Mavzu: Keys-study texnologiyalari va ulardan foydalanish. Bajardi: A. Ochilov


Download 337.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana14.02.2023
Hajmi337.58 Kb.
#1196558
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi 1

 
 
10
Rashidov A.Sh. Development of creative and working with information competences of students in mathematics. 
European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8:7 (2020), Part II, pp. 10-15. 
http://charko.narod.ru/ 


Bosqichning maqsadi
1. Aniq vaziyat bilan tanishuv.Muammoli vaziyatni tushunish.
2. Izlanishga doir: topshiriq materiallarida ifoda etilgan axborotni baholash.
Yechim uchun zarur axborotni topishga oʻrgatish.
3. Muhokama etish: muqobil yechimlarning imkoniyatlarini muhokama qilish.
Alternativ fikrlashni rivojlantirish.
4. Qaror qabul qilish: guruhlarda yechimni izlab topish. Yechim variantlarini 
taqqoslash va baholash.
5. Munozara: har bir guruh oʻz yechimini himoya qiladi. Yechimni dalillar 
bilan asoslash.
6. Natijalarni taqqoslash: guruhlarda qabul qilingan yechimlarni taqqoslash.
Alohida yechimlarda aks etgan qiziqishlarning oʻzaro aloqadorligini baholash. 
Keys- topshirigʻini bajarish jarayonida qoʻllaniladigan strategiyalar 
Ma’lumotlarni tahlil etish (ishbop korrespondensiya) Oʻyin tarzida loyihalash 
Munozara SWOT tahlil Vaziyatli-rolli oʻyin Insident (axborotni qidirish)
1 Keys bilan tanishuv (individual) 
2 Asosiy muammoni (oʻquv muammosini) ajratib olish va oʻrganish
individual va kichik guruhlarda)
3 Gʻoyalar yigʻish va muammoning yechimini izlash (kichik guruhlarda) 
4 Keys yechimi uchun taklif etilgan gʻoyalarni taqdimoti, tahlil va
baholash (oʻqituvchi va kichik guruhlar)
5 Keys yechimi va tavsiyalar (oʻqituvchi, kichik guruhlar va individual) 
Keys-stadining oʻziga xosliklari.
1. Izlanishga doir faoliyatning mavjud boʻlishi.
2. Jamoaviy va guruhlarda oʻqitish.
3. Individul, guruhli va jamoaviy ish shakllari integratsiyasi.
4. Xilma-xil oʻquv loyihalarini ishlab chiqish.
5. Muvaffaqiyatga erishish uchun oʻquvchi(talaba)larning oʻquv-bilish
faoliyatini


ragʻbatlantirish.
Keys-metodini amalga oshiruvchi oʻqituvchi faoliyatining bosqichlari:
1) tayyorgarlik bosqichi;
2) asosiy bosqich: keys-stadi metodini amalga oshirish;
3) tahliliy, baholovchi bosqich.
Keys bilan ishlash jarayonida oʻqituvchining harakat strategiyasi mavjud:
1. Oʻqituvchi muammoni yechimini topishga yordam beruvchi kalit
vazifasini
bajaruvchi qoʻshimcha savollarni yoki ma’lumotlarni taqdim etishi mumkin;
2. Ayrim vaziyatda oʻqituvchining oʻzi javobni aniqlashtirishi mumkin;
3. Muammo ustida oʻquvchi(talaba)lar ishlayotgan vaqtida oʻqituvchi hech
qanday
yordam bermasligi mumkin.
Oʻquvchi(talaba)lar tomonidan keysni yechish bosqichlari:
Jahon tajribasi koʻrsatishicha, agar oʻquvchi(talaba)larning keysni hal etish
texnologiyasi ikki bosqichdan iborat boʻlsa, ta’limiy maqsadlarga
erishishda yanada
koʻproq samaraga erishish mumkin:
Birinchi bosqich – keysni hal etish boʻyicha individual (auditoriyadan tashqari) 
ish.
Ikkinchi bosqich – keys bilan birgalikda jamoa boʻlib (auditoriyada) ishlash.
Birinchi bosqich – keysni hal etish boʻyicha individual ish.
Oʻquvchi(talaba) mustaqil ravishda:
1) keys materiallari bilan tanishadi;
2) taqdim etilgan vaziyatni oʻrganadi, izohlaydi va asoslaydi;
) muammo va muammo osti muammolarni ajratadi, vaziyatni tadqiq va tahlil 
qilish
usullarini tanlaydi;
4) berilgan amaliy vaziyatni tahlil qiladi; ajratilgan muammoni hal etish
usullari va


vositalarini belgilaydi va asoslaydi;
5) taklif etiladigan qarorni amalga oshirish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqadi.
Ikkinchi bosqich – keys boʻyicha jamoa boʻlib ishlash
Oʻquvchi(talaba)lar kichik guruhlarga boʻlinib, birgalikda keys ustida
ishlashadi:
1) guruh a’zolarining vaziyat, asosiy muammolar va ularni hal etish yoʻllari 
haqidagi
turli tasavvurlarini muvofiqlashtirishadi;
2) yechimning taklif etilgan variantlarini muhokama qiladilar va
baholaydilar,
qoʻyilgan muammo nuqtai nazaridan ushbu vaziyat uchun eng maqbul
variantni
tanlashadi;
3) muammoli vaziyat yechimiga olib keladigan tanlangan harakatlar yoʻlini
amalga
oshirishning aniq qadamba-qadam dasturini batafsil ishlab chiqadilar;
4) 
taqdimotga 
tayyorlanadilar 
va 
namoyish 
etiladigan 
materialni 
rasmiylashtirishadi.
Keysni yechish natijalarini kichik guruhlar tomonidan taqdimotini oʻtkazish:
1) real vaziyat yechimiga doir oʻz variantlarini taqdim etadilar;
2) tanlangan harakatlar yoʻlini izohlaydilar va yechimning toʻgʻriligini 
asoslaydilar;
3) boshqa guruh a’zolarining savollariga javob beradilar va oʻz takliflarini 
asoslaydilar.
Jamoa boʻlib keys ustidan ishlash:
guruhlar taklif etgan yechimlar variantlarining muhokamasi;
taklif etgan yechimlarning oʻzaro baholanishi;
taklif etilgan yechimlarning xayotiyligi va amalga oshirilishi mumkinligiga
birgalikda (oʻquvchilar va oʻqituvchi) baho berilishi ham mumkin.



Download 337.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling