Mavzu: Kassa muomalalari va pul hujjatlari auditi
Kassa operatsiyalarini tekshirishda ma’lumot manbasi quyidagilar hisoblanadi
Download 226.54 Kb.
|
Kurs ishi. Audit
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kassadagi pul mablag’lari hisobiga oid muomalalarning audit obyektlari
Kassa operatsiyalarini tekshirishda ma’lumot manbasi quyidagilar hisoblanadi:
naqd pullarni kirim qilish va berish bo‘yicha dastlabki hujjatlarni rasmiylashtirish (kirim va chiqim kassa orderlari KO1, KO-2); kassa daftari (KO-4 shakli), kirim va chiqim kassa hujjatlarini ro‘yxatga olish daftari (KO-3, KO-Za); kassa hujjatlariga oid dastlabki tasdiqlovchi hujjatlar; 5010 – “Milliy valutadagi pul mablag‘lari”, 5110 – “Hisob-kitob schyoti”, 5610 – “Pul ekvivalentlari” (turlari bo‘yicha) schyotlari, 006 – “Qat’iy hisobot blankalari” balansdan tashqari schyoti va boshqa hisob-kitob schyotlari bilan korrespondentlangan schyotlar bo‘yicha hisob registrlari, balanslar va boshqa hisobot shakllari. Yana bir guruh olimlarning fikrlariga ko‘ra, ushbu muomala bo‘yicha auditning birinchi galdagi vazifasi quyidagicha, kassada amalga oshirilgan xojalik operatsiyalari audit nazoratida birinchi bajariladigan vazifa kassadagi naqd pullar holatini nazorat o‘tkazilayotgan kun holatiga dalolatnoma bilan rasmiylashtirishdir. Kassadagi pul mablag‘larining audit uchun asosiy manba bo‘lib kirim-chiqim kassa orderlari, kassa kirim-chiqim orderlarini ro‘yxatga olish daftari, kassa daftari, kassir hisoboti sanaladi. Kassadagi pul mablag‘larini hisobga olish auditi obyektini quyidagi 1-jadval ma’lumotlari asosida guruhlashtirish mumkin. 1-jadval Kassadagi pul mablag’lari hisobiga oid muomalalarning audit obyektlari
Auditor (auditorlar guruhi) kassadagi pul mablag‘lari va kassa muomalalarini hujjatli tekshirishni boshlashdan oldin, odatda, kassadagi naqd pullar, qimmatli qog‘ozlar va qat’iy hisobot blanklarini inventarizatsiyadan o‘tkazishlari shart. Bunda pul mablag‘larini hisobga olishga doir respublikamizdagi qonunlar va me’yoriy hujjatlarga asoslanish zarur. Jumladan, sohaga doir qabul qilingan qarorlar, Auditorlik faoliyati milliy standartlari (AFMS), Auditorlik xalqaro standartlari (AXS), O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 16-maydagi 12/7-sonli qarori asosida tasdiqlangan “Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari” asosida kassa muomalari yuritiladi va tartibga solinadi. Quyida 2-jadvalda kassa muomalari va pul hujjatlari aduditida foydalaniladigan me’yoriy hujjatlar aks ettirilgan. 2-jadval Download 226.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling