Mavzu: Katolik cherkovi va uning diniy taʼlimoti
Download 226 Kb. Pdf ko'rish
|
диншунос2
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Jizzax politexnika instituti Suv Ta'minoti kanalizatsiya tizimlarini loyihalashtirish va ekspulutatsiyasi Mustaqil ta’lim bo’yicha tayyorlangan taqdimot Fan: Dinshunoslik Mavzu:Katolik cherkovi va uning diniy taʼlimoti. Guruh: 241-23 Bayzakov Abror Bolibekovich Режа: Katolik oqimi 1. Protestantizm dini. 2. Vatikan shahri 3. Davlat tuzumi 4. Meʼmorligi 5. Katolik oqimi Xristianlikning yirik yo‘nalishlaridan biri katoliklardir. U Evropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida tarqalgan bo‘lib, muxlislari taxminan 800 mln. kishini tashkil etadi. Katolitsizm umumiy, dunyoviy degan ma’nolarni ifodalaydi. Uning manbai - uncha katta bo‘lmagan Rim Xristian jamoasi bo‘lib, rivoyatilarga ko‘ra uning birinchi Episkopi apostol Petr bo‘lgan.Katolitsizmda Bibliyani sharxlash huquqi faqatgina ruhoniylarga beriladi, chunki ular uylanmaslik haqidagi diniy talabga amal qiladilar. Diniy ibodatlar dabdabali va soxtalashtirilgan ko‘rinishga ega, diniy o‘qish, duo, iltijolar lotin tilida olib boriladi. provslaviyadagi kabi katolitsizmda ham farishta, ikona, ilohiy kuch, chirimaydigan marxum jasadlariga sig‘inish odatlari mavjuddir Katolitsizm xristianlikning yo‘nalishlaridan biri sifatida uning asosiy aqida va qoidalarini tan oladi, biroq diniy ta’limot, sig‘inish va tashkiliy masalalarda bir qator xususiyatlar bilan ajralib turadi. Katolik diniy ta’limotning asosini Muqaddas kitob va Muqaddas yozuvlar tashkil qiladi. Biroq Pravoslav cherkovidan farqli o‘laroq katolik cherkovi Muqaddas yozuvlar deb nafaqat avvalgi etti Butun Olam Xristian Soborlarining qarorlarini, balki hozirgacha bo‘lib o‘tgan barcha Soborlar qarorlarini, bundan tashqari Papaning maktublari va qarorlarini ham hisoblaydi. Katolik cherkovi tashkiloti qat’iy markazlashuv bilan ajralib turadi. Rim papasi bu cherkovning boshlig‘i. U diniy axloq masalalariga oid qonun- qoidalarni belgilaydi. Uning xokimiyati dunyoviy soborlar xokimiyatidan yuqori turadi. Katolik cherkovining markazlashuvi jumladan diniy ta’limotni noan’anaviy tahlil qilish (sharxlash) huquqida aks etgan dogmatik taraqqiyot tamoyilini keltirib chiqaradi. Masalan, Pravoslav cherkovi tomonidan tan olingan diniy ramzda ta’kidlanishicha, Muqaddas ruh ota xudodan kelib chiqadi. Katolik aqidasiga ko‘ra esa Muqaddas ruh ota xudodan va o‘g‘il xudodan kelib chiqadi. CHerkovning najot borasidagi roli haqida ham o‘ziga xos alohida ta’limot shakllangan. Najotning asosi iymon va xayrli ishlar hisoblanadi. CHerkov, Katolik ta’limotiga ko‘ra, xayrli zaruriy ishlar xazinasiga – Iso tomonidan yaratilgan “Xayrli ishlar zaxirasiga” ega.CHerkov Iso, Bibi Maryam, Muqaddas Ruh nomidan bu xazinani tasarruf qilish, undan muxtojlarga ulashish, ya’ni gunoxlarni avf etish, nadomat chekuvchilarga kechirim tufxa qilish huquqiga ega. Pul yoki tufxa evaziga avf qilish huquqiga ega. Pul evaziga yoki cherkov oldidagi xizmatlari uchun gunoxlarini kechirish - indulgensiya haqidagi ta’limot mana shundan kelib chiqqan. A’rof haqidagi (do‘zax va jannat oralig‘idagi mavze) aqida faqat katolik ta’limotida mavjud. Gunohi katta bo‘lmagan gunohkorlarning ruhi u erda o‘tda kuyadi (extimol bu vijdon va nadomat azobining ramziy intihosidir), keyin jannatga yo‘l topadi. Ruhning a’rofda bo‘lish muddati xayrli ishlar tufayli qisqartirilishi (ibodat va cherkov foydasiga xayr-ehson qilish bilan) mumkin. Bu ibodat va xayr ehsonlar o‘lganlar xotirasiga yaqinlar tomonidan qilinadi. A’rof haqidagi ta’limot I asrdayoq paydo bo‘lgan edi. Pravoslav va Protestant cherkovlari a’rof haqidagi ta’limotni rad etadi. Bundan tashqari,pravoslav dini ta’limotidan farqli o‘laroq, katolik yo‘nalishida papaning begunohligi haqidagi aqida ham bor. Bu aqida 1870 yildagi birinchi Vatikan soborida qabul qilingan. G‘arb cherkovining Bogoroditsaga nisbatan alohida e’tibori 1950 yilda papa Piy XII tomonidan kiritilgan, Bibi Maryamning meroji haqidagi aqidada o‘z aksini topdi. Katolik ta’limoti pravoslav ta’limoti kabi etti asrorni tan oladi, biroq bu asrorlarning talqin qilinishida qarashlar mos kelmaydi. Masalan, pricheshenie (tamaddi) qilish qattiq non bilan, (pravoslavieda bo‘ktirilgan non bilan) dunyoviy (miryane)larga non va vino bilan shuningdek faqat non bilan amalga oshiriladi. CHo‘qin-tirish sirini o‘tash paytida suv sepiladi (cho‘qintiriluvchiga), muz ostidagi suvga cho‘ktirilmaydi. Miropomazanie (cho‘qinuvchining peshonasiga eley surkash) etti-sakkiz yoshlarda amalga oshiriladi, go‘dak-ligida emas. Bunda o‘spirin (bola) yana bitta ismga ega bo‘ladi. Bunda u o‘sha avliyoning qilmish-lari va g‘o yalarini maqsad qilib qo‘yadi. Shunday qilib, bu rusumning ijro etilishi imon mustaxkamlanishiga xizmat qilishi zarur. Pravoslavlarda nikoxsizlik rusumini faqat qora ruhoniylik qabul qiladi. Katoliklarda esa nikoxsizlik (selibat) Papa Grigoriy VII tomonidan joriy qilingan qoidaga ko‘ra barcha ruhoniylar uchun majburiydir. Din markazi - exromdir. Dinning muhim elementlari cherkovga qatnovchilar hayotining maishiy asoslarini tartibga soluvchi bayramlar, shuningdek postlardir. Milodiy post katoliklarda advent deb ataladi. U Avliyo Andrey kunidan keyingi birinchi yakshanbada - 30 noyabrda boshlanadi. Ular uch ibodat bilan: yarim tundagi, ertalabki va kunduzgi ibodat bilan nishonlanib, Bibi Maryam xomilador bo‘lishi, Isoning tug‘ilishi va dindorning qalbida bo‘lishi kabi ramziy ma’noni anglatadi. O‘sha kuni ta’zim qilish uchun exromlarda go‘dak Isoning figurasi qo‘yilgan yaslilar o‘rnatiladi. Katolik ierarxiyasida uch darajadagi ruhoniylar bor: diakon, ruhoniy (kyure, pater, kendz) Episkop. Episkopni papa tayinlaydi. Papani kardinal kollegiya saylaydi. Bunda umumiy ovozning uchdan ikki qismi plyus 1-ovoz (yashirin ovoz berish yo‘li bilan) II Vatikan soborida (1962-1965 yillar) cherkov hayotining barcha jabxalarini yangilash, zamonaviylashtirish jarayoni boshlandi. Birinchi navbatda ibodat an’analariga tegishli bo‘ldi. Masalan, ibodatni lotin tilida olib borishdan voz kechildi. Protestantizm dini. (Protestantizimsiz t‘oliq malumot b‘lmasdi Domla) Protestanizm tarixi Martin Lyuterdan (1483-1546) boshlanadi. U birinchi bo‘lib katolik cherkovi bilan aloqani uzdi va protestant cherkovining asosiy qoidalarini ishlab chiqdi va uni himoya qildi. Bu nizomga ko‘ra, insonning Xudo bilan bevosita muloqoti mumkin. Lyuterning diniy va dunyoviy xokimiyatga qarshi chiqishlari, katolik dindorlarning imonni va vijdonni inson bilan Xudo o‘rtasidagi vositachi sifatida nazorat qilish haqidagi muloxazalarga qarshi chiqishi jamoatchilik tomonidan fav qulodda diqqat bilan tinglandi. Protestantizmning moxiyatiga ko‘ra, ilohiy lutfu marhamat insonlarga cherkovning vositasisiz, bevosita in’om etiladi. Inson najot topishi uning shaxsiy e’tiqodi va Isoning vositasi orqali ro‘y beradi. Avom ruhoniylardan farqlanmaydi, ruhoniylik hamma dindorlarga bir xilda joriy etiladi. Protestantlik diniy marosimlarning ko‘pchiligini bekor qildi, faqatgina lyuteranlikda non va vino bilan cho‘qintirish saqalanib qoldi.O‘lganlarga bag‘ishlangan duo o‘qish, aziz-avliyolarga sig‘inish, muqaddas murdalarga, sanamlarga topinish bekor qilindi. Ibodat uylari ortiqcha xashamlardan, mexroblardan, sanamlar, haykalla rdan tozalandi, ruhoniylarning uylanmaslik shartlari bekor qilindi. Bibliya milliy tillarga tarjima qilindi, uni sharxlash har bir xudojo‘yning eng muhim burchi bo‘lib qoldi.Asrorlardan faqat cho‘qinish va mansublik (cherkovga) e’tirof etiladi. Ibodat va’znasixatlar, birgalikdagi ibodat va suralarni kuylashdan iborat bo‘ldi. Protestantlar Bogoroditsa shaxsiyatini, a’rofni tan olmaydilar.Lyuter tomonidan tuzilgan reformatsiya bosh taom illari 95 tezis shaklida yozib bergan. Ular Vittenbergning Nasriy cherkovin ing shimoliy eshiklariga yozib qo‘yilgan. Mana shu tezislardan bir nusxasi: Iso payg‘ambar: “Tavba qiling, chunki samoviy shoxlik yaqinlashib qoldi” deb jar solganida shuni ta’kidlaydiki, imon keltirganlar hayoti boshdan- oyoq to‘xtovsiz tavba-tazarrudan iborat bo‘lmog‘i darkor. Tavba-tazarru ruhoniy (avliyo) oldidagi birgina tazarrudan iborat emas. Birinchi to‘rt tezis, Lyuter ta’kidlaydiki, haqiqiy tavba uzoq muddatli jarayondir, birgina xatti-harakat bilan ro‘yobga chiqmaydi. Papa faqat o‘zi belgilagan jazoni olib tashlashi mumkin. CHerkov hech qaysi samoviy jazodan insonni ozod qila olmaydi. Tavba-tazarru qonunlari tiriklar uchun joriy qilinadi (belgilanadi). Bu erda va keyingi bir qancha tezislarda papaning a’rof ustidan xukmronligi rad etiladi. “Ruhlar uchun indulgensiya olgan shaxslarga tavbu-tazarru qilish talab qilinmaydi”, degan ta’limot Iso ta’limoti emas. CHindan tavba qilgan kishilarni Xudo gunohlarini kechadi va abadiy azobdan ozod qiladi. Gunohkor papa yorlig‘isiz ham bunday mag‘firatdan umid qilishi mumkin. Lyuter bir necha tezislarda ta’kidlaydiki, chindan tavba qilgan, nadomat chekkan xristian (nasoro) “samoviy jazoga shoshilmaydi, ya’ni unga samoviy jazo joriy etilmaydi”.CHerkovning haqiqiy xazinasi muqaddas Injil va xudo marhamatidir. Lyuterning ta’kidlashicha, “xayrli amallar xazinasi”ning mavjudligi kambag‘allar uchun emas boylar uchun foydalidir, bu xazinalarga papa marhamati bilan emas, o‘z amallari bilan erishuvi mumkin. Bu xil vositalar bilan Xudoning mexrini qozonmoqni Lyuter sarob deb ataydi. Haqiqiy xristian Isoga ergashish istagi bilan yonmog‘i zarur. Najot yo‘li ruhsatnoma yorlig‘ida emas, balki chin yurakdan nadomat chekmoq va tavba qilmoqdadir. 1517 yili 31 oktyabrda jamoatchilik xukmiga xavola qilingan tezislar shundan iborat. Keyinchalik bu kun protestantlar bayrami bo‘lib qoldi. Katolitsizm jahon siyosatida muayyan rol oʻynaydi.’ Katolik cherkov koʻp sonli ruhoniylar, monaxlik ordenlari, klerikal partiyalar, missionerlik tashkilotlari va b.ga ega. Cherkov statistikasiga koʻra, katoliklar 900 mln.ga yaqin kishi. Italiya,Ispaniya, Portugaliya, Fransiya, Belgiya, Avstriya va Lotin Amerikasi mamlakatlarida Katolitsizm hukmron diniy taʼlimot hisoblanadi. Polsha, Vengriya, Chexiya, Slovakiya va Kubada katoliklar dinga ishonuvchi aholining koʻ pchiligini tashkil etadi. 20-asrning 60-y.laridan Katolitsizm aqidalari, marosimlari, tashkilotlari va siyosati zamon talablariga moslashtirilmokda. Vatikan shahri rasmiy nomi Vatikan shahar-davlati (italyancha: Stato della Città del Vatikano; lotincha: Status Civitatis Vatikanae) — Italiya poytaxti Rimning gʻarbiy qismidagi Monte-Vatikan tepaligida joylashgan mustaqil shahar- davlat. Katolik cherkovining siyosiy, maʼmuriy va mafkuraviy markazi, uning boshligʻi — Rim papasi qarorgohi. Qariyb hamma tomoni tosh devor bilan oʻralgan. Maydoni — 0,44 km2.Aholisi — 806 kishi (2022). Rasmiy tillari — lotin va italyan tillari. Madhiya: Inno e Marcia Pontificale (Hymn and Pontifical March) Poytaxt Vatikan Shahri Rasmiy til(lar) Italyancha Hukumat Teokratiya (Sancta Sedes) Davlat boshligʻi Папа Франcис Davlat kotibi Pietro Parolin Mustaqillik (Italiyadan) 11-fevral 1929 Maydon 0.44 km2 (237-oʻrin) Aholi 2022-yilgi roʻyxat 860 (233-oʻrin) Davlat tuzumi Vatikan — cheklanmagan teokratik monarxiya. Konstitutsion hujjatlari 1929-yilda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — Rim papasi. 1996-yil fevralda papa Ioan Pavel II tomonidan chiqarilgan yangi Konstitutsiyaga muvofiq, u, odatda, kardinallar orasidan yashirin ovoz berish orqali ovozlarning uchdan ikki qismiga ega boʻlgan taqdirda kardinallar hayʼati tomonidan umrbod saylanadi. Oliy qonun chiqaruvchi, ijrochi va sud hokimiyati papa qoʻlida. Ayni vaqtda u Rim katolik cherkovining ham boshligʻi hisoblanadi. Papa huzuridagi maslahat organi — kardinallar hayʼ ati cherkovning eng muhim ishlarini muhokama qilish va papani saylash uchun yigʻilib turadi. Rim papasi Ioann Pavel II (264-papa) 1978-yil 16- oktabrda saylangan. Bu kun Vatikanda milliy bayram sifatida nishonlanadi. Italiyapoytaxti Rim xududida joylashgan Vatikan eng kichik davlat boʻlishi bilan birgalikda, BMT va dunyo xamjamiyati tomonidan tan olingan xolda, BMT ga aʼzo boʻlmagan yagona davlatdir. Rim katolik cherkovining markazi boʻlgan bu davlat, Rimning ichida joylashganiga qaramay xuquqiy jixatdan mutlaqo mustaqildir. Xatto, Italiyaga xam boʻysinmaydi. Lekin shunga qaramay, Italiyaning 300 mingga yaqin qoʻshini va 50 ming nafar dengiz piyoda askarlaridan iborat armiyasi zimmasiga Vatikanni xam ximoya qilish vazifasi yuklatilgan. Tarixi Ilk oʻrta asr davrida Vatikan Rim papalarining turar joyi, 1377-yildan boshlab esa doimiy qarorgohi. 8-asrdan cherkov davlati sifatida mavjud. 1870-yilda Italiya birlashishi munosabati bilan Italiya qirolligi tarkibiga qoʻ shib olingan. 1929-yilda papa bilan Italiya xukumati oʻrtasidagi Lateran bitimi natijasida Vatikan davlati qayta tiklandi va 1929-yil 11-fevralda mustaqil davlat sifatida tan olindi. Katolik cherkovining xalkaro markazi sifatida Vatikan dunyoning koʻpgina mamlakatlaridagi ijtimoiy turmushga taʼsir oʻtkazadi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlari 1992-yil 17-oktabrda oʻrnatilgan. Iqtisodiyoti. Davlat iqtisodiy negizini kapital mablagʻlardan tushadigan daromadlar, milliy katolik cherkovlarning badallari, dindorlarning Zichlik 2093/km2 YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati Telefon prefiksi 379, +39 ehsonlari tashkil qiladi. Vatikan— dunyoning yirik sanoat-moliya monopoliyalaridan biri (uning oltin va valyuta bisoti 12 mlrd. AQSH dollaridan ortiq deb taxmin qilinadi). Oʻzining moliyaviy, iqtisodiy operatsiyalari va ishonchli vakillari orqali qudratli xalqaro korporatsiyalar, banklar bilan uzviy bogʻlangan. Vatikan bir qancha kompaniya va banklar aksiyasiga ega. Italiya, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Fransiya, Ispaniya, shuningdek AQSH va Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi sanoat tarmoqlari korxonalariga qoʻyilgan sarmoyadan katta foyda olib turadi. Italiya, Germaniya, Ispaniya va boshqa mamlakatlarda katta yer maydonlariga ega. Xorijiy sayyohlik va pochta markalari chiqarish, suvenirlar sotish ham koʻp daromad keltiradi. Pul birligi — italyan lirasi; numizmatlar uchun Vatikan lirasi ham zarb etiladi. Matbuoti. Vatikanning rasmiy nashrlari: „Akta apostolike sedis“ („Havoriy arsh hujjatlari“, oylik byulleten, 1909-yildan), „Annuario Pontifichio“ („Papa yilnomasi“, yillik maʼlumotnoma), „Osservatore della domenika“ („Yakshanbalik sharh“, katoliklar uchun haftanoma), „Osservatore romano“ („Rim sharhlovchisi“, kundalik gazeta, 1861-yildan). Shuningdek italyan, fransuz, ispan, portugal, nemis, ingliz tillarida haftalik nashrlari mavjud. „Adjensia Internatsionale Fides“ Vatikan agentligi 1926-yilda tashkil etilgan. Vatikan radiosiga 1931-yil 12-fevralda asos solingan, 1957- yilda qayta tashkil etilgan. „Chentro Televizivo Vatikane“ — Vatikan televizion markazi 1983-yilda barpo etilgan. Meʼmorligi Ilk oʻrta asrlarda vujudga kela boshlagan Vatikan maʼmuriy majmuasiga 15— 16-asrlarda yaratilgan koʻpdan-koʻp inshootlarni oʻz ichiga oluvchi Vatikan saroy ansambli (mayd. 55 ming m2) kiradi. Oʻz navbatida ansambl devorlari B. Mikelanjelo, P. Perujino, S. Bottichelli, D. Girlandayo ishlagan rasmlar bilan bezatilgan Sikstin kapellasi, Beato Anjeliko ishlagan rasmlar bilan bezatilgan Nikolay V kapellasi, Rafael moʻyqalami sayqal bergan peshayvonlar va zallar, Uygʻonish davri uslubidagi ichki hovlilar (meʼmor D. Bramante), barokko uslubidagi darvozaxona (meʼmor L. Bernini), shuningdek koʻzni qamashtiradigan kutubxona, badiiy muzeylar va boshqadan iborat. Vatikan bogʻlarida Piy IV kazinosi, Vatikan pinakotekasi (17-asrgacha boʻlgan italyan rassomlari asarlari toʻplami) binosi va boshqa bor. Vatikan majmuasiga Avliyo Pyotr sobori (meʼmorlar D. Bramante, Mikelanjelo, K. Maderna va boshqa), Navon maydonidagi qator kolonnalar (meʼmor L. Bernnni) qoʻshilib ketgan[6]. Manbalar STATO DELLA CITTÀ DEL VATICANO“. 19-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-noyabr 2019-yil. „La Santa Sede“. Vatican.va. 8-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-dekabr 2021-yil. „Vatican City“. Encyclopedia Britannica. Encyclopedia Britannica. 18-mart 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-may 2021-yil. „Vatican country profile“ (en). BBC News (2018). Qaraldi: 24-avgust 2018-yil. „Population“ (it). Vatican City State (1-fevral 2019-yil). 17-may 2020- yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-aprel 2020-yil. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Download 226 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling