Mavzu: Keyingi avlod abonent kirish tarmoqlarining fundamental asoslari Reja


Transport pog’onasi texnologiyalari


Download 0.91 Mb.
bet3/4
Sana30.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1414906
1   2   3   4
Bog'liq
Keyingi avlod abonent kirish tarmoqlarining fundamental asoslari

Transport pog’onasi texnologiyalari
Bugungi kunda amaliyotda paketli texnologiyalarga asoslangan, yagona universal infratuzilmaga ega bo’lgan tarmoqlar bilan bir qatorda an’anaviy telefon xizmatlarini amalga oshiradigan kanallar kommutatsiyali tarmoqlar mavjud va ular yana ancha davrgacha mavjud bo’ladi.
Bunda bir qancha odatiy xizmatlari bilan tavsiflanadigan an’anaviy tarmoqlar bir qator afzalliklarga ega: ular barqaror daromad keltiradi va vaqt bilan tekshirilgan tizim va ishonchli interfeyslar orqali tashkil qilinadi. Shularni inobatga olganda, aloqa operatorlari hali uzoq vaqt mobaynida turli transport texnologiyalari asosida tashkil etilgan parallel ravishda mavjud bo’luvchi tarmoqlar bilan ishlashlariga to’g’ri keladi.
Mavjud transport tarmog’i texnologiyalari. NGN tarmoqlarida bazaviy protokol bo’lib IP hisoblanar ekan, transport tarmog’i ham shu protokol orqali ma’lumotlarni uzatishga moslashgan bo’lishi kerak [1].
Shu sababli NGN tarmog’ini tashkil qilishda quyidagi magistral tarmoq texnologiyalari yig’indisi bo’lish i mumkin.(3.4-rasm):

  • IP/ATM/SDH/optika;

  • IP/ATM /optika;

  • IP/ SDH/optika;  IP/optika.

Bugungi kunda dunyo aloqa operatorlari faoliyatida tarmoq texnologiyalarining rivojlanishi birinchi navbatda, tayanch transport tarmoqlari qurilish texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi bilan tavsiflanmoqda. Aloqa kanallarining o’tkazish polasasini sezilarli darajada oshirishga imkon beruvchi texnologiyalarga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Bular: xWDM, SDH, ATM, DPT, Gigabit ETHERNET.
Biroq yuqori o’tkazish qobiliyati ham NGN aloqa operatorining 100% lik muvafaqqiyatini kafolatlamaydi. Bu erda tarmoqning ma’lum biznes modellarni amalga oshirish imkoniyati, ishonchlilik, samaradorlik va rivojlantirishdagi talablarning qoniqtirilishi birinchi o’ringa chiqadi.


SDH texnologiyasi
Bu texnologiyaning tanlovi asosiy trafik an’anaviy telefon trafigi bo’lib, boshqa trafiklarning tashkil etuvchilari unchalik katta bo’lmaganida (10% gacha, bunda o’tkazish qobiliyatining samaradorligi taxminan 60% gacha bo’ladi) o’zini oqlaydi (3.6-rasm).
O’zbekistonda SDH texnologiyasi telefon operatorlari tomonidan katta muvafaqqiyat bilan ishlatiladi va yangi SDH tarmoqlari qisman, mavjud tarmoqlar bilan yagona boshqaruvni tashkil etish uchun qurilgan.

O’tkazish qobiliyatining samara i ishlatilishi.
SDH texnologiyasining afzalliklari:

  • tarmoqning soddaligi. Sinxron tarmoqlarda bir kirish/chiqishli multipleksor oqimlarni bevosita chiqarishi (kritishi) mumkin masalan, STM-1 (155 Mbit/s) freymidan E1 (2 Mbit/s) signalini. Natijada bitta kirish/chiqishli multipleksor bir necha PDH multipleksorlarining o’rnini bosa oladi, bu nafaqat qurilmalarning iqtisodiy (uning namenklaturadagi narxi bo’yicha) tejamkorligi, balki ularni talab qilingan joyda o’rnatish, ta’minot va xizmati bilan ham bog’liqdir;

  • tarmoqning ishonchliligi va o’zini qayta tiklashi. Birinchidan, tarmoqda optik tolali kabellar qo’llaniladi, amalda axborotlarni uzatishda elektromagnit ta’sirlar mavjud emas; ikkinchidan, tarmoq arxitekturasi va uni moslashgan holda boshqarish himoyalangan ish rejimini qo’llash imkonini beradi. Bunda signallarning tarqalishi ikki alternativ yo’l bilan amalga oshadi: signal uzatiladigan birorta yo’l shikastlanganda bir zumda zaxiraga ulanish, shikastlangan tarmoq tugunini aylanib o’tish. Bu tarmoqni o’z-o’zini qayta tiklash imkonini beradi.

  • moslashuvchan tarmoq boshqaruvi, bu etarli darajadagi juda ko’p keng polasali boshqaruv kanallarining mavjudligi, tarmoq satxi va element menedjmenti bilan bog’liq bo’lgan kompyuterli ierarxik boshqaruv tizimi, shuningdek kanallarning dinamik rekonfiguratsiyasini va tarmoqni funksionallashtirish haqidagi ma’lumotlarni to’plash bilan birgalikda bitta markazdan avtomatik holda masofadan boshqarish imkoni bilan bog’liq

  • talab bo’yicha o’tkazuvchanlik polasasini ajratish. Oldin, amalga oshirilishi mumkin bo’lgan xizmatlar, oldindan rejalashtirilgan ishonchnoma (masalan, bir necha kun oldin) bo’yicha (masalan, videokonferensiyani o’tkazishda talab qilinadigan kanalni chiqarish) amalga oshar edi, hozir esa boshqa (keng polosali) kanalga ulanish orqali sanoqli daqiqalarda amalga oshadi;

  • har qanday trafikni uzatishda shaffoflik, boshqa texnologiyalarda shakllangan, zamonaviy Frame Relay, ISDN, ATM texnologiyalarini biriktirgan holda trafiklarni uzatish uchun virtual konteynerlarni qo’llash bilan bog’liq;

  • qo’llashning universalligi. Texnologiyani, nuqtadan-nuqtagacha minglagan kanallarni 40 Gbit/s tezlikda uzatishni ta’minlovchi, global tarmoqlarni yoki global magistrallarni yaratishda qo’llanish mumkinligi kabi, o’nlagan lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi halqali korporativ tarmoqlar uchun ham qo’llash mumkin;

  • quvvatni oshirishning soddaligi, apparaturani o’rnatish uchun universal ustunning mavjudligi, bir gurux funksional bloklarni olib o’rniga (yuqori tezlikga mo’ljallangan) yangi bloklar guruxini qo’yish, ierarxiyaning keyingi ancha yuqori tezliklariga o’tish imkonini beradi.

SDH texnologiyasining kamchiliklari sifatida sezilarli xarajatlar tufayli ma’lumotlarni uzatishda o’tkazish qobiliyatidan samarali foydalanmaslikni ko’rsatish mumkin.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling