Mavzu: Kattaliklar va ularning birliklari. Xalqaro birliklar tizimi Bajardi: Saidahmedova M. Z
Download 28.33 Kb.
|
Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kattaliklar
Mustaqil ish Mavzu: Kattaliklar va ularning birliklari. Xalqaro birliklar tizimi Bajardi: Saidahmedova M.Z Tekshirdi:Akbarxodjayev Z.A Toshkent – 2022 Reja: Kirish Asosiy qism Kattalikar Kattaliklarning birliklari Xalqaro birliklar tizimi Xulosa Kirish Atrofimizdagi hayot uzluksiz tarzda kechadigan muayyan jarayonlar, voqealar, hodisalarga nihoyatda boy bo’lib, ularni ko’pini aksariyat hollarda sezmaymiz yoki e’tiborga olmaymiz. Chetdan qaraganda ularning orasida bog’liqlik yoki uzluksizlik bilinmasligi ham mumkin. Ba’zilariga esa shumchalik ko’nikib ketganmizki, aniq bir so’z bilan ifodaylay olmay turamiz. Butun suhbat barchamiz bilib-bilmaydigan, ko’rib-ko’rmaydigan va sezib sezmaydigan kattaliklar haqida boradi. Kattaliklar Kattalik sifat jihatidan kopgina fizikaviy obyetktlarga (fizikaviy tizimlarga, ularning holatlariga va ularda o’tayotgan jarayonlarga) nisbatan umumiy bo’lib, miqdor jihatidan har bir obyekt uchun xususiy bo’lgan xossadir. Ta’rifda keltirilgan xususiylik biror obyektning xossasi ikkinchisinikiga nisbatan ma’lum darajada kattaroq yoki kichikroq bo'lishini ifodalaydi. Biz o‘rganayotgan metrologiya fani aynan mana shu kattaliklar, ularning birliklari, o‘lchash texnikasining rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Kattaliklar ikki turga bo’linadi: real va ideal. Ideal kattaliklar asosan matematika sohasiga tegishli va metrologiya fan sifatida bu bilan shug’ullanmasa-da, amalda o’lchash natijalarini qayta ishlashda matematik qonunlarga murojaat qilinadi. Ideal kattaliklar u yoki bu o’lchash usullari yoraamida aniqlanishi va ma’lum sharoitlarda xattoki xatolik ham bo'lmasligi mumkin, lekin real kattaliklar uchun bu jumla joiz emas. Real kattaliklar, o’z navbatida, fizikaviy va nofizikaviy kattaliklarga bo’linadi. Fizikaviy kattaliklar material obyektlarga, fizikaviy hodisalar va jarayonlarga xos kattalik sifatida aniqlanishi mumkin. Fizikaviy kattaliklar asosan tabiiy va texnikaviy fanlar doirasida o’rganiladi va ular miqdor jihatidan o’lchanadi. Ayrim fizikaviy kattaliklar esa baholanishi ham mumkin. Nofizikaviy kattaliklar esa gumanitar fanlar (falsafa, sosiologiya, ekonomika, psixologiya va boshq.) amaliyotida qo’llanadi. Nofizikaviy kattaliklar ballik tizim, testlar to‘plamini, ekspert baholash, hisoblash koeffitsiyentlaridan foydalanib baholanishi mumkin. Shuning uchun fizikaviy kattaliklar o‘lchanadigan va baholanadigan kattaliklarga bolinadi. Kattaliklar juda ko‘p va turli-tuman, lekin ulaming barchasi ham ikkitagina tavsif bilan tushuntiriladi. Bu - sifat va miqdor tavsiflari. Sifat tavsifi - olingan kattalikning mohivatini, mazmunini ifodalaydigan tavsif hisoblanadi. Gap masofa borasida ketganda muayyan olingan obyektning oichamlarini, uzun-qisqaligini yoki baland-pastligini bildimvchi xususiyatni tushunamiz, ya’ni kocz oldimizga keltiramiz. Buni oddiygina bir tajribadan bilishimiz mumkin. Bir daqiqaga boshqa ishlaringizni yig‘ishtirib, ko‘z oldingizga og'irlik va harorat nomli kattaliklami keltiring... Xo‘sh, ularning sifat tavsiflarini seza oldingizmi. Bir narsaga ahamiyat bering-a, og‘irlik deganda qandaydir bir mavhum, og‘ir yoki yengil obyektni, aksariyat, tarozi toshlarini ko;z oldiga keltirgansiz, harorat to‘g‘risida gap borganda esa, issiq-sovuqlikni bildiruvchi bir narsani gavdalantirgansiz. Aynan mana shular biz sizga tushuntirmoqchi bo‘lgan kattalikning sifat tavsifi bo'lib hisoblanadi. Endi olingan obyektlarda biror bir kattalik to‘g‘risida so'zlaydigan bo’lsak, bu obyektlar o’zida shu kattalikni ko‘p yoki kam “mujassamlashtirganligining” shohidi bo‘lamiz. Bu esa kattalikning miqdor tavsifi bo‘ladi. Download 28.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling