Mavzu: Keyns nazariyasi


Keynscha pul nazariyasining asosiy tavsifnomalari


Download 115.2 Kb.
bet2/4
Sana12.02.2023
Hajmi115.2 Kb.
#1191250
1   2   3   4
Bog'liq
Документ Microsoft Word (3)

Keynscha pul nazariyasining asosiy tavsifnomalari.
Klassik makroiqtisodiy model pulning miqdoriy nazariyasini sezilarli soddalashtirib, uni unchaJik to ‘g‘ri talqin qilmaydi. Shu sababli ushbu bobda eski va yangi keyns modellari ko‘rib chiqiladi va u klassik model bilan taqqoslanadi. Neoklassiklam ing yondashuvi kapitalistik voqelikka zid keldi va bu hoi 1929— 1933-yillardagi «Buyuk depressiya» jarayonida alohida namoyon bo‘ldi. Ahvolni tuzatish ishi J.M . Keynsning zimmasiga tushdi. U «Bandlik, foiz va pulning um um iy nazariyasi» asarida (1936-y.) pullarning aylanishdan chiqib kelishi sabablarini aniqlashga urinadi, chunki, uning fikricha, buning natijasida yalpi to ‘lovga qobiliyatli talab hajmi qisqaradiki, bu ishlab chiqarish rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. J.M . Keynsning fikricha, pullarning chiqib ketishining bosh sabablari «uchta fundam ental psixologik omillar»: iste’molga moyillik, likvidJikni afzal ko‘rish va kapital aktivlardan keladigan bo‘lg‘usi daromad taxm ini bilan bog‘liq. Bu nazariya akademik tadqiqotlar va ta’limda ham, siyosatni ifodalashda ham qo‘llanadigan ustunlik qiluvchi makroiqtisodiy modelga aylandi, biroq bu nazariyaning rivojlanishidagi bosqichlami farqlash lozim:
a) eski keyns modeli bu — keyns nazariyasini Xiks va Xansen tom onidan interpretatsiya qilish bo‘lib, ko‘pincha uni Xiks-Xansen modeli deb atashadi; uning rivojlanishiga, shuningdek, Kleyn, Samuelson va M odilyani ham munosib hissa qo'shishgan;
b) yangi keyns modeli - XX asr 60-yillarining ikkinchi yarmidan boshlab Klauer, Leyonxuvud, Berrou va Grosman tomonidan ishlab chiqilgan. Biroq Keyns yondashuvi um um iy bo‘lib qolaverdi, u o‘z vazifasini to‘liq bandlikda muvozanat umumiy holat emasligini ko‘rsatishda deb bildi. U m um iy holat bu - ishsizlik mavjudligidagi muvozanat, to‘liq bandlik — o ‘ziga xos holat. ToMiq bandlik holatiga erishish uchun davlat maxsus siyosat yuritishi lozim, chunki avtomatik amal qiluvchi bozor kuchlari unga erishishni kafolatlamaydi. 48 Keyns modeli makroiqtisodiy agregatlar yordam ida ifodalanadi. Bunda agregatsiyalashning ikki turidan foydalaniladi:
1) model xususiy sektordagi firm alar va individlarning xulq-atvori va davlat sektorining xulq-atvorini aks ettiradi (keyns modeli xorijiy sektorni ham qamrab oladi, biroq bunga hali qaytiladi);
2) modclda ma’lum bir tovar turlari va o‘zgaruvchilar tarkibiy qismlarga birlashadi, shuning uchun iste’mol tovariga belgilangan umumiy talab (aytaylik Xt) emas, balki barcha iste’mol tovarlariga umumiy talab tahlil qilinadi.
Eski keyns modelida investitsion tovarlar iste’mol tovarlaridan prinsipial farq qilmaydigan tovarlar bozori mavjudligi ko'zda tutilgan. Model barcha turdagi bozorlarni bitta bozorga birlashtiradi. Bundan tashqari, alohida pul bozori va obligatsiyalar bozori ham mavjud. Obligatsiyalar bozori barcha turdagi obligatsiyalar va pulsiz moliyaviy aktivlarni birlashtirishni ifodalaydi. Va nihoyat, modeldagi to'rtinchi bozor bu — ishchi kuchi bozori. Modelda bu bozorlarning har biri faoliyati va ular o‘rtasidagi aloqalari belgilab berilgan. Ishchi kuchi bozorini tahlil qilar ekan, Keyns shunday xulosaga keldiki, garchi real ish haqi - wistalgan yo‘nalishda o'zgarishi m um kin bo‘lsada, biroq/»«/// ish haqi (yoki ish haqi stavkasi) belgilangan darajadan pasayishi mumkin emas (bu eng kam ish haqi to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa institutsional omillar bilan, shuningdek, kishilarning kamroq ish haqi uchun ishlamaslik istagi bilan belgilanadi) va shu sababli ish haqi moslashuvchan hisoblanmaydi va bozorni muvozanatga keltira olmaydi. Moliyaviy (pul) bozori. K eynsning moliyaviy bozor nazariyasi, boshqa klassik oqimlar kabi asosiy e ’tiborni pul talabi va taklifiga qaratadi. Klassik model yoki miqdoriy nazariya shu bilan ifodalanadiki, pulga umumiy talab bu — pul daromadi darajasi funksiyasi ( Kreal darom adning P umumiy narx darajasiga ko‘paytm asi). Taxminlarga ko‘ra, bu aloqa proporsional xarakterga ega bo‘ladi — kutilayotgan pul qoldiqlari K pul daromadi ulushiga teng b o ‘ladi:
M V — Y P ,M = Y P /V r K = I/V f M = K YP.
Bu modelda pul taklifi ekzogen qayd etilgan kattalik sifatida ko‘rib chiqiladi. Bozor - pulga bo‘lgan talab uning taklifiga teng b»j‘lgan holatda muvozanatda bo‘ladi. Grafikda P Y daromad emas, P narx aks ettirilganligi sababli 0M d og‘ish Y darajasiga bog‘liq boMadi. yqanchalik yuqori b o ‘lsa, istalgan narx darajasida nominal pul qoldiqlariga talab shunchalik katta boMadi. 4 - P ul nazariyasi 49 Bozor narx darajasi Pc nuqtaga yetganda muvozanatda bo‘ladi. Klassik model /qayd qilingan kattalikda to'iiq bandlik darajasida muvozanatga avtomatik tendensiyani ko‘zda tutadi, shuning uchun tahlil davomida bitta 0Md egri chizig'i bilan kifoyalanish mumkin .Moliya bozorining Keyns modeli biroz boshqacha xarakterga ega, uning o‘ziga xos xususiyati pulga bo‘lgan talab talqini bilan bog‘liq. Alohida olinggan shaxslarning kassa qoldiqlari ikki qism ga bo‘linadi: birinchidan, berilgan pul daromadi darajasini qo‘llab-quvvatlash bilan bogliq bitimlarni amalga oshirish uchun saqlanuvchi transaksiya qoldiqlari mavjud; ikkinchidan, xo‘jalik subyektlari aktivlar sifatida saqlaydigan spekulativ qoldiqlar mavjud. Transaksion qoldiqlarga talab pul daromadi darajasiga bog‘liq bo‘- ladi(pulning miqdoriy nazariyasi singari). Spekulativ qoldiqlarga talab esa obligatsiyalar bo‘yicha foiz stavkasiga bog‘liq bo‘ladi — foiz me’yori qanchalik baland bo‘lsa, spekulativ qoldiqqa talab shunchalik past bo‘ladi.


Download 115.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling