Mavzu: Kechki karam va ertangi pomidor I. Kirish II. Asosiy qism


Download 53.53 Kb.
bet9/10
Sana18.06.2023
Hajmi53.53 Kb.
#1578727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kechki karam va ertangi pomidor

III. Xulosa
Agrosanoat kompleksi samaradorligini oshirish, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlanishini keskin yaxshilash hamda uning uzluksizligiga imkoniyat yaratish hozirgi davrning eng mas‘uliyatli masalasidir. Ayniqsa, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan yil bo’yi ta‘minlab turish uchun xo’jaliklarda qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash ishlariga alohida e‘tibor berish lozim.
Ma‘lumki, qishloq xo’jalik mahsulotlari yilning muayyan mavsumida yetishtiriladi, shu sababli ularni uzoq vaqt saqlash va qayta ishlashni tashkil qilmagan holda aholini yil bo’yi turli mahsulotlar bilan ta‘minlash masalasini hal qilib bo’lmaydi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish ko’paygan sari ularni saqlash va qayta ishlash ham takomillashtirilmoqda, yangi zamonaviy omborxonalar qurilmoqda.
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini yig’ish, tashish, saqlash va qayta ishlashni ilmiy tashkil qilinsa, bu borada fan-texnika yutuqlari hamda ilg’or tajribaga tayanib ish kurilsa, mahsulotning isrof bo’lishi ancha kamayadi. Shu hisobdan aholi 20% va undan ham ko’proq qo’shimcha qishloq xo’jalik mahsulotlari bilan ta‘minlanishi mumkin.
Hozirgi vaqtda mahsulotni uzoq vaqt saqlashga imkon beradigan takomillashtirilgan texnologiyalar ishlab chiqilgan. Bu borada kimyo, fizika, biokimyo, biotexnologiya, biofizika, fiziologiya, o’simlikshunoslik, agrokimyo, mikrobiologiya, mevachilik, qishloq xo’jalik mashinalari, fitopatologiya, entomologiya, o’simliklarni himoya qilish va boshqa bir qator fanlarning yutuqlaridan ijodiy foydalanilmoqda.
O’zbekiston sharoitida hanuzgacha qishloq xo’jalik ekinlarining hosilini yig’ishtirish, tashish, saqlash va qayta ishlash masalalari chuqur o’rganilmayapti, bu boradagi fan-texnika yutuqlari ishlab chiqarishga keng joriy etilmayapti. Mavjud omborxonalar ham mahalliy ob-havo va iqlim sharoitlarini hisobga olmagan holda qurilgan.
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini yig’ish, tashish, saqlash texnologiyasini rivojlantirishda malakali mutaxassislar tayyorlash ham muhim ish hisoblanadi. Shu sababli «Meva va sabzavotlarni saqlash texnologiyasi» fani o’qitiladi. Chunki meva-sabzavot va poliz mahsulotlari qishloq xo’jalik mahsulotlarining talaygina qismini tashkil etadi.



Download 53.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling