Mavzu: Katolik cherkovi va uning diniy taʼlimoti


Download 226 Kb.
Pdf ko'rish
Sana27.10.2023
Hajmi226 Kb.
#1728170
Bog'liq
диншунос2



O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va
innovatsiyalar vazirligi
Jizzax politexnika instituti
Suv Ta'minoti kanalizatsiya tizimlarini
loyihalashtirish va ekspulutatsiyasi
Mustaqil ta’lim bo’yicha tayyorlangan
taqdimot
Fan: Dinshunoslik
Mavzu:Katolik cherkovi va uning diniy taʼlimoti.
Guruh: 241-23
Bayzakov Abror Bolibekovich


Режа:
Katolik oqimi
1.
Protestantizm dini.
2.
Vatikan shahri
3.
Davlat tuzumi
4.
Meʼmorligi
5.


Katolik oqimi
Xristianlikning yirik yo‘nalishlaridan biri katoliklardir. U 
Evropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida tarqalgan bo‘lib, 
muxlislari taxminan 800 mln. kishini tashkil etadi. Katolitsizm umumiy,
dunyoviy degan ma’nolarni ifodalaydi. Uning manbai - uncha katta
bo‘lmagan Rim Xristian jamoasi bo‘lib, rivoyatilarga ko‘ra uning birinchi
Episkopi apostol Petr bo‘lgan.Katolitsizmda Bibliyani sharxlash huquqi
faqatgina ruhoniylarga beriladi, chunki ular uylanmaslik haqidagi diniy
talabga amal qiladilar. Diniy ibodatlar dabdabali va soxtalashtirilgan
ko‘rinishga ega, diniy o‘qish, duo, iltijolar lotin tilida olib boriladi.
provslaviyadagi kabi katolitsizmda ham farishta, ikona, ilohiy kuch, 
chirimaydigan marxum jasadlariga sig‘inish odatlari mavjuddir
Katolitsizm xristianlikning yo‘nalishlaridan biri sifatida uning asosiy aqida
va qoidalarini tan oladi, biroq diniy ta’limot, sig‘inish va tashkiliy
masalalarda bir qator xususiyatlar bilan ajralib turadi. Katolik diniy
ta’limotning asosini Muqaddas kitob va Muqaddas yozuvlar tashkil qiladi.
Biroq Pravoslav cherkovidan farqli o‘laroq katolik cherkovi Muqaddas 


yozuvlar deb nafaqat avvalgi etti Butun Olam Xristian Soborlarining
qarorlarini, balki hozirgacha bo‘lib o‘tgan barcha Soborlar qarorlarini,
bundan tashqari Papaning maktublari va qarorlarini ham hisoblaydi.
Katolik cherkovi tashkiloti qat’iy markazlashuv bilan ajralib turadi. Rim
papasi bu cherkovning boshlig‘i. U diniy axloq masalalariga oid qonun-
qoidalarni belgilaydi. Uning xokimiyati dunyoviy soborlar xokimiyatidan
yuqori turadi. Katolik cherkovining markazlashuvi jumladan diniy
ta’limotni noan’anaviy tahlil qilish (sharxlash) huquqida aks etgan
dogmatik taraqqiyot tamoyilini keltirib chiqaradi. Masalan, Pravoslav
cherkovi tomonidan tan olingan diniy ramzda ta’kidlanishicha, Muqaddas
ruh ota xudodan kelib chiqadi. Katolik aqidasiga ko‘ra esa Muqaddas ruh
ota xudodan va o‘g‘il xudodan kelib chiqadi. CHerkovning najot 
borasidagi roli haqida ham o‘ziga xos alohida ta’limot shakllangan.
Najotning asosi iymon va xayrli ishlar hisoblanadi. CHerkov, Katolik
ta’limotiga ko‘ra, xayrli zaruriy ishlar xazinasiga – Iso tomonidan
yaratilgan “Xayrli ishlar zaxirasiga” ega.CHerkov Iso, Bibi Maryam,
Muqaddas Ruh nomidan bu xazinani tasarruf qilish, undan muxtojlarga
ulashish, ya’ni gunoxlarni avf etish, nadomat chekuvchilarga kechirim
tufxa qilish huquqiga ega. Pul yoki tufxa evaziga avf qilish huquqiga ega. 
Pul evaziga yoki cherkov oldidagi xizmatlari uchun gunoxlarini kechirish -
indulgensiya haqidagi ta’limot mana shundan kelib chiqqan.
A’rof haqidagi (do‘zax va jannat oralig‘idagi mavze) aqida faqat katolik 
ta’limotida mavjud. Gunohi katta bo‘lmagan gunohkorlarning ruhi u erda
o‘tda kuyadi (extimol bu vijdon va nadomat azobining ramziy
intihosidir), keyin 
jannatga yo‘l topadi. Ruhning a’rofda bo‘lish muddati xayrli ishlar tufayli 
qisqartirilishi (ibodat va cherkov foydasiga xayr-ehson qilish bilan)
mumkin. Bu ibodat va xayr ehsonlar o‘lganlar xotirasiga yaqinlar
tomonidan qilinadi. A’rof haqidagi ta’limot I asrdayoq paydo bo‘lgan edi.
Pravoslav va Protestant cherkovlari a’rof haqidagi ta’limotni rad etadi.
Bundan tashqari,pravoslav dini ta’limotidan farqli o‘laroq, katolik
yo‘nalishida papaning begunohligi haqidagi aqida ham bor. Bu aqida
1870 yildagi birinchi Vatikan soborida qabul qilingan. G‘arb cherkovining
Bogoroditsaga nisbatan alohida e’tibori 1950 yilda papa Piy XII
tomonidan kiritilgan, Bibi Maryamning meroji haqidagi aqidada o‘z aksini
topdi. Katolik ta’limoti pravoslav ta’limoti kabi etti asrorni tan oladi, biroq 
bu asrorlarning talqin qilinishida qarashlar mos kelmaydi. Masalan,
pricheshenie (tamaddi) qilish qattiq non bilan, (pravoslavieda bo‘ktirilgan
non bilan) dunyoviy (miryane)larga non va vino bilan shuningdek faqat
non bilan amalga oshiriladi. CHo‘qin-tirish sirini o‘tash paytida suv


sepiladi (cho‘qintiriluvchiga), muz ostidagi suvga cho‘ktirilmaydi.
Miropomazanie (cho‘qinuvchining peshonasiga eley surkash) etti-sakkiz
yoshlarda amalga oshiriladi, go‘dak-ligida emas. Bunda o‘spirin (bola)
yana bitta ismga ega bo‘ladi. Bunda u o‘sha avliyoning qilmish-lari va g‘o
yalarini maqsad qilib qo‘yadi. Shunday qilib, bu rusumning ijro etilishi
imon mustaxkamlanishiga xizmat qilishi 
zarur.
Pravoslavlarda nikoxsizlik rusumini faqat qora ruhoniylik qabul qiladi. 
Katoliklarda esa nikoxsizlik (selibat) Papa Grigoriy VII tomonidan joriy
qilingan qoidaga ko‘ra barcha ruhoniylar uchun majburiydir.
Din markazi - exromdir. Dinning muhim elementlari cherkovga
qatnovchilar hayotining maishiy asoslarini tartibga soluvchi bayramlar,
shuningdek postlardir. Milodiy post katoliklarda advent deb ataladi. U
Avliyo Andrey kunidan keyingi birinchi yakshanbada - 30 noyabrda
boshlanadi. Ular uch ibodat bilan: yarim tundagi, ertalabki va kunduzgi
ibodat bilan nishonlanib, Bibi Maryam xomilador bo‘lishi, Isoning
tug‘ilishi va dindorning qalbida bo‘lishi kabi ramziy ma’noni anglatadi.
O‘sha kuni ta’zim qilish uchun exromlarda go‘dak Isoning figurasi
qo‘yilgan yaslilar o‘rnatiladi. Katolik ierarxiyasida uch darajadagi
ruhoniylar bor: diakon, ruhoniy (kyure, pater, kendz) Episkop. Episkopni
papa tayinlaydi. Papani kardinal kollegiya saylaydi. 
Bunda umumiy ovozning uchdan ikki qismi plyus 1-ovoz (yashirin ovoz
berish yo‘li bilan) II Vatikan soborida (1962-1965 yillar) cherkov
hayotining barcha jabxalarini yangilash, zamonaviylashtirish jarayoni
boshlandi. Birinchi navbatda ibodat an’analariga tegishli bo‘ldi. Masalan,
ibodatni lotin tilida olib borishdan voz kechildi.
Protestantizm dini.
(Protestantizimsiz t‘oliq malumot b‘lmasdi Domla)
Protestanizm tarixi Martin Lyuterdan (1483-1546) boshlanadi. U birinchi
bo‘lib katolik cherkovi bilan aloqani uzdi va protestant cherkovining
asosiy qoidalarini ishlab chiqdi va uni himoya qildi. Bu nizomga ko‘ra,
insonning Xudo bilan bevosita muloqoti mumkin. Lyuterning diniy va 
dunyoviy xokimiyatga qarshi chiqishlari, katolik dindorlarning imonni va
vijdonni inson bilan Xudo o‘rtasidagi vositachi sifatida nazorat qilish
haqidagi muloxazalarga qarshi chiqishi jamoatchilik tomonidan fav
qulodda diqqat bilan tinglandi. Protestantizmning moxiyatiga ko‘ra, ilohiy
lutfu marhamat insonlarga cherkovning vositasisiz, bevosita in’om etiladi.


Inson najot topishi uning shaxsiy e’tiqodi va Isoning vositasi orqali ro‘y
beradi. Avom ruhoniylardan farqlanmaydi, ruhoniylik hamma dindorlarga
bir xilda joriy etiladi. Protestantlik diniy marosimlarning ko‘pchiligini
bekor qildi, faqatgina lyuteranlikda non va vino bilan cho‘qintirish
saqalanib qoldi.O‘lganlarga bag‘ishlangan duo o‘qish, aziz-avliyolarga
sig‘inish, muqaddas murdalarga, sanamlarga topinish bekor qilindi.
Ibodat uylari ortiqcha xashamlardan, mexroblardan, sanamlar, haykalla
rdan tozalandi, ruhoniylarning uylanmaslik shartlari bekor qilindi. Bibliya
milliy tillarga tarjima qilindi, uni sharxlash har bir xudojo‘yning eng
muhim burchi bo‘lib qoldi.Asrorlardan faqat cho‘qinish va mansublik
(cherkovga) e’tirof etiladi. Ibodat va’znasixatlar, birgalikdagi ibodat va
suralarni kuylashdan iborat bo‘ldi. Protestantlar Bogoroditsa shaxsiyatini,
a’rofni tan olmaydilar.Lyuter tomonidan tuzilgan reformatsiya bosh taom
illari 95 tezis shaklida yozib bergan. Ular Vittenbergning Nasriy cherkovin
ing shimoliy eshiklariga yozib qo‘yilgan. Mana shu tezislardan bir nusxasi:
Iso payg‘ambar: “Tavba qiling, chunki samoviy shoxlik yaqinlashib qoldi”
deb jar solganida shuni ta’kidlaydiki, imon keltirganlar hayoti boshdan-
oyoq to‘xtovsiz tavba-tazarrudan iborat bo‘lmog‘i darkor. Tavba-tazarru
ruhoniy (avliyo) oldidagi birgina tazarrudan iborat emas. Birinchi to‘rt
tezis, Lyuter ta’kidlaydiki, haqiqiy tavba uzoq muddatli jarayondir, birgina 
xatti-harakat bilan ro‘yobga chiqmaydi. Papa faqat o‘zi belgilagan jazoni
olib tashlashi mumkin. CHerkov hech qaysi samoviy jazodan insonni
ozod qila olmaydi. Tavba-tazarru qonunlari tiriklar uchun joriy qilinadi
(belgilanadi). Bu erda va keyingi bir qancha tezislarda papaning a’rof
ustidan xukmronligi rad etiladi.
“Ruhlar uchun indulgensiya olgan shaxslarga tavbu-tazarru qilish talab 
qilinmaydi”, degan ta’limot Iso ta’limoti emas. CHindan tavba qilgan
kishilarni Xudo gunohlarini kechadi va abadiy azobdan ozod qiladi.
Gunohkor papa yorlig‘isiz ham bunday mag‘firatdan umid qilishi mumkin.
Lyuter bir necha tezislarda ta’kidlaydiki, chindan tavba qilgan, nadomat
chekkan xristian (nasoro) “samoviy jazoga shoshilmaydi, ya’ni unga
samoviy jazo joriy etilmaydi”.CHerkovning haqiqiy xazinasi muqaddas Injil
va xudo marhamatidir. Lyuterning 
ta’kidlashicha, “xayrli amallar xazinasi”ning mavjudligi kambag‘allar
uchun emas boylar uchun foydalidir, bu xazinalarga papa marhamati
bilan emas, o‘z amallari bilan erishuvi mumkin. Bu xil vositalar bilan
Xudoning mexrini qozonmoqni Lyuter sarob deb ataydi.
Haqiqiy xristian Isoga ergashish istagi bilan yonmog‘i zarur. Najot yo‘li 
ruhsatnoma yorlig‘ida emas, balki chin yurakdan nadomat chekmoq va
tavba qilmoqdadir.


1517 yili 31 oktyabrda jamoatchilik xukmiga xavola qilingan tezislar
shundan iborat. Keyinchalik bu kun protestantlar bayrami bo‘lib qoldi. 
Katolitsizm jahon siyosatida muayyan rol oʻynaydi.’ Katolik cherkov koʻp
sonli ruhoniylar, monaxlik ordenlari, klerikal partiyalar, missionerlik
tashkilotlari va b.ga ega. Cherkov statistikasiga koʻra, katoliklar 900 
mln.ga yaqin kishi. Italiya,Ispaniya, Portugaliya, Fransiya, Belgiya, Avstriya
va Lotin Amerikasi mamlakatlarida 
Katolitsizm hukmron diniy taʼlimot hisoblanadi. Polsha, Vengriya,
Chexiya, Slovakiya va Kubada katoliklar dinga ishonuvchi aholining koʻ
pchiligini tashkil etadi. 20-asrning 60-y.laridan Katolitsizm aqidalari,
marosimlari, tashkilotlari va siyosati zamon talablariga
moslashtirilmokda.
Vatikan shahri
rasmiy nomi Vatikan shahar-davlati (italyancha: Stato della Città del 
Vatikano; lotincha: Status Civitatis Vatikanae) — Italiya poytaxti Rimning
gʻarbiy qismidagi Monte-Vatikan tepaligida joylashgan mustaqil shahar-
davlat. Katolik cherkovining siyosiy, maʼmuriy va mafkuraviy markazi,
uning boshligʻi — Rim papasi qarorgohi. Qariyb hamma tomoni tosh
devor bilan oʻralgan. Maydoni — 0,44 km2.Aholisi — 806 kishi (2022).
Rasmiy tillari — lotin va italyan tillari.
Madhiya: Inno e Marcia Pontificale
(Hymn and Pontifical March)
Poytaxt
Vatikan Shahri
Rasmiy til(lar)
Italyancha
Hukumat
Teokratiya (Sancta Sedes)
Davlat boshligʻi
Папа Франcис
Davlat kotibi
Pietro Parolin
Mustaqillik (Italiyadan)
11-fevral 1929
Maydon
0.44 km2 (237-oʻrin)
Aholi
2022-yilgi roʻyxat
860 (233-oʻrin)


Davlat tuzumi
Vatikan — cheklanmagan teokratik monarxiya. Konstitutsion hujjatlari
1929-yilda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — Rim papasi. 1996-yil
fevralda papa Ioan Pavel II tomonidan chiqarilgan yangi Konstitutsiyaga
muvofiq, u, odatda, kardinallar orasidan yashirin ovoz berish orqali
ovozlarning uchdan ikki qismiga ega boʻlgan taqdirda kardinallar hayʼati
tomonidan umrbod saylanadi. Oliy qonun chiqaruvchi, ijrochi va sud
hokimiyati papa qoʻlida. Ayni vaqtda u Rim katolik cherkovining ham
boshligʻi hisoblanadi. Papa huzuridagi maslahat organi — kardinallar hayʼ
ati cherkovning eng muhim ishlarini muhokama qilish va papani saylash
uchun yigʻilib turadi. Rim papasi Ioann Pavel II (264-papa) 1978-yil 16-
oktabrda saylangan. Bu kun Vatikanda milliy bayram sifatida
nishonlanadi.
Italiyapoytaxti Rim xududida joylashgan Vatikan eng kichik davlat boʻlishi
bilan birgalikda, BMT va dunyo xamjamiyati tomonidan tan olingan xolda,
BMT ga aʼzo boʻlmagan yagona davlatdir. Rim katolik cherkovining
markazi boʻlgan bu davlat, Rimning ichida joylashganiga qaramay xuquqiy
jixatdan mutlaqo mustaqildir. Xatto, Italiyaga xam boʻysinmaydi. Lekin
shunga qaramay, Italiyaning 300 mingga yaqin qoʻshini va 50 ming nafar
dengiz piyoda askarlaridan iborat armiyasi zimmasiga Vatikanni xam
ximoya qilish vazifasi yuklatilgan.
Tarixi
Ilk oʻrta asr davrida Vatikan Rim papalarining turar joyi, 1377-yildan
boshlab esa doimiy qarorgohi. 8-asrdan cherkov davlati sifatida mavjud.
1870-yilda Italiya birlashishi munosabati bilan Italiya qirolligi tarkibiga qoʻ
shib olingan. 1929-yilda papa bilan Italiya xukumati oʻrtasidagi Lateran
bitimi natijasida Vatikan davlati qayta tiklandi va 1929-yil 11-fevralda
mustaqil davlat sifatida tan olindi. Katolik cherkovining xalkaro markazi
sifatida Vatikan dunyoning koʻpgina mamlakatlaridagi ijtimoiy turmushga
taʼsir oʻtkazadi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya
munosabatlari 1992-yil 17-oktabrda oʻrnatilgan.
Iqtisodiyoti. Davlat iqtisodiy negizini kapital mablagʻlardan tushadigan
daromadlar, milliy katolik cherkovlarning badallari, dindorlarning
Zichlik
2093/km2 YIM (XQT)
2005-yil roʻyxati
Telefon prefiksi
379, +39


ehsonlari tashkil qiladi. Vatikan— dunyoning yirik sanoat-moliya
monopoliyalaridan biri (uning oltin va valyuta bisoti 12 mlrd. AQSH
dollaridan ortiq deb taxmin qilinadi). Oʻzining moliyaviy, iqtisodiy
operatsiyalari va ishonchli vakillari orqali qudratli xalqaro korporatsiyalar,
banklar bilan uzviy bogʻlangan. Vatikan bir qancha kompaniya va banklar
aksiyasiga ega. Italiya, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Fransiya, Ispaniya,
shuningdek AQSH va Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi sanoat tarmoqlari
korxonalariga qoʻyilgan sarmoyadan katta foyda olib turadi. Italiya,
Germaniya, Ispaniya va boshqa mamlakatlarda katta yer maydonlariga
ega. Xorijiy sayyohlik va pochta markalari chiqarish, suvenirlar sotish ham
koʻp daromad keltiradi. Pul birligi — italyan lirasi; numizmatlar uchun
Vatikan lirasi ham zarb etiladi.
Matbuoti. Vatikanning rasmiy nashrlari: „Akta apostolike sedis“ („Havoriy
arsh hujjatlari“, oylik byulleten, 1909-yildan), „Annuario Pontifichio“
(„Papa yilnomasi“, yillik maʼlumotnoma), „Osservatore della domenika“
(„Yakshanbalik sharh“, katoliklar uchun haftanoma), „Osservatore
romano“ („Rim sharhlovchisi“, kundalik gazeta, 1861-yildan). Shuningdek
italyan, fransuz, ispan, portugal, nemis, ingliz tillarida haftalik nashrlari
mavjud. „Adjensia Internatsionale Fides“ Vatikan agentligi 1926-yilda
tashkil etilgan. Vatikan radiosiga 1931-yil 12-fevralda asos solingan, 1957-
yilda qayta tashkil etilgan. „Chentro Televizivo Vatikane“ — Vatikan
televizion markazi 1983-yilda barpo etilgan.
Meʼmorligi
Ilk oʻrta asrlarda vujudga kela boshlagan Vatikan maʼmuriy majmuasiga
15— 16-asrlarda yaratilgan koʻpdan-koʻp inshootlarni oʻz ichiga oluvchi
Vatikan saroy ansambli (mayd. 55 ming m2) kiradi. Oʻz navbatida
ansambl devorlari B. Mikelanjelo, P. Perujino, S. Bottichelli, D. Girlandayo
ishlagan rasmlar bilan bezatilgan Sikstin kapellasi, Beato Anjeliko ishlagan
rasmlar bilan bezatilgan Nikolay V kapellasi, Rafael moʻyqalami sayqal
bergan peshayvonlar va zallar, Uygʻonish davri uslubidagi ichki hovlilar
(meʼmor D. Bramante), barokko uslubidagi darvozaxona (meʼmor L.
Bernini), shuningdek koʻzni qamashtiradigan kutubxona, badiiy muzeylar
va boshqadan iborat. Vatikan bogʻlarida Piy IV kazinosi, Vatikan
pinakotekasi (17-asrgacha boʻlgan italyan rassomlari asarlari toʻplami)
binosi va boshqa bor. Vatikan majmuasiga Avliyo Pyotr sobori (meʼmorlar
D. Bramante, Mikelanjelo, K. Maderna va boshqa), Navon maydonidagi
qator kolonnalar (meʼmor L. Bernnni) qoʻshilib ketgan[6].
Manbalar


STATO DELLA CITTÀ DEL VATICANO“. 19-yanvar 2020-yilda asl nusxadan
arxivlandi. Qaraldi: 30-noyabr 2019-yil.
„La Santa Sede“. Vatican.va. 8-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi.
Qaraldi: 7-dekabr 2021-yil.
„Vatican City“. Encyclopedia Britannica. Encyclopedia Britannica. 18-mart
2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-may 2021-yil.
„Vatican country profile“ (en). BBC News (2018). Qaraldi: 24-avgust
2018-yil.
„Population“ (it). Vatican City State (1-fevral 2019-yil). 17-may 2020-
yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-aprel 2020-yil.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Download 226 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling