Mavzu: Kassa muomalalari va pul hujjatlari auditi


Valyuta schyotlariga doir muomalalar auditi


Download 226.54 Kb.
bet11/14
Sana20.06.2023
Hajmi226.54 Kb.
#1633472
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Kurs ishi. Audit

2.3. Valyuta schyotlariga doir muomalalar auditi


Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik yurituvchi suyektlar nafaqat milliy valyutadan, balki O’zbekiston qonunchiligiga muvofiq, chet el valyutasidagi pul mablag’laridan ham foydalanishlari mumkin. Xo’jalik subyektlari O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki boshqaruvining qarori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank schyotlari to’g’risida”gi yo’riqnomaga muvofiq xorijiy valyutada talab qilib olinguncha, jamg’arma, muddatli va boshqa deposit schyotlarning xorijiy va boshqa milliy valyutadagi turlarini ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

  1. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan:

  1. Schyot ochish to’g’risida ariza;

  2. Davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risidagi guvohnomaning nusxasi

  3. Imzolar namunalari va muhr izi qo’yilgan varaqcha;

  1. tadbirkorlik subyekti bo’lmagan rezident yuridik shaxslar, jumladan, byudjet tashkilotlari tomonidan:

a) schyot ochish to’g’risida ariza;
b) soliq organlari tomonidan soliq to’lovchining identifikatsiya raqami berilganligi to’g’risida guvohnomaning nusxasi;
c) imzolar namunalari va muhr izi qo’yilgan varaqcha
3. norezidentlar (jismoniy shaxslar bundan mustasno)tomonidan:
a) schyot ochish to’g’risida ariza;
b) agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, soliq organlari tomonidan soliq to’lovchining identifikatsiya raqami berilganligi to’g’risidagi guvohnomaning nusxasi;
c) imzo namunalari va muhr izi qo’yilgan varaqcha
4. rezident va norezident jismoniy shaxslar tomonidan
a) schyot ochish to'g'risida ariza;
b) shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki unga tenglashtirilgan hujjatlar) taqdim qilinadi.
Hujjatdagi ma'lumotlar schyot ochish to'g'risidagi arizaga yoziladi. Mazkur hankda mijoz tomonidan ilgari ochilgan schyot mavjud bo'lsa, faqat schyot ochish to'g'risida (belgilangan shakIda) ariza taqdim qilinadi. Sotilgan mahsulot (ish, xizmat) lar to'lovi uchun quyidagi xorijiy valutalar qabul qilinishi mumkin: - AQSh dollari;
- Ingliz funt sterlingi;
- YEVRO;
- Shveytsariya franki;
- Yapon ienasi.
«Xojalik yurituvchi subyektlar tashqi iqtisodiy faoliyatru. amalga oshirishda mahsulotni (ish va xizmatlar) xorijga sotishdan tushurnni xorijiy valutada oladilar. Chet eldan mahsulotni sotib olish ham xorijiy valutada amalga oshiriladi. Ushbu operatsiyalarni amalga oshirish uchun ular O'zbekiston va chet el banklarida valuta schyotlarini ochadilar. Xorijiy valuta bilan amalga oshirilgan operatsiyalarni aks ettirish O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat Soliq qo'mitasi va Markaziy bank qarori bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligi tomonidan 2001-yil 16 -noyabrda I085-son bilan ro'yxatga olingan «Chet el valutasidagi operatsiyalarni buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi to'g'risida Nizom» bilan tartibga solinadi. Valuta operatsiyalarining buxgalteriya hisobi chet el valutasining har bir turi (AQSh dollari, funt sterling, nemis markasi va boshqalar) bo'yicha alohida olib boriladi va xojalik operatsiyalari amalga oshirilgan sanasidagi O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki belgilagan kurs bo'yicha «Mamlakat ichidagi valuta schyotlari» va «Chet eldagi valuta schyotlari» schyotlarida so'm ekvivalentida aks ettiriladi»
Bankdagi valuta schyotlari bo'yicha muomalalarni tekshirish mobaynida auditor quyidagilarga alohida e'tibor qaratishi lozim (8.3-jadval).
Valuta schyotlari bo'yicha muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o'tkazish bankda ochilgan, shu jumladan, chet ellardagi ham har bir valuta schyoti bo'yicha amaiga oshiriladi. Bunda shuni e'tiborga olish kerakki. agar O'zbekiston korxonasining xonJlY bankda, O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki litsenziyasi bo'yicha ochilgan schyoti bo'lsa, bu litsenziya unga valuta tushumini qabul qilish uchun asos bo'la olmaydi. Shuning uchun O'zbekiston Respublikasi Markaziy Bankida xorijiy bankdagi schyotga valutani har bir kirimi uchun maxsus ruxsatnoma bo'lishi lozim. Audit jarayonida, rezident bo'lib hisoblangan, eksport qiluvchi tashkilotlar valuta tushumi qabul qilinishining to'liqligi va to'g'piligini tekshirishda, auditor vakolatli banklardagi ularning valuta schyotlari bo'yicha quyidagilarni aniqlashi kerak:
- tashkilot valuta tushumini chet ellik hamkorining reklamatsiyasini qoniqtirish hisobiga jarima to'lash yoki zararlarni qoplash, ya'ni o'zaro talablarni hisobga olish to'g'risidagi talablarni;
- eksport kontraktlari kabi, import kontraktlarini bajarish mobaynida ham qarz surishish hollariga yo'l qo'yilmaganligi;
- O'zbekiston Respuhlikasiga o'tkazilishi lozim ho'lgan va xorijdagi rezidentning ixtiyoriga yoki mulki qatoriga o'tgan tushumdan to'lovlar amalga oshirilmaganligini.
Начало формы
Начало формы


Конец формы


Download 226.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling