Mavzu: Keys-study texnologiyalari va ulardan foydalanish. Bajardi: A. Ochilov


Download 337.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana14.02.2023
Hajmi337.58 Kb.
#1196558
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi 1

II. Bob. Keys-stadi metodi 
2.1. Keys-metodini amalga oshirish bosqichlari 
Ushbu metod dastlab 1920 yilda Garvard biznes maktabida qoʻllanilgan.
Garvard biznes maktabining oʻqituvchilari biznes yoʻnalishidagi aspirantura boʻlimi 
uchun toʻgʻri keladigan darsliklarning mavjud emasligini tez anglaydilar. Ushbu
masalani yechish uchun biznes maktabining oʻqituvchilari tomonidan qoʻyilgan 
dastlabki qadam yetakchi biznes amaliyotchilaridan intervyu olish hamda mana shu 
menedjerlarning faoliyati, unga ta’sir etuvchi omillar yuzasidan batafsil xisobot 
yozish boʻldi. Ma’ruza tinglovchilarga u yoki bu tashkilot toʻqnash kelgan konkret 
vaziyat, ushbu vaziyatni tahlil etish va mustaqil ravishda yoki jamoa boʻlib 
munozara tashkil etish asosida uning yechimi topish tarzida taqdim etilar edi. 
Keyinchalik keys metodi biznes yoʻnalishidagi ta’lim muassasalarida keng targʻib
etilgan. Hozirgi kunda esa, kasbiy kompetentlikni rivojlantirish nuqtai nazaridan
mazkur metod tarafdorlari koʻpayib bormoqda. XX asrning 50 yillaridan boshlab
biznes-keyslar Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida ommalashdi. Yevropaning 
yetakchi biznes maktablari keys-stadi metodi asosida dars beribgina qolmay,
keyslarni yaratishda ham faol ishtirok eta boshlaydilar. 
Keys-stadi texnologiyasi ta’limda interfaol uslub bo‘lib talabalarda darsga 
bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi, nazariy materiallarni amaliy tadbiq qilishni 
ko‘zlaydi, ta’lim jarayoniga nisbatan ijodiy motivlarni shakllantiradi. Shu bilan 
birgalikda bu uslub o‘qituvchi siymosini yangicha talqin qiladi, uni ijodiy 
izlanishga, fikrlashga yangilik yaratishga undaydi.
7
Har bir o‘quv jarayonida qo‘laniladigan keys quyidagi talablarga javob berishi 
zarur. 
- ijro qilishda maqsadning aniqligi; 
- vaziyatning yechimlari mantiqiy o‘ziga xos murakkab bo‘lishi; 
- vaziyatda hayotning bir qancha qirralarini tasvirlash; 
- bugungi kunga nisbatan dolzarb bo‘lishi; 
7
Avezov A.X., Amrullayeva A.N., Namozova M.M. "Aqliy hujum" va "Keys study" metodlari yordamida "funksiya 
hosilasi" mavzusini o 'qitish // Scientific Progress. - 2021. - Т. 2. - №. 6. - С. 1689-1697. 


- tipik vaziyatlarni tasvirlash; 
- analitik (analiz-sintez...) hayolni rivojlantirish; 
- munozarani tashkil qilish; 
- bir qancha yechimlarning mavjudligi; 
Ta’limda keys-stadi texnologiyasi mohiyati: mutaxassis o‘z tajribasidan kelib 
chiqib o‘z varianlarini yaratishida, o‘zida mavjud bo‘lgan bilimlarni, amaliy, ijodiy, 
munozarali faoliyatga aylantira olishida ifodalaniladi. 
Keys-stadi texnologiyasining o‘ziga xos texnologik xususiyatlari mavjud 
bo‘lib ular orqali texnologiya boshqa uslublardan farq qiladi. 
Keys-stadi texnologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
1. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning mavjudligi moduli, ularda aks etgan holat 
ma’lum bir vaqt jarayonida ifodalanishi; 
2. Jamoa asosida qarorlarni ishlab chiqishi; 
3. Muammo yechimida ko‘p o‘xshashliklar bo‘lib, aniq qa’tiy yechimini 
mavjud emasligi; 
4. Bilim faoliyatini baholashda guruh tizimida yondashishni mavjudligi; 
5. Ta’lim oluvchilarning emotsional holatlarini e’tiborga olinishi; 
Keys-stadi texnologiyasi quyidagi vazifalarni o‘zida jamlaydi. 
1. Uslub izlanuvchanlik, analitik tehnologiyalarga ega bo‘lib, jaroyon ichida 
izlanuvchanlik va analitik (o‘xshashlik) operatsiyalar yo‘nalishini boshqaradi. 
2. Keys –stadi ta’limda jamoa texnologiyasi sifatida qo‘llanilib, asosiy vazifasi 
guruhda axborotlarning almashuvini amalga oshiradi. 
3. Keys-stadi texnologiyasining mazmuni guruhni o‘zora birlashtirish, 
bilimlarni ijodiy fikrlash orqali yuzaga chiqarish kabi vazifalarni amalga oshirishda 
namoyon bo‘ladi. 
4. Keys-stadi texnologiyasi o‘zida rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasini 
birlashtirib, yakka tartibda, guruh va jamoa rivojlanishlarini inobatga olib ta’lim 
oluvchilarni ilmiy –ijodiy, shahsiy-axloqiy sifatlarni shakllantiradi. 
5. Keys-stadi uslubini qo‘llashda uni loyhalashtirish muhimdir, har qanday 
texnologiyani dars jarayonida qo‘llashdan oldin, uning texnologik xaritasi tuziladi. 


Oldindan rejalashtirilgan texnologik xaritada faoliyat maqsadlari, bosqichlari 
ko‘rsatiladi. Loyhalashtirish jarayoni texnologiyani qo‘llashda muhim bosqichdir, 
negaki oldindan rejalashtirilmagan jarayon o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarni to‘liq 
ifodalay olmaydi. Aynan bugungi kunda ta’lim jarayonini oldindan loyhalashtirish 
mavzusi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Loyhalashtirish orqali biz jarayoni 
oldindan bashorat qilish ko‘nikmasini o‘zimizda shakllantiramiz. 
6. Keys –stadi texnologiyasi o‘zida oldindan samarali faoliyatga erish yo‘llarini 
rejalashtiradi, ma’lum bir yutuqlarga ega bo‘lish jarayonini oldindan faraz qiladi. Bu 
jarayonda talabalar faoliyatini faollashtirish, ularni rag‘batlantirish ham nazarda 
tutiladi. 
Keys-stadi texnologiyasi asosiy vazifasi talabalarni analitik faoliyat bilan 
yechib bo‘lmaydigan muammolarni tizimlashgan murakkab uslub bilan yechishga 
o‘rgatishdir. Keys-stadi talabalarning analitik va kommunikativ imkoniyatlarini 
faollashtiradi va rivojlantiradi. 
Keys – bu yaxlit axborotlar majmui. Qoidaga koʻra, keys uch qismdan
iborat
boʻladi:
1) keysni tahlil etish uchun zarur yordamchi axborotlar;
2) aniq vaziyat bayoni;
3) keys topshirigʻi.
Bosma holatdagi keys (uni yanada koʻrgazmali boʻlishini
ta’minlaydigan grafik, jadval, diagramma, illyustratsiyalarni ham oʻz
ichiga oladi).
Multimedia-keys (soʻnggi vaqtlarda keng qoʻllashni talab
etayotgan. Video keys (film, audio va video materiallardan iborat boʻlishi
mumkin).
Keys stadi ishlab chiqishning ikki klassik maktabi Garvard (Amerika)
Manchester (Yevropada) Aniq vaziyatning yechimini topishni oʻrganish yoʻli
Yagona toʻgʻri Koʻp variantli yechimlar oʻnlab sahifali matnni va koʻplab 
chizmalarni ʻz ichiga oladi Hajmi birmuncha kamroq


Keys-stadi metodida qoʻllaniladigan tahlil (analiz) turlari Keys - stadi metodi 
quyidagilarni koʻzda tutadi:
- keys topshirigʻini yozma koʻrinishda tayyorlashni;
- oʻquvchi(talaba)larning keys topshirigʻini mustaqil oʻrganishlari va
muhokama
etishni;
- Oʻqituvchi rahbarligida auditoriyada hamkorlikda keys-topshirigʻini
muhokama
etishni;
- “muhokama yechimdan ham muhim” tamoyiliga rioya etishni.
«Ta’limning buyuk maqsadi bilim berish emas, balki hatti-harakatlarga
o’rgatishdir» 
Keys-stadi metodi bo’yicha o’rganilayotgan har bir muammo yoki mavzu 
yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar rejasi, ularni bajarish tafsiloti, natijalar va 
xulosalar yig’indisi alohida keysni tashkil qiladi. Bu metod ta’lim jarayonida hayotiy 
vaziyatlardan foydalanishga qaratilgan. Bu esa, hozirgi kunlarda ta’lim sohasidagi 
dolzarb bo’lgan muammolardan hisoblanadi. Ushbu muammoni hal qilish imkonini 
berishi bu metodning alohida ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatib turibdi. 
Shu sababli G’arb mamlakatlaridagi ta’lim muassasalarida keys-stadi 
metodidan, ya’ni keyslardan foydalanish o’quv rejasining 25 % ini tashkil qiladi. 
Shu munosabat bilan ta’lim muassasalarida hayotiy vaziyatdan foydalanishning 
ahamiyati haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz.
8
Ta’lim jarayonida hayotiy vaziyatdan foydalanishning dolzarbligi: 
Keys-stadi ta’lim metodini turli holatlarni o’rganishda qo’llash – hayotdan 
olingan odatdagi vaziyatlarni o’rganishni tashkil etish yoki sun’iy yaratilgan 
vaziyatlarga asoslangan holda ta’lim oluvchilardan tegishli muammolarning 
8
Авезов А.Х. On The Ahhlication of the Finite Element Metod in Dynamic and Static Problems of the Mechanics 
of A Deformable Body // International Journal WWJMRD, 5:6, (2019); p.10-14. 


maqsadga muvofiq yechimlarini izlashni talab qilishga qaratilgan ta’lim jarayonidan 
iborat. 
Bu metod ta’lim oluvchilarga mavzuga tegishli hayotiy vaziyatni tashxis qilish, 
farazlarni ifodalash, muammolarni aniqlash, qo’shimcha axborotlarni yig’ish, 
farazlarga aniqlik kiritish va muammolarni echish hamda ularni bajarishning aniq 
bosqichlarini loyihalash bo’yicha amaliy faoliyatlarini modellashtirish imkonini 
beradi. 
Muayyan hayotiy vaziyatlarga bag’ishlangan keyslardan foydalanish ta’lim 
jarayonini haqiqiy hayot bilan bog’laydi. Keysni ko’rib chiqishda ta’lim oluvchilar 
ta’lim olish jarayonini yaratadilar. Shu jarayondagi o’zaro harakatda ularning 
haqiqiy fikr almashish holatlari kelib chiqadi. Keys ta’lim oluvchilarga tahlil qilish, 
qiyoslash yo’llarini qidirish va muammoni echish erkinligini beradi. 
Keys-stadi ta’lim metodiga doir ayrim asosiy tushunchalar ta’rifi: 
“Keys” va “keys-stadi” tushunchalarining ma’no-mazmuni ko’p qirrali bo’lib, 
shunga ko’ra quyida ularning asosiy xususiyatlarini to’liqroq aks ettirish maqsadida 
ko’p variantli ta’riflari berildi. 
Keys – 
1) ta’lim oluvchilarning ma’lum maqsadlardagi hayotiy vazifalarni bajarishlari 
bo’yicha vaziyatning bayoni, uni tushunish va baholashga imkon beradigan hamda 
muammoni ifodalash uchun, uning maqsadga muvofiq yechimini izlashlari uchun 
kerak materiallar to’plami; 
2) belgilangan mavzu yoki muammo va uning yechimiga doir qo’shimcha 
axborotlar, audio, video, elektron tashuvchilar, o’quv-uslubiy materiallar yig’indisi; 
3) muammoni hal qilish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar, ularning natijalari 
na xulosalar. 
Keys-stadi – 
1) ta’lim oluvchilarni o’rganilayotgan muammoni ifodalash hamda uning 
maqsadga muvofiq yechimi variantlarini izlashga yo’naltiradigan aniq real yoki 
sun’iy ravishda yaratilgan vaziyatning muammoli-vaziyatli tahlil etilishiga 
asoslanadigan ta’lim metodidir. 


2) ta’lim, axborot-kommunikatsiya, boshqaruv na boshqa sohalarni o’rgatishda 
qo’yilgan ta’lim maqsadini amalga oshirish va keysda bayon qilingan amaliy 
muammoli vaziyatni hal qilish jarayonida oldindan belgilangan (bashorat 
qilinadigan) o’quv natijalariga kafolatli erishishni vositali tarzda ta’minlaydigan, bir 
tartibga keltirilgan optimal usullar va vositalar majmuidan iborat bo’lgan ta’lim 
texnologiyasidir. 
Vaziyat (lotincha situation – ahvol) – muayyan vaziyat, ahvolni hosil qiladigan 
shart-sharoitlar va holatlar yig’indisi. Keysda bayon qilingan vaziyat institusional 
tizimda (shu o’rinda va keyinchalik – korxonada) diskret (ayni shu) vaqtda tashkiliy 
hayotdagi tipik muammolarni qayta yaratadigan real yoki sun’iy qurilgan 
hodisalarning ideal tarzdagi in’ikosidan iboratdir. 
Muammoli vaziyat – mazkur holda vaziyat sub’ektining hozirgi vaqtda yoki 
kelgusidagi maqsadlarga erishishiga xavf soladigan vaziyat tushuniladi. 
Keys-stadi metodi tarixi. Keys-stadi amaliy vaziyatlarni tahlil etish va hal qilish 
asosida o’qitish metodi sifatida xorijiy ta’limda dastlab huquq sohasida qo’llanila 
boshladi: u ilk marta Garvard universitetining huquq maktabida 1870 yilda 
qo’llanilgan edi. 1920 yilda Garvard biznes-maktabi (GBM) o’qituvchilari 
yuristlarning o’qitish tajribasiga tayanib, iqtisodiy amaliyotdagi aniq vaziyatlarni 
tahlil etish va muhokama qilishni ta’limning asosiy usuli etib tanlashganidan keyin 
mazkur o’qitish uslubi keng tatbiq etila boshladi. 
Ana shu vaqtdan boshlab GBM keyslarning boy to’plamini yig’di va mazkur 
metodni ta’limning mustaqil konstepstiyasi darajasigacha olib chiqdi. Ayni shu 
sababga ko’ra keys-stadi metodini ko’pincha Garvard metodi deb ham ataladi. O’z 
mohiyatiga ko’ra, Garvard metodi ta’lim oluvchilarning amaliy vaziyatlarni 
videomateriallar, kompyuter va dasturiy ta’minotdan foydalanib hal qilish bo’yicha 
intensiv treningidan iboratdir.
9
Keys-stadining ikki klassik maktabi – Garvard (Amerikada) va Manchester 
(Yevropada) maktablari mavjud. Garvard maktabi doirasida mazkur metod yagona 
9
Курбонов Г.Г. Интерактивные методы обучения аналитической геометрии: метод case stady. Наука, 
техника и образования. 2020. №8(72). стр 44-47. 


to’g’ri yechimni izlashni o’rgatish metodi hisoblanib, ikkinchi maktab (Manchester) 
keysda bayon qilingan muammoli vaziyat yechimining ko’p variantliligini taklif 
qiladi. Amerika keyslari o’nlab sahifali matnni va ko’plab chizmalarni o’z ichiga 
oladi. Yevropa keyslari xajmi birmuncha kamroq. 
Chet ellardagi biznes-maktablarda odatiy vaziyatlarni o’rganishga o’quv 
vaqtining o’rtacha 25% dan 90% gacha bo’lgan qismi ajratiladi. Masalan, Chikago 
universiteti biznes-maktabida o’quv vaqtining 25%i keyslar ulushiga, Kolumbiya 
universitetida – 30%, Uortonda esa – 40% iga to’g’ri keladi. Mashg’ulotlarni ushbu 
metod bo’yicha o’tkazishga ajratiladigan soatlar soni bo’yicha uning “ilk 
ixtirochisi” – Garvard yetakchilik qiladi. Oddiy tinglovchi GBMda o’qish vaqtida 
700 tagacha keyslarni ko’rib chiqadi va buning uchun o’quv vaqtining 90% gacha 
qismini sarflaydi.
10
Bunda shunday aniqlik kiritish kerak: moliyaviy fanlarga ixtisoslashgan 
maktablarda keyslar salmog’i asosiy fanlar – menejment, marketing, axborot 
texnologiyalari, xodimlarni boshqarish va shu kabilardan iborat maktablardagiga 
nisbatan ancha kamdir. 

Download 337.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling