Mavzu: Kelishik shakllari. Bosh kelishik Maqsad: a ta’limiy maqsad


Download 28.35 Kb.
Sana02.06.2024
Hajmi28.35 Kb.
#1836722
Bog'liq
dars ishlanma (3)


MAVZU:Kelishik shakllari. Bosh kelishik


Maqsad:
a) ta’limiy maqsad:
O‘quvchilarni o’z ona tilini chuqur o‘rganishda kelishiklar yuzasidan ma`lumot berish.
b) tarbiyaviy maqsad:
o`quvchilarda yuksak ma’naviyatni shakllantirish, milliy an’analarga sodiq qolish ruhida tarbiyalash, g’oyaviy-siyosiy onglarini, vatanparvarlik tuyg‘usini yanada oshirish, o’zaro hamkorlik tushunchasini singdirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad:
o’quvchilarning kelishiklarni o‘z o‘rnida qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirish, og’zaki va yozma nutq malakasini rivojlantirish;


Darsning turi: Yangi bilim beruvchi:
DTS talabi: kelishiklar va ularning turlarini farqlay olish
Darsning jihozi: Prezidentimizning "Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch" asari, rasmlar to‘plami, mavzu uchun maxsus ko‘rsatma, test tarqatmalari, boshqotirma, so‘z o‘yinlaridan keng foydalanish.
Oquv jarayonini amalga oshirish:


Uslub: Aqliy hujum metodi
Shakl: suhbat munozara,yakka tartibda ishlash
Vosita: mavzuga oid ko‘rgazma, rag‘batlantiruvchi kartochkalar.
Nazorat: Og‘zaki nazorat, savol - javoblar.
Baholash: 5 ballik tizim asosida rag‘batlantirish
Kutiladigan natijalar:
Oqituvchi: Barcha o‘quvchilar mavzuni berilgan vaqt ichida o‘zlashtirishga erishish.
O‘quvchilar bilim samaradorligini oshirish, o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish.
Oquvchi: gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari haqida yangi bilimlarni egallaydi, yakka holda va guruh bo‘lib ishlashni, o‘z - o‘zini nazorat qilishni o‘rganadi.


DARSNING BORISHI:


I. Tashkiliy qism. (5 daqiqa)
Salomlashish. Davomat olish.
II. OTGAN MAVZUNI SORASH.
Uyga vazifani sorash va otilgan mavzular yuzasidan takrorlash uchun og’zaki savol-javoblar qilish.
YANGI MAVZU: O'zbek tili xonasi. Kelishiklar. Bosh kelishik


Reja:
1.Yangi mavzu yuzasidan oquvchilar bilan fikr almashish.
2.Matn asosida bahs yuritish.
3.Kelishiklar haqida tushuncha berish.
4. Darsdagi ko`rgazmali qurollardan tog’ri foydalanish.


Darsning borishi.


Maktabimizdagi Ozbek tili xonasini bilasizmi?
O'zbek tili xonasida qanday jihozlar mavjudligini bilasizmi?
Kelishiklar o'zi nima?
Kelishiklarni qanday qo'llash o'rganish.

Maktabimiz binosi to‘rt qavatli. Maktabimizda turli fan
xonalari bor. Mana bu - o‘zbek tili xonasi. O‘zbek tili
xonasi ikkinchi qavatda joylashgan. Xona keng va yorug‘.
Xona devorlariga shoir va yozuvchilarning suratlari ilingan.
Kitob javonlarida o'zbek tili darsliklari va badiiy asarlar
bor. Bu kitoblardan hamma vaqt foydalanish mumkin.
Doska oldiga o'qituvchimizning stoli, xonaga uch qator
parta va stullar qo'yilgan. O'zbek tili xonasi doim o‘quvchilar bilan gavjum. Haftaning chorshanba va juma kunlari bu xonada o'zbek tili
fanidan to'garak mashg'ulotlari o'tkaziladi. Biz hozir „O'zbek
tilini bilasizmi?" tanloviga tayyorlanyapmiz.


1-topshiriq. Berilgan rasmdagi o'zbek tili xonasida qanday jihozlar mavjudligini ayting.
2-topshiriq. Matnni o‘qing. Mavzu yuzasidan suhbatlashing va savollar tuzing.
Savollar
1. Maktabingizda o'zbek tili xonasi bormi?
2. O'zbek tili xonasi nechanchi qavatda joylashgan?
3. Sinfingizda qanday jihozlar bor?
4. Matndan kelishik qo'shimchalari qo'llangan so'zlarni toping







Download 28.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling