Mavzu: katta o`smirlarda “men” obrazining shakllanishiga ta’sir etuvchi psixologik omillar
Download 53.6 Kb.
|
25 MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Internet saytlari 1. www.ziyo.uz 2. www.psihol.ru 3. www.flagiston.ru
2.2 O‘smirlarning emotsional rivojlanishi
O‘smirlik Yoshida, taxminan 13—14 Yoshlarda, bolalarni emotsional kechinmalarida katta o‘zgarishlar boshlanadi. SHu Yoshdagi bolalarda ta’lim ta’siri ostida abstrakt-mantikiy va tanqidiy tafakkur ancha o‘sadi. O‘smirlar dunyokarashqarashlari bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bilan qiziqa boshlaydilar, ularning kamalak va kamolot tashkilotlarida ishtirok qilishlari bunday qiziqishlarning o‘sishiga ko‘p jixatdan yordam beradi. Mana shularning hammasi xilma-xil intellektual va axloqiy hislarni o‘sishi uchun manba bo‘lib qoladi. O‘smirlarda xayol kuchli ravishda o‘sadi. Hislarning o‘zi xayolning o‘sishiga yordam beradi. va xayolning o‘zi ham xilma-xil chuqur emotsional kechinmalarning manbai bo‘lib qoladi. Kelajak to‘g‘risidagi orzular, qaxramonlik, romantika- shularning hammasi emotsional kechinmalarning manbaidir. Bu Yoshda o‘z-o‘ziga baho berish hissi kuchli ravishda o‘sadi. O‘smir Yoshidagi bolalarning aloqa doirasining kengayishi va ularda ijtimoiy-siyosiy masalalarga qiziqish o‘sishi tufayli axloqiy hislar o‘smirlarhayotida katta o‘rin oladigan bo‘lib qoladi , ularda vatanparvarlik hissi yorqin namoyon bo‘ladi. SHu Yoshda organizmda fiziologik o‘zgarishlar sodir bo‘lishi sababli emotsional qo‘zg‘alishlarning xarakterida ham o‘zgarish ro‘y beradi. Hislar kuchli ravishda namoyon bo‘laveradi, lekin ko‘pincha bu hislar barqaror bo‘lmaydi. Boshqa Yoshdagi bolalarga qaraganda o‘smirlarda injiqlik va arazlash ko‘p bo‘ladi. O‘smirlik davrida ichki erkinlikning o‘sishida, o‘z-o‘zini anglash layoqatlarida, mustaqil xatti-harakatlarida katta sifat o‘zgarishlari yuz beradi. Bunday o‘zgarishlarning yuzaga kelishida irodaning ham ahamiyati katta. Iroda oliy psixik funksiya sifatida o‘smirning erkin harakat kilish quroli, Shuningdek, shaxsi rivojining magistral chizig‘i bo‘lib hisoblanadi. O‘z-o‘zini anglash hissini tarkib topishi, o‘ziga nisbatan go‘yo alohida mustaqil shaxs sifatidagi munosabatning vujudga kelishi bu davrdagi har ikki jinsdagi va istagan tepmerament tipidagi o‘smirlar uchun muhim xususiyatlardir. O‘smir o‘g‘il-qizlar shaxsining kamol topishida, o‘zini anglash jarayonida o‘ziga baho berish mayli va istagi o‘zini boshqa shaxslar bilan taqqoslash, o‘ziga bino qo‘yish ehtiyoji paydo bo‘ladi. Bular esa o‘smirning psixik dunyosiga aqliy faoliyatiga, tevarak-atrofga munosabatning shakllanishiga ta’sir qiladi. Ilk o‘smirlik davrida ko‘pchilik o‘smirlar o‘zlariga salbiy shaxsiy xarakteristika beradilar. Katta bo‘lgan sari o‘smirning o‘z-o‘ziga bergan bahosi differensial xarakter (xulq-atvoriga, ijtimoiy vaziyatlarda o‘zini tutishga va ayrim xatti-harakatlari)da namoyon bo‘la boshlaydi. O‘g‘il bolalar va qiz bolalarning ijtimoiy rollari turlicha bo‘lishi to‘g‘risidagi jamiyatda tarkib topgan tushunchalar bilan bolalar tomonidan o‘zlashtirilgan tasavvurlar o‘smir Yoshidagi shaxsning shakllanish yo‘llarini belgilab beradi. O‘smir o‘z kuchi va quvvati, chidamliligi ortayotganini, bilim saviyasi kengayayotganini anglay boshlaydi. O‘smirlar ustanovkalari muhim funksional axamiyatga ega bo‘lib, uning ma’lum bir faoliyatni samarali bajarishga tayyorligi sifatida namoyon bo‘ladi. Uning asosiy vazifalari - 1) faoliyat amalga oshirilishining qatiy xarakterini belgilab beradi. 2) o‘smir shaxsini standart vaziyatlardagi faoliyatlar kechishini erkin xolda nazorat qilish va qaror chiqarishdan ozod qiladi. O‘smirlik davri xususiyatlarini talqin kilgan olimlarning ta’kidlashicha, o‘g‘il va qizlarning bu Yoshda o‘rtoqlari bilan munosabatlarga intilishi, tengdoshlari jamoasining hayotiga qiziqishi yorqin namoyon bo‘ladi. Ushbu o‘zgarishlar ta’sirida bolalar jismoniy va aqliy imkoniyatlarini o‘sib borish munosabati bilan o‘zlariga ko‘proq ishona boshlaydilar, ular endi oilaviy muammolar muhokamasida ham ishtirok eta boshlaydilar. XULOSA
Ya’ni o`smirning o’zini-o’zi anglash jarayoni, uning rivojlanishi, avvalo, o’zini-o’zi anglash subyektlari sifatida ota-onalarning o’ziga xos xulq-atvoriga bog’liq bo’ladi. Ota-onalarning maskulinlik-femininlik darajasi, ularning jinsiy o’zini-o’zi anglashi va oilaviy rollari adekvat – mos bajarilishi boladagi o’z jinsi va unga oid bo’lgan barcha tasavvur va tushunchalarning paydo bo’lishida muhim omildir. Bunda onaning o’ziga yarasha maqomi bo’lib, eng avvalo, o`smirdagi o’z “Men” iga oid barcha ekspressiv, effektiv va emotsional xususiyatning namoyon bo’lishi onaning bolaga hissiy-emotsional yaqinligi bola jinsidan qat’i nazar yetakchi rol o’ynaydi. O’tkazilgan empirik tadqiqot o`smirlik yoshdagi bolaning “Men” konsepsiyasi shakllanishining o’ziga xos xususiyatlari nuklear oilada yaqqolroq ko’rinishini, bunda birlamchi kichik referent guruh sifatidagi oilaning o’rni, undagi er-xotin hamda ota-ona va bolalar o’rtasidagi munosabatlar turli oilada turlicha bo’lishiga qaramay, muayyan aynanlik va muvofiqliklar mavjudligini ko’rsatadi va umumiy ijtimoiy-psixologik qonuniyatlarning borligini isbotladi. Birinchidan, shaxs ijtimoiylashuvi jarayonida uning o’zi to’g’risidagi ijtimoiy tasavvurlari tizimining shakllanishida oila omilining roli shundaki, bunda asosiy shakllantiruvchi mexanizm rolini, eng avvalo, oiladagi ma’naviy-ruhiy muhit, tashkil etuvchi ota-ona va yaqinlarning o’zaro munosabatlaridan tashqari ota-onaning farzandga bo’lganmunosabatlari, bola ongida shakllantiriladigan kognitiv fikr-tushuncha va g’oyalar katta rol o’ynaydi. Bu o’rinda tadqiqotimiz ota-onalarning o’zlari hamda o’z farzandlari haqidagi baholari, y’ani ijtimoiy tasavvurlari turlicha bo’lishi, lekin onalarning baholari otalarnikidan yuqoriroq ekanligini ko’rsatadi. Ikkinchidan, ota-onaning o’zaro munosabatlari ta’sirida maktabgacha yoshdagi bola ijtimoiy tasavvurlari tizimida shakllangan “Men” konsepsiyasi besh tarkibiy qismdan iborat bo’lib, unga qadriyatlar konsepsiyasi, nominatsiyalar konsepsiyasi, yosh konsepsiyasi, ijtimoiy muhit konsepsiyasi hamda jins konsepsiyalari kiradi va ular o’ziga xos iyerarxik tuzilmaga egadir. Taraqqiyotning har bir bosqichida ushbu bosqichning yetakchi faoliyati va omillariga bog’liq tarzda uning u yoki bu komponenti yetakchibo’ladi. Biz o’rgangan toifada nominatsiya, jinsga oid konsepsiyalar qadriyatlar konsepsiyasiga nisbatan rivojlanganroq ekanligi ma’lum bo’ldi. Uchinchidan, o`smir yoshidagi taraqqiyot bosqichida jinsiy o’zlikni anglash konsepsiyasi, y’ani shaxsning qaysi jins vakili ekanligiga oid tasavvurlar ustuvor bo’lgani uchun ham ota-ona va ular o’rtasidagi jinslararo munosabatlar o’zlikni anglash jarayoning bosh yo’nalishi bo’lib hisoblanadi. Yosh nuklear oilalarda otaning ustuvorligi tan olinsada, jinsiy o’zlikni anglashda bola uchun onaning hissiy yaqinligi ta’sirchandir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI 1.Yung K. Analiticheskaya psixologiya: - SPb: Kentavr. 1994.-136s. 2. Z.T.Nishanova. Bolalar psixodiagnostikasi. Toshkent, 1998, 87-bet. 3. Z.T.Nishanova. Psixik taraqqiyot diagnostikasi. T., 2004, 134-b 4. T.M.Adizova. Psixokorreksiya. Uchebnoe posobie. T., 2005, 70-b. 5.V.M.Karimova., F.A.Akramova. Psixologiya. Ma’ruzalar matni. T., 2000, 138-bet. 6. Karimov I.A. O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi.-T.: O‘zbekiston, 2005- 160 b. 7. Vilyunas I.K. Psixologiya emotsionalnyx yavleniy. –M., 1976. 8. G. Sele. Stress bez distressa. –M., 1998. 9. Davaetshin M.G., To‘ychieva S.M. Umumiy psixologiya, Toshkent 2002. 10. Davaetshin M.G. Zamonaviy maktab -O‘qituvchisi psixologiyasi. -Toshkent 1998.6. 11. Psixologiya. qisqacha izog‘li lug‘at .Toshkent, 1998. 12. Yosh va pedagogik psixologiyadan praktikum. T.1991. 13. M.G. Davaetshin, Sh.Do‘stmushamedova, M.Mavlanov, S.To‘ychieva. «Yosh va pedagogik psixologiya» o‘quv metodik qo‘llanma Toshkent 2004 yil 14. V.Karimova.Psixologiya Toshkent.2002y. 15. Psixologiyadan ma’ruzalar matni. Toshkent.1999y. 16. Xaydarov F., Jo‘raev N. Stress yoki ruhiy muvozanatni saqlash osonmi? –T., 1997. Internet saytlari 1. www.ziyo.uz 2. www.psihol.ru 3. www.flagiston.ru 4. www.psiholog.uz Download 53.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling