Mavzu: Kesarcha kesish
Bachadon yorilish ehtimoli boʻlsa
Download 69.34 Kb.
|
kesarcha kesish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yoʻldoshning muddatidan avval koʻchishi.
Bachadon yorilish ehtimoli boʻlsa. Bu koʻrsatma bachadon avvalgi operativ amaliyot natijasida chandiqlar qolgan holatda amalga oshiriladi, masalan avvalgi tugʻruq ham kesarcha kesish yoʻli bilan amalga oshirilgan boʻlsa keyingi tugʻruq ham jarroh yoʻli bilan amalga oshishi kerak, aks holda bachadonda qolgan chandiq yirtilishi mumkin.Yoʻldoshning muddatidan avval koʻchishi. Yoʻldoshning tugʻruq jarayoni boshlanishidan avval koʻchishi homilani kislorod va ozuqa moddalari yetishmasligiga sabab boʻladi. Bunday holat ham kesarcha kesishga absolyut koʻrsatma hisoblanadi.Bunday vaziyatda tabiiy yoʻl bilan tugʻish imkoniyati ham bor ammo homila yoki ona uchun xavf tugʻilish ehtimoli boʻladi. Nisbiy koʻrsatmalarga quyidagilar kiradi: Onaning koʻrish oʻtkirligida muammolar boʻlsa (tugʻruq vaqtida kuchanish koʻrish oʻtkirligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi); Buyraklar bilan bogʻliq muammolar; Yurak-qon tomir kasalliklari; Nerv tizimi bilan bogʻli muammolar; Onkologik kasalliklar.Yuqoridagilardan tashqari kesarcha kesishga koʻrsatma gestoz holatidir – qon oqimi va tomirlarda kuzatiladigan muammolar. Homila hayotiga xavf tugʻdiruvchi holatlardan yana biri ona jinsiy yoʻllaridagi infeksiyalardir. Bola tugʻruq vaqtida jinsiy yoʻllar orqali infeksiyalarni yuqtirib olishi mumkin. Shoshilinch koʻrsatma tugʻruqning sust kechuvi yoki butunlay toʻxtab qolishi ham hisoblanadi.Homiladorlikning qaysi muddatida rejali kesarcha kesish amaliyoti oʻtkaziladi? Operatsiya oʻtkazish muddati individual tarzda homilador ayolning umumiy ahvolidan kelib chiqib belgilanadi. Agar hech qanday koʻrsatmalar boʻlmasa, operatsiya kutilayotgan tugʻruq muddati vaqtida oʻtkaziladi. Koʻpincha birinchi toʻlgʻoq boshlanishi bilan amaliyot bajariladi.Odatda rejali kesarcha kesish amaliyoti oʻtkaziladigan homilador ayol shifoxonaga bir necha kun avvalroq yotqiziladi, bundan maqsad ayol bir qator tekshiruvlardan oʻtishi va operatsiyaga tayyorlanishi kerakligidir. Operatsiya vaqti koʻpincha kunning birinchi yarmiga belgilanadi, ayol kamida 18 soat davomida ovqatlanmasligi kerak.Download 69.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling