Mavzu: Kassa muomalalari va pul hujjatlari auditi
Download 226.54 Kb.
|
Kurs ishi. Audit
- Bu sahifa navigatsiya:
- II Bob. Kassa muomalalari va pul hujjatlari auditini o`tkazish tartibi 10
- Xulosa 28 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati 30
Mavzu: Kassa muomalalari va pul hujjatlari auditi Reja:Kirish 2 I Bob. Kassa muomalalari va pul hujjatlari auditining me‘yoriy-huquqiy asoslari 3 1.1. Kassa muomalalari va pul hujjatlari auditining maqsadi, vazifalari va axborot manbalari 3 1.2. Kassa muomalalari va pul hujjatlari auditi rivojlantirish 7 II Bob. Kassa muomalalari va pul hujjatlari auditini o`tkazish tartibi 10 2.1.Kassa muomalalarini tekshirish 10 2.2. Bank muomalalarini tekshirish 14 2.3. Valyuta schyotlariga doir muomalalar auditi 22 2.4. Kassa muomalalari va pul hujjatlari auditi natijalarini umumlashtirish 24 Xulosa 28 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati 30 KirishO‘zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga bosqichma bosqich o‘tilayotgan bir sharoitda, yurtimizdagi barcha sohalar, jumladan ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy, ta’lim, sog‘liqni saqlash va shu kabi bir qator sohalarda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar mamlakatimiz taraqqiyoti uchun tashlanayotgan yana bir qadam deya e‘tirof etsak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Shuningdek, iqtisodiyotni rivojlantirish hamda transformatsiyalash, xususan, audit tizimini ham isloh qilish va xalqaro standartlarga o’tishning amalga oshirilishi ham bundan mustasno emas. “Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi”da belgilangan ustuvor yo‘nalishlar doirasida bir qancha islohotlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, audit tizimini transformatsiyalash hamda takomillashtirish kabi vazifalarni ham o‘z ichiga qamrab oladi. Ushbu kurs ishidan maqsad har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadigan kassa muomalalari va pul hujjatlari auditini rejalashtirilishi, tashkil etilishi, amalga oshirilishi hamda nazorat qilinishini o‘rganishdan iborat. Mamlakatimizdagi faoliyat yuritayotgan har bir xo‘jalik yurituvchi subyektlar buxgalteriyasida amalga oshirilayotgan muomalalar natijasida to‘lov va hisob-kitob munosabatlari yuzaga keladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda pul mablag‘lari hisobini to‘g‘ri va aniq tashkil qilinishi hamda uni takomillashtirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriyasida, odatda, barcha to‘lov va hisob-kitob muomalalari amalga oshiriladi hamda ushbu muomalalarni qonunlarga muvofiq, o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirish ustidan nazoratni amalga oshirish talab etiladi. Barcha mulkchilik shaklidagi korxonalarning pul mablag`lari, xoh u o‘z mablag‘i bo`lsin, xoh qarzga olingan bo‘lsin, kassada saqlanuvchi pul qoldiqlari va aylanmada foydalaniladigan tushumning bir qismidan tashqari, uning bankdagi hisob-kitob schyotida saqlanishi lozim. Bank korxonaning hisob varaqlaridan pulni o‘tkazish va berish to‘g‘risidagi hamda bank qoidalari va bank bilan korxona o‘rtasidagi shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa muomalalarni o‘tkazish haqidagi farmoyishlarini bajaradi. Hisob-kitob muomalalarini bank orqali o‘tkazish korxonalarning o‘zlari belgilagan ish haqi fondlariga, xizmat safarlari va xo‘jalik xarajatlari limitlariga rioya qilishlarini har tomonlama nazorat qilish, korxonaning davlat byudjeti bilan soliqlar, yig‘imlar bo‘yicha o‘z vaqtida hisob-kitob qilishini, mol yetkazib beruvchilarning hisobvaraqlari va to‘lov talabnomalariga o‘z vaqtida haq to‘lashni kuzatib borish, korxonaga turli maqsadlar uchun, muayyan ta’minot hisobidan ssudalar berish va mazkur ssudalarning belgilangan muddatda qaytarilishini kuzatish va hokazolar imkonini beradi. Kassa muomalalari va pul hujjatlari auditi O‘zbekiston Respublikasida belgilangan qonunchilik asosida qaabul qilingan qarorlar, 2021-yil 5-fevralda tasdiqlangan “Auditorlik Faoliyati to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, tegishli Auditorlik Faoliyati Milliy Standartlari (AFMS) hamda Auditorlik Xalqaro Standartlari (AXS) asosida amalga oshiriladi. Quyida ushbu kurs ishida kassa muomalalari va pul hujjatlari auditini rejalashtirish, tashkil etish hamda amalga oshirish bilan bog‘liq jarayonlar rejalar asosida batafsil yoritiladi. Download 226.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling