Mavzu: Kassa muomalalari va pul hujjatlari auditi


I Bob. Kassa muomalalari va pul hujjatlari auditining me‘yoriy-huquqiy asoslari


Download 226.54 Kb.
bet2/14
Sana20.06.2023
Hajmi226.54 Kb.
#1633472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Kurs ishi. Audit

I Bob. Kassa muomalalari va pul hujjatlari auditining me‘yoriy-huquqiy asoslari

1.1. Kassa muomalalari va pul hujjatlari auditining maqsadi, vazifalari va axborot manbalari


Xo‘jalik yurituvchi subyekt kassasidan naqd pulni olish va berish bilan bog‘liq bo‘lgan muomalalar kassa muomalalari deb yuritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan “Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari”ga asosan tashkil qilinadi va yuritiladi.
Kassa operatsiyasi bu kompaniyadagi naqd pul bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar majmuasidir. Har bir xo‘jalik subyekti naqd pulda hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida o‘z kassasiga ega bo‘lishi lozim. Naqd pul bilan hisob-kitoblarni amalga oshirmaydigan tashkilotlar kassa xonasiga ega bo‘lishlari talab etilmaydi.
Kassa xonasi alohida ajratilgan bo‘lishi, eshiklari esa operatsiyalarni amalga oshirish vaqtida ichkaridan qulflanishi shart. Kassa ishiga aloqador bo‘lmagan shaxslarning ushbu xonaga kirishi man etiladi. Xo‘jalik subyektidagi barcha naqd pullar va boshqa qimmatliklar yonmaydigan metall shkaf (seyf)larda saqlanadi. Ular ish kuni tugaganidan so‘ng, kalit bilan qulflanadi va unga kassirning muhri bosiladi. Xo‘jalik subyektiga tegishli bo‘lmagan naqd pullar va boshqa qimmatliklarni kassada saqlash taqiqlanadi. Kassir o‘zi qabul qilib olgan barcha qimmatliklarning but saqlanishi uchun to‘liq moddiy javobgar hisoblanadi. Kassirning ishga tayinlanganligi to‘g‘risida buyruq chiqarilganidan so‘ng, tashkilot rahbari kassirni qoidalar bilan tanishtiradi va u bilan to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuzadi. Kassir o‘ziga topshirilgan ishni boshqa shaxslarga ishonib topshirishi taqiqlanadi.
Kirim va chiqim kassa orderlari buxgalteriya tomonidan siyoh yoki sharikli ruchka bilan aniq va tushunarli yozilishi shart. Hujjatni elektron tarzda to‘ldirish va keyin bosib chiqarish ham mumkin. Kassa orderlariga har qanday o‘chirib yozish va tuzatishlar kiritish, izohlar yozishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kassa limiti – bu sizning kassangizda doimo turishi mumkin bo‘lgan pul miqdoridir. U har yili yanvar oyida korxonalar va banklar o‘rtasidagi kelishuvga asosan belgilanadi va har qanday paytda naqd pul aylanmasidan kelib chiqqan holda yil davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Agar korxonaning o‘rtacha kunlik naqd pul tushumi eng kam oylik ish haqi summasiga yetmaydigan bo‘lsa, limit 2 yil muddatga belgilanadi.
Agar siz hisob-kitoblarni naqd pulda amalga oshirmasangiz, u holda kassangiz limiti ham nolga teng bo‘ladi, chunki kassada pul qoldirishga sizda ehtiyoj bo‘lmaydi. Limit doirasidan ortiqcha pul mablag‘larini mehnatga haq to‘lash kunlaridagina (3 ish kuni) saqlash mumkin.
Korxona kassasiga kelib tushgan naqd pul tushumi har kuni to‘liq bankka topshirilishi shart - inkassator xizmati orqali yoki korxonaning o‘zi uni mustaqil ravishda banklarning kunduzgi va kechki kassalariga topshiradi. Kassir kassa kirim va chiqim orderlari asosida kassa daftarini yuritadi, unda tashkilotning barcha kelib tushgan va berilgan naqd pullari hisobga olinadi. Kassa muomalalarini yuritish uchun korxona shtatidan kassir ajratiladi. U o‘zi qabul qilib olgan pul va boshqa boyliklarni but saqlashi uchun to‘liq moddiy javobgar shaxs hisoblanadi.

Download 226.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling