O’ZBEKISTON
RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
INFORMATIKA O’QITISH METODIKASI FANIDAN
Mavzu: Keys-study texnologiyalari va ulardan foydalanish.
BAJARDI:
A. Ochilov
RAHBARI:
A. Xalikov
Jizzax 2022
KEYS-STADY TEXNOLOGIYALAR VA ULARDAN FOYDALANISH
REJA:
Kirish…………………………………………………………………………...….3
I. Bob. Keys-stadi haqida ……..………..……………………………………….…4
1.1. Keys-stadi texnologiyasi………………………………………………………4
1.2. Keys-stadi texnologiyasining ta’limiy imkoniyatlari…………………………12
II. Bob. Keys-stadi metodi…………………………...……………………….…...13
2.1. Keys-metodini amalga oshirish bosqichlari …………………………………13
2.2. Keys usuli rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyalarini
birlashtirgan texnologiya
sifatida………………………………………………………………………….…23
Xulosa………………………………………………………………………….…29
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………31
Kirish
Kurs ishining dolzarbligi: “Keys-stadi” inglizcha “case” – aniq vaziyat,
hodisa, “study” – oʻrganmoq,
tahlil qilmoq, ta’lim soʻzlarining birikuvidan hosil
qilingan boʻlib, aniq vaziyatlarni oʻrganish, tahlil etish va ijtimoiy ahamiyatga ega
natijalarga erishishga asoslangan ta’lim metodidir.
Mazkur metod muammoli
ta’lim metodidan farqli ravishda real vaziyatlarni oʻrganish asosida aniq qarorlar
qabul qilishga asoslanadi. Agar u oʻquv jarayonida ma’lum bir maqsadga erishish
yoʻli sifatida qoʻllanilsa, metod xarakteriga ega boʻladi, biror
bir jarayonni tadqiq
etishda bosqichma-bosqich, ma’lum bir algoritm
asosida amalga oshirilsa,
texnologik jihatni oʻzida aks ettiradi.