Mavzu: Keyingi avlod abonent kirish tarmoqlarining fundamental asoslari Reja
Download 0.91 Mb.
|
Keyingi avlod abonent kirish tarmoqlarining fundamental asoslari
Mavzu: Keyingi avlod abonent kirish tarmoqlarining fundamental asoslari Reja Keyingi avlod abonent kirish tarmog’I haqida tushuncha Keyingi avlod Abonent kirish pog'onasi qurilmalari Kirish texnologiyalari sinflari NGN tarmog’ining transport pog’onasi berilgan xizmat ko’rsatish sifati (QoS)ni ta’minlovchi, turli xildagi ma’lumotlarni paket ko’rinishida uzatish uchun to’liq bog’langan infrastruktura yaratishni ta’minlaydi. An’anaviy tarmoqlarda qabul qilingan, abonentlar orasidagi bog’lanish nuqta-nuqta tamoyiliga asosan quriladigan kanal yondashuvi o’rniga, NGNda oxirgi foydalanuvchiga xizmatlarni IP protokoli orqali etkazib berishni amalga oshiruvchi virtual tarmoqlar g’oyasiga o’tish amalga oshiriladi. Transport pog’onasi foydalanuvchining turli xildagi axborotini (tovush, video, ma’lumotlar) tiniq uzatilishiga javob beradi. Bunda manba va belgilangan nuqta orasida axborot almashinuvi ulanish turi (telefon chaqirg’i, Internet tarmog’ida ish seansi, videoni uzatish, bir qancha o’yinchilar ishtirokidagi tarmoqli o’yin yoki film translyasiyasi)ga bog’liq bo’lmagan holda shunday tamoyil bo’yicha amalga oshiriladi. Axborotni uzatishda transport texnologiyasi sifatida vaqt bo’yicha ajratishli (TDM), multipleksorlash, uzatishning asinxron rejimi (ATM) yoki Internet-protokoli (IP) ishlatilishi mumkin. Biroq, paketli kommutatsiyaga xos bo’lgan o’tkazish polasasini ishlatishdagi samaradorlik nuqtai nazaridan, yangi avlod tarmoqlarida, asosan, ATM va IP/MPLS kabi paketli texnologiyalar ishlatiladi. NGN transport tarmog’ini o’zi bir qancha tarmoq uzellarini (TU) birlashtirgan zvenolar (ikki taraflama ma’lumot almashish traktlari) majmui sifatida ifodalanishi mumkin. NGN transport tarmoqlarining topologiyasi ierarxiya darajasiga bog’liq holda ajratiladi. Halqa, to’liq bog’langan, daraxtsimon, yulduzsimon topologiyalar va ularning kombinatsiyalari ishlatilishi mumkin. Halqa topologiyasi - sinxron raqamli ierarxiya (SDH) qurilmasi ishlatilganida mavjud regionlararo, regional va shaxar transport tarmoqlari uchun asosiy tuzilmadir. SDHning asosiy tamoyili tovushli trafikni o’tkazishdagi samaradorlikni oshirish uchun ishlab chiqilgan edi. Bunda NGN tarmog’idagi uch turdagi axborot (tovush, ma’lumot va video) ni uzatish zaruriyatidagi trafik tabiati o’zgarishi inobatga olinmagan. Tabiiyki transport tarmog’ida NGN tarmog’i operatori uchun hech bo’lmaganida bitta tizimni yaratish va ishlatish foydaliroqdir. Barcha turdagi xizmatlarni taqdim etishga asoslangan NGN ning umumiy transport tarmog’iga SDH texnologiyasi maqbul echim hisoblanmaydi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling