Mavzu: Kassa muomalalari va pul hujjatlari auditi


Pul mablag‘larini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning asosiy maqsadi


Download 226.54 Kb.
bet3/14
Sana20.06.2023
Hajmi226.54 Kb.
#1633472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Kurs ishi. Audit

Pul mablag‘larini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning asosiy maqsadi: korxona kassasidagi milliy (5010) va xorijiy valutadagi (5020) naqd pul mablag‘larini, bankdagi hisob-kitob (5110), valyuta (5200) schyotlari va boshqa maxsus (5500), pul ekvivalentlari (5610) hamda yo‘ldagi pul (o‘tkazmalari) mablag‘lari (5710) schyotlariga doir muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazib, moliyaviy hisobotning “Pul mablag‘lari” bo‘limi bo‘yicha ma’lumotlarning ishonchliligi va bankdagi schyotlarda pul mablag‘larini hisobga olish uslubiyatining O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan me’yoriy hujjatlarga muvofiqliligi to‘g‘risida xulosa bildirish, ularni saqlanishi va ishlatilishining maqsadga muvofiqligi, buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirilishi hamda qonuniyligini ta ’minlashdan iborat.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni hal etish zarur:

  • inventarizatsiya o‘tkazish yo‘li bilan kassadagi mavjud pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar miqdori va summalarining haqiqiy qoldig‘ini aniqlash;

  • kassa muomalalarini hisobga olishda “Yuridik shaxslar tomonidan kassa muomalalarini amalga oshirish qoidalari”ga rioya qilinayotganligini aniqlash;

  • bank muassasasidagi hisob-kitob, valyuta va boshqa maxsus schyotlar bo‘yicha amalga oshirilgan muomalalarni tekshirib chiqish;

  • o‘tkazilgan tekshirish asosida oraliq dalolatnoma tuzish va xulosa qilish.

Fanga oid o‘quv adabiyotida pul mablag‘lari auditorlik tekshiruvini o‘tkazishning maqsadi quyidagicha ifodalangan:
Tekshiruvning asosiy maqsadi – pul mablag‘lari oqimini aks ettiruvchi schyotlarda amalga oshirilgan operatsiyalarning qonuniyligi, ishonchliligi va xo‘jalikni samarali yuritish maqsadlariga muvofiqligini aniqlashdir. Tekshirish maqsadlari va foydalanadigan ma’lumot manbalari pul mablag‘lari turlaridan kelib chiqqan holda farqlanadi.
Chunonchi, kassa operatsiyalari auditi o‘tkazilganda tekshiruv maqsadi quyidagilarga rioya qilinganligini aniqlashdan iborat:

olib kelishda saqlash sharoitlari;

  • chek daftarchalari belgilangan tartibda saqlanishi, chekdan ko‘chirmalar va ular bo‘yicha pul olish tartibi;

  • kassaga pul kirim qilish va undan pul berish operatsiyalarini hujjatli rasmiylashtirish qoidalari;

  • kassada naqd pul limit chegarasida saqlanishi hamda xizmat safarlari, xo‘jalik xarajatlari va boshqa ehtiyojlar uchun hisobotli pul berilishi;

  • banklardan, yuridik va jismoniy shaxslardan naqd pul va tushumlar o‘z vaqtida va to‘liq kirim qilinishi;

  • kassa operatsiyalarini amalga oshirishda kassa intizomiga rioya qilinishi;

  • kassa operatsiyalari hisobi va kassa daftarini yuritish, kassada saqlanayotgan boshqa boyliklar bo‘yicha tahliliy hisob daftarlari yuritilishi;

  • jo‘natilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) va boshqa moddiy boyliklar uchun yuridik shaxslar bilan naqd pul orqali hisob-kitob qilish tartibi;

  • banklardan chek orqali olingan naqd pul maqsadga muvofiq ishlatilishi;

  • ish kuni yakunlangandan keyin limitdan ortiq bo‘lgan naqd pul banklarga to‘liq qaytarilishi;

  • ishonch qog‘ozlari rasmiylashtirilmasdan turib begona shaxslarga naqd

pul berish holatlari mayjudligi.

Download 226.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling