Mavzu «keys-stadi texnologiyasi»


«Globallashuv jarayonlarida dunyo xalqlarini klassifikatsiyalash tendentsiyasiga munosabatlar muammolari» mavzusini tahlil strategiyasining tanlanishi» (lavha)


Download 172 Kb.
bet3/5
Sana07.02.2023
Hajmi172 Kb.
#1175201
1   2   3   4   5
Bog'liq
3. Amaliy Keys-stadi texnologiyasi

«Globallashuv jarayonlarida dunyo xalqlarini klassifikatsiyalash tendentsiyasiga munosabatlar muammolari» mavzusini tahlil strategiyasining tanlanishi» (lavha)
II. TALABAGA USLUBIY KO’RSATMALAR
2.1. Muammo
Globallashuv jarayonida dunyo xalqlarini klassifikatsiyalash tendentsiyasining strategiyasi tanlanishi.


2.2. Vazifalar
1. Klassifikatsiyalash qoidalari va o‘rganish va tahlil etish.
2. Globallashuv jarayonlarining klassifikatsiyalashga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarini aniqlash.
3. An’anaviy omillar bilan zamonaviy faktlar o‘rtasidagi farqlarni tahlil qilish.
4. Tahlil strategiyasini tanlash va uni asoslash (algoritm shaklida).


2.3. Echish algoritmi

  1. Klassifikatsiyalashning yangi yo‘nalishini yaratish

A) eski tendentsiyani chuqur o‘rganish
b) Yangisini ilmiy asoslash


Axborot manbalari

  • Statistik materiallar, hisobotlar;

  • Vaziyat ob’ekti faoliyati haqidagi ma’lumotnomalar, axborotlar va boshqa ma’lumotlar;

  • Internet;

  • Ommaviy axborot vositalari;

  • M.Jabborovning “Jahon etnologiyasi”, A.Ashirovning “Etnologiya asoslari”, John d. Brewer. Ethnography. Open University Press Buckingham · Philadelphia. 2000 asari

KEYS OB’EKTINING TARIXIY BAYONI
Har bir fan tarmog’i mazkur fanning asosiy tadqiqot predmeti to’g’risidagi ma’lumotlarni yig’ish va ularni tizimlashtirish hamda klassifikatsiyalashdan boshlanadi. Lekin klassifikatsiyalash barcha uchun umumiy va turli maqsadlarni o’zida qamrab olgan bo’lmog’i hamda o’z tabiatiga klassifikatsiya qilinayotgan ob’ektining tuzilishini to’liq aks ettirgan holda mavjud printsiplar va dasturlarga mos kelmog’i zarur. Odatda klassifikatsiyalash natijasida qator yangi qonunlari va qonuniyatlar, nazariyalar va kontseptsiyalari yaratiladi. Bu ma’noda etnologiya fani ham mazkur mulohazalardan mustasno emas.
Dunyo xalqlarini ma’lum bir tarzda etnik tasniflashni talab qilganligi bois yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, dunyo xalqlarining geografik joylashuviga, antropologik tuzilishiga, til guruhiga hamda xo’jalik an’analariga ko’ra tasniflanadi
Geografik klassifikatsiya xalqlarning bevosita yashayotgan mintaqalari bilan bog‘liq tarzda yaratiladi. Geografik tasniflash natijasida turli xalqlar yashagan shartli geografik regionlar nomi paydo bo‘ladi. Xuddi shunday tarzda «O‘rta Osiyo xalqlari», «SHarqiy evropa xalqlari» kabi nomlar paydo bo‘lgan. Bunday tarzda xalqlarni geografik umumlashtirib tasniflash faqatgina geografik tasniflash uslublari, etnik printsiplar bilan ma’lum ma’noda mos kelgan taqdirdagina bajariladi. Xalqlarni bu tarzda tasniflash printsiplari garchi fanda keng qo‘llanilishiga qaramay, xalqlarning kelib chiqishi, ularning shakllanishi, xo‘jalik yuritish an’analari, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti muammolariga javob bermaydi. Biroq xalqlarni turli xududlar bo‘yicha umumlashtirish va etnoslarni turli hududlar bo‘yicha taqsimlagan holda tasniflash imkonini beradi. SHu bois bunday tasniflash yordamchi xususiyat kasb etadi va xalqlarni guruhlashtirishdagi boshqa me’yorlar bilan mos kelgandagina, ya’ni boshqacha tarzda aytganda katta-katta mintaqalar misolidagina qo‘llaniladi. Xalqlarni klassifikatsiyalash ichki viloyatlardan voz kechishni talab qiladi.
Insoniyat biologik tuzilish jihatdan umumiylikka ega va yer sharidagi barcha insonlar bir biologik turga mansubdir. Lekin dunyoning mavjud etnik manzarasi turli mintaqalarda yashayotgan insonlar tana tuzilishi, ranggi, soch turi, yuz-qiyofasiga ko‘ra rang-barang, ya’niki antropologik tuzilishiga ko‘ra turli-tuman ko‘rinishga ega. Insonlar orasidagi o‘zaro farqli xususiyatlar irqiy tasniflash orqali tahlil qilinadi. Irqiy tasniflashda insonning sochi shakli, uchlamchi soch qoplami, teri tuzilishi, sochning rangi, ko‘z rangi, bo‘yi, tananing proportsiyasi, tananing bosh qismining tuzilish shakliga ko‘ra farqlanadi aynan lingvistik tasniflash orqali ma’lum bir xalqlarning etnik yaqinligi, u yoki bu madaniyatning umumiy asosga ega ekanligi borasida birmuncha aniq tasavvurlar beradi.
Dunyo xalqlari til birligiga ko‘ra, boyligi va murakkabligiga ko‘ra farqlanib turadi. Tadqiqotchi olimlar tomonidan yer sharida turli etnik guruhlar va jamoalar so‘zlashuvchi 6 mingdan ortiq tillar mavjudligi aniqlangan.1 Sayyoramizdagi ayrim davlatlardagina (ko‘plab evropa mamlakatlarida) bitta tilda gaplashishsa, ayrim mamlakatlarda (Nigeriya va Rossiyada) 100 dan ortiq tillarda so‘zlashishadi. Hozirda ayrim tillar kelib chiqqan xududidan tashqaridagi keng hududlar bo‘ylab yoyilgan. Bu borada misol uchun arab tilini olib ko‘radigan bo‘lsak, arab tili paydo bo‘lgan vaqtda (VII asrdan oldin) undan faqat Arab yarim orolining janubidagina yashovchi qabilalar foydalangan bo‘lsa, hozir bu tilda SHimoliy Afrika va Janubiy SHarqiy Osiyoda joylashgan juda ko‘p xalqlar so‘zlashadilar. YOki ingliz tilini olsak, dastlab unda Britaniya orolining aholisi so‘zlashgan bo‘lsa, hozir evropa va SHimoliy Amerika aholisining beshdan bir qismi, Avstraliya va YAngi Zelandiya xalqlari asosan shu tilda so‘zlashadilar. Asl vatani Pireniy yarim oroli bo‘lgan ispan tili keyinchalik butun Lotin Amerikasiga tarqalgan.
Xalqlarni tilga qarab tasniflash mezonlari asosan ikki kriteriya-til va etnik mansublik printsiplariga asoslanadi. Umuman olganda til insoniyat madaniyatining asosini tashkil etadi. CHunki til aynan insonga xos maxsus ramzlar orqali ma’lumot uzatiladi. Tilning taraqqiyoti madaniyat taraqqiyoti bilan parallel tarzda rivojlanib borgan va yakunida inson shakllangan.

Download 172 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling