Mavzu: katta o`smirlarda “men” obrazining shakllanishiga ta’sir etuvchi psixologik omillar


Download 53.6 Kb.
bet2/9
Sana09.09.2023
Hajmi53.6 Kb.
#1675097
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
25 MAVZU

Kurs ishining metodogik asosi: Psixik holatlarni izchil o‘rganish eramizdan 2-3 ming yil avval Hindistonda boshlangan edi. Qadimgi yunon faylasuflari ham psixik holatlar muammosi bilan shug‘ullanib ko‘rganlar. ”Holat” tushunchasi falsafiy tushuncha sifatida Kant va Gegel ishlarida ham keltirilgan. Psixik holatlarni izchil o‘rganish U. Djemsdan boshlanadi. Bu sohadagi eng birinchi ilmiy ish O. A. Chernikovaning 1937 yilda bosilib chiqqan maqolasi bo‘lib, u sportchining startdan oldingi hissiy holatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan edi. Shundan so‘ng sport psixologiyasida psixik holatlar A. S. Puni, F. S. Yegorov, V. V. Vasilev, Ya.B. Lextman, K. M. Smirnov, V. F. Spiridonov, A. N. Krestovnikov va boshqalarning ishlarida o‘rganildi. V. A. Ganzenning fikricha, 1964 yilda N. D. Levitovning “Odamning psixik holatlari haqida” nomli kitobi nashr etilishi bilan bu muammoni o‘rganish tarixida yangi davr boshlandi. Shundan so‘ng psixologiya psixik holatlar, xususiyatlar, jarayonlar haqidagi fanga aylandi. N. D. Levitov, B. G. Anan’ev, V. N. Myasishev, A. G. Kovalyov, K. K. Platonov, V. S. Merlin va boshqalar o‘smirlik yoshi davrida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan hissiy zo‘riqishlar va stress holatlarini psixologik xususiyatlarini atroflicha tadqiq etishga xarakat qilganlar.
Kurs ishining maqsadi: O‘smirlik yoshida “men” obrazining kelib chiqishi va uni psixologik xususiyatlarini nazariy va amaliy taxlil etish usullarini o‘rganish.
Kurs ishining vazifasi:
Tadqiqot farazini isbotlash uchun quyidagi vazifalar belgilandi:
1. Muammoning o‘rganilganlik darajasini aniqlash.
2. Mavzuga oid psixologik adabiyotlarni tahlil qilish.
3. Tadqiqot metodi va metodikalarini tanlash.
4. Metodikalarni moslashtirish.
5. Tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish.
6. Natijalarni miqdoriy va sifat tahlil qilish asosida xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishining predmeti: Katta o`smir yoshida, shaxs sifatida shakllanishda o`z – o`ziga baho berishning ahamiyatini tadqiq etish .

Download 53.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling