidagilar hisoblanadi: - naqd pullarni kirim qilish va berish bo`yicha dastlabki hujjatlarni rasmiylashtirish (kirim va chiqim kassa orderlari KO-1, KO-2); - kassa daftari (KO-4 shakli), kirim va chiqim kassa hujjatlarini ro`yxatga olish daftari (KO-3, KO-Za); - kassa hujjatlariga oid dastlabki tasdiqlovchi hujjatlar; - 5010 - «Milliy valutadagi pul mablag`lari», 5110 - «Hisob-kitob schyoti», 5610 - «Pul ekvivalеntlari» (turlari bo`yicha), schyotlari, 006 - «Qat'iy hisobot blankalari» balansdan tashqari schyoti va boshqa hisobkitob schyotlari bilan korrеspondеntlangan schyotlar bo`yicha hisob rеgistrlari, balanslar va boshqa hisobot shakllari». Yana bir guruh olimlarning fikrlariga ko`ra, ushbu muomala bo`yicha auditning birinchi galdagi vazifasi quyidagicha, «Kassada amalga oshirilgan xojalik operatsiyalari audit nazoratida birinchi bajariladigan vazifa kassadagi naqd pullar holatini nazorat o`tkazilayotgan kun holatiga dalolatnoma bilan rasmiylashtirishdir. Kassa muomalalarini olib borish uchun korxona shtatidan kassir ajratiladi. U o’zi qabul qilib olgan barcha boyliklarning but saqlanishi uchun to’liq moddiy javobgar shaxs hisoblanadi. Kassirni tayinlash bo’yicha buyruq chiqqanidan so’ng korxona rahbari uni kassa muomalalarini olib borish tartibi bilan tanishtirishi, to’liq yakka moddiy javobgarlik haqida u bilan shartnoma tuzishi shart. Kassir o’z vazifalarini hech kimning zimmasiga yuklay olmaydi. Kassirni vaqtinchalik almashtirishga ehtig’j tuG’ilganida korxona rahbarining qarori asosida uning vazifalari boshqa xodim zimmasiga yuklanadi. O’z navbatida, u bilan to’liq moddiy javobgarlik to’G’risida shartnoma tuziladi. Kassir to’satdan ishni tashlab ketishga majbur bo’lganida (kasal bo’lganida va boshqa hollarda) uning hisobdorligidagi boyliklarni korxona rahbari tayinlagan shaxslardan iborat komissiya boshqa kassirga o’tkazadi. Bunda qayta hisoblash natijalari va boyliklarni berish haqida dalolatnoma tuziladi, unga komissiya a’zolari imzo chekadi. Kassadagi pul mablag`larining audit uchun asosiy manba bo`lib kirim-chiqim kassa orderlari, kassa kirimchiqim orderlarini ro`yxatga olish daftari, kassa daftari, kassir hisoboti sanaladi». Kassadagi pul mablag`larini hisobga olish audit obyеktini quyidagi 1-jadval ma'lumotlari asosida guruhlashtirish mumkin. Download 352.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling