Mavzu: katta o`smirlarda “men” obrazining shakllanishiga ta’sir etuvchi psixologik omillar


Download 53.6 Kb.
bet5/9
Sana09.09.2023
Hajmi53.6 Kb.
#1675097
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
25 MAVZU

Jismoniy nuqtai nazarga ko‘ra, «Men-konsepsiyasi» odam tanasi va organizmining psixofiziologik va anatomik xususiyatlarida: ko‘rish, eshitish, og‘irlik, jins, bo‘y o‘lchami va boshqalarda namoyon bo‘ladi. Bularga yana kiyinish rusumi, yoqtirgan avtomobil rusumi, uy-joy turi, yashash hududini kiritish zarur.
Akademik nuqtai nazarga ko‘ra, «Men-konsepsiyasi» maktabda olingan baholar va erishilgan yutuqlar, o‘qishga bo‘lgan istak va malakalar, va shu kabilarda ifodalanadi. Odatda, ular ikki darajaga bo‘linadi: a) matematika, adabiyot, chet tillar va boshqa fanlar bo‘yicha erishilgan yutuqlarning qay darajada yaxshi va yuqoriligida namoyon bo‘ladigan akademik yutuqlarning umumiy jihatdan baholanishi; b) shaxsiy yutuqlarning bir xil ijtimoiy guruh yoki bir avlodga mansub bo‘lgan boshqa odamlarning yutuqlari bilan qiyoslashtirish asosida shakllanadigan akademik yutuqlarning ijtimoiy jihatdan baholanishi.
Ijtimoiy nuqtai nazarga ko‘ra, «Men-konsepsiyasi» atrofdagi odamlar bilan – oila doirasida, qo‘shnilar orasida, ishxonada o‘zaro munosabatlarning o‘rnatilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Ijtimoiy «Men» bizning boshqa odamlar, jamiyat hayotiga kirgan holda bu jamiyatga nisbatan ba’zi bir majburiyatlarni bajarishimiz, boshqacha aytganda, ijtimoiy rollar: o‘quvchi, o‘g‘il-qiz, do‘st, sportchi, a’lochi, yigit, qiz bolaning rolini o‘ynaganimiz yuzasidan paydo bo‘ladi. Biz boshqa odamlar bilan rollar darajasidagi muloqotda juda ko‘p vaqtimizni o‘tkazamiz.
Transshaxsiy nuqtai nazarga ko‘ra, «Men-konsepsiyasi» hayot mazmuni muammosini hal etishga mas’ul bo‘lganligi, inson diniy qarashlari yoki ularning mavjud emasligi bilan bevosita bog‘liqligi sababidan muhimdir.
Har bir «Men» tamoyillar, mulohazalar, ahloqiy qoidalar, maqsadlar, motivatsiyalarning yaxlit tizimidir. Balki, har bir «Men» o‘z tiliga egadir. Bunday tillar qatoriga harakatlar, ishoralar, mazmunlar, ichki nutq tillari kiradi.
O’z-o’ziga nisbatan baho turli sifatlar va shaxsning orttirilgan tajribasi,shu tajriba asosida yotgan yutuqlariga bog’liq xolda turlicha bo’lishi mumkin. Ya’ni, ayni biror ish, yutuq yuzasidan ortib ketsa, boshqasi ta’sirida - aksincha, pastlab ketishi mumkin. O’z-o’ziga baho nafaqat haqiqatga yaqin (adekvat), to’g’ri bo’lishi,balki u o’ta past yoki yuqori ham bo’lishi mumkin. Bunday o’smir yoki katta odam ham, doimo tushkunlik holatiga tushib qolishi, atrofdagilardan chetroqda yurishga harakat qilishi, o’zining kuchi va qobiliyatlariga ishonchsizlik kayfiyatida bo’lishi bilan ajralib turadi va bora-bora shaxsda qator salbiy sifatlar va xatti-harakatlarning paydo bo’lishiga olib keladi. Hattoki, bunday holat suisidal harakatlar, ya’ni o’z joniga qasd qilish, real borligidan «qochishga» intilish psixologiyasini ham keltirib chiqarishi mumkin. Ana shunday sharoitda paydo bo’ladigan psixologik holat «noadekvatlilik effekti» deb atalib, uning oqibatida shaxs hattoki, mag’lubiyatga uchraganda yoki o’zida nochorlik, uquvsizliklarni sezganda ham buning sababini o’zgalarda deb biladi va shunga o’zini ishontiradi ham masalan, «halaqit berdi-da», «falonchi bo’lmaganida» kabi bahonalar ko’payadi. Ya’ni nimaiki bo’lmasin, aybdor o’zi emas, atrofdagilar, sharoit, taqdir aybdor. Bundaylar haqida bora-bora odamlar «oyog’i yerdan uzilgan», «manmansiragan», «dimog’dor» kabi sifatlar bilan gapira boshlaydilar. Demak, o’z-o’ziga baho realistik, adekvat, to’g’ri bo’lishi kerak. Bunda shaxs uchun etalon, ibratli hisoblangan insonlar guruhi referent guruhning roli katta bo’ladi. Chunki biz kundalik hayotda hammaning fikri va bahosiga quloq solavermaymiz, biz uchun shunday insonlar mavjudki, ularning hattoki, oddiygina tanbehlari, maslahatlari, hattoki, maqtab turib bergan tanbehlari ham katta ahamiyatga ega. Bunday referent guruh real mavjud bo’lishi (masalan, ota-ona, o’qituvchi, ustoz, yaqin do’stlar), yoki noreal, hayoliy (kitob qahramonlari, sevimli aktyorlar, ideal) bo’lishi.

Download 53.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling