Mavzu: Kesarcha kesish


Download 69.34 Kb.
bet3/3
Sana14.12.2022
Hajmi69.34 Kb.
#1005440
1   2   3
Bog'liq
kesarcha kesish

Operatsiyadan oldin tozalovchi huqna qilinadi, tuklar tozalanadi va ayol operatsiyaga tayyor boʻladi. Jarrohlik amaliyotidan avval anesteziya qilinadi, siydik pufagiga katetr qoʻyiladi, qorin terisi antiseptik vositalar bilan qayta ishlanadi.

Kesarcha kesishda anesteziya Hozirgi kunda anesteziyaning 2 turi mavjud: epidural anesteziya va umumiy anesteziya. Epidural anesteziyada ingicha naycha igna orqali umurtqa kanali va orqa miya pardasi oraligʻiga joylashtiriladi. Bu albatta juda qoʻrqinchli eshitilishi mumkin, ammo bemor faqatgina igna teshib kirayotgan vaqtdagi biroz noqulaylikni his etadi xolos. Soʻngra bemorda anestetik vosita yuborilgach tananing pastki qismlarida ogʻriq va taktil sezgini umuman sezmaydi.

Umumiy narkoz – bu anesteziya epidural anesteziya taʼsirini kutib turishga imkon boʻlmagan holatlarda, yaʼni shoshilinch holatlarda oʻtkaziladi. Bunda vena ichiga narkotik preparat yuboriladi, keyin intubatsiya qilinadi va bemor butunlay uyquga ketadi.

Operatsiya Anesteziya oʻtkazilgandan soʻng operatsiya boshlanadi. Avvaliga qorin devori kesiladi. Bunda 2 xil usul mavjud: boʻylamasiga va koʻndalang kesma. Soʻngra mushaklar kesiladi va bachadon devorlari ham ochiladi. Bolani yoʻldosh pufagi yorib tortib olinadi. Yoʻldosh ham koʻchirib olinadi. Jarroh avvalo bachadon devorlarini soʻrilib ketuvchi ilar bilan tikadi (bir necha oy davomida soʻriladi), qavatma qavat qorin devori ichki tomondan tikib chiqiladi.

Choklar ustidan steril bogʻlam qoʻyiladi va muzli xalta joylashtiriladi (bu bachadon devorlari qisqarishi va qon ketishining oldini olish uchun). Odatda operatsiya 20 daqiqadan 40 daqiqagacha davom etadi, bolakay esa 10 daqiqa davomida bachadondan olib boʻlinadi.

Operatsiyadan keyingi davr Bemor kamida 1 sutka davomida reanimatsion yoki intensiv terapiya boʻlimida kuzatuv ostida qoladi. 1 sutkadan soʻng bemor boʻlimdagi palataga koʻchiriladi. Ogʻriqni qoldirish maqsadida ogʻriq qoldiruvchi preparatlar va oshqozon ichak tizimini ragʻbatlantiruvchi vositalar buyuriladi. Infeksiya tushishini profilaktika maqsadida antibiotiklar qoʻllaniladi.

Agar operatsiya asoratlarsiz kechgan boʻlsa, bemor palata oʻtgach 6 soatdan soʻng oʻrnidan turishi mumkin. Ayol avvaliga yonboshlab oʻtiradi va biroz joyida turadi. Bunda bemor zoʻriqmasligi kerak, zoʻriqish choklarga salbiy taʼsir etadi. Turgan vaqtda jarrohlik amaliyotidan soʻng taqiladigan maxsus bandaj taqilishi shart.

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 69.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling