Mavzu: Kattaliklar va ularning birliklari. Xalqaro birliklar tizimi Bajardi: Saidahmedova M. Z
Download 28.33 Kb.
|
Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqaro birliklar tizimi
Kattaliklarning birliklari
Muayyan obektni tavsiflovchi kattalik shu obekt uchun xos bo‘lgan miqdor tavsifiga ega ekan, bu kabi obektlar o‘zaro birgalikda ko‘rilayotganda faqat mana shu miqdor tavsiflariga ko‘ra tafovutlanadi. Buning uchun esa solishtirilayotganda obektlararo biror bir asos bo‘lishi lozim. Bu asosga solishtirish birligi deyiladi. Aynan mana shunday tavsiflash asoslariga kattalikning birligi deb nom berilgan. Kattalikning birligi deb -ta’rif bo‘yicha soniy qiymati 1ga teng qilib olingan kattalik tushuniladi Ushbu atama kattalikning qiymatiga kiradigan birlik uchun ko‘paytiruvchi sifatida ishlatiladi. Muayyan kattalikning birliklari o‘zaro o‘lchamlari bilan farqlanishi mumkin. Masalan, metr, fut va dyuym uzunlikning birliklari bo‘lib, quyidagi har xil o‘lchamlarga ega – 1 fut = 0,3048 m, 1 dyuym = 25,4 mm ga tengdir. Kattalikning birligi ham, kattalikning o‘ziga o‘xshash asosiy va hosilaviy birliklarga bo‘linadi: Kattalikning asosiy birligi debbirliklar tizimidagi ihtiyoriy ravishda tanlangan asosiy kattalikning birligiga aytiladi. Bunga misol qilib, LMT - kattaliklar tizimiga to‘g‘ri kelgan MKS birliklar tizimida metr, kilogramm, sekund kabi asosiy birliklarni olishimiz mumkin. Hosilaviy birlik deb, berilgan birliklar tizimining birliklaridan tuzilgan, ta’riflovchi tenglama asosida keltirib chiqariluvchi hosilaviy kattalikning birligiga aytiladi. Hosilaviy birlikka misol qilib 1 m/s - xalqaro birliklar tizimidagi tezlik birligini; 1 N = 1 kg. m/s2 kuch birligini olishimiz mumkin. Xalqaro birliklar tizimi Xalqaro birliklar tizimi – fizik kattaliklarning asosiy va hosilaviy o’lachov birliklar tizimi. 1960 – yilda o’lchov va tarozilar bo’yicha Parijda o’tkazilgan 11-Bosh konferensiyada qabul qilingan. Xalqaro birliklar tizimini 7 ta asosiy birlik, 2 ta qo’shimcha birlik va hosilaviy birliklar tashkil etadi. Quyidagi jadvalda SI tizimining 7 ta asosiy birliklari keltirilgan:
Quyida SI tizimining bir necha hosilaviy birliklari keltirilgan:
Download 28.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling