Mavzu: Kibermakonda din omili
«Barkamol avlod yili», 2014 yilni «Sog‘lom bola yili» va 2016 yilni
Download 0.52 Mb.
|
1 2
Bog'liqShaymanov Jamshidbek
«Barkamol avlod yili», 2014 yilni «Sog‘lom bola yili» va 2016 yilni
«Sog‘lom ona va bola yili» deb e’lon qilingani ham buning yana bir yorqin hayotiy-amaliy ifodasi bo‘ldi. Bu borada yurtimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, «... farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi». Respublikamizda qaror topgan tolerantlik muhitini afkor ommaga ob’ektiv ko‘rsatib berish, e’tiqod erkinligi sohasida O‘zbekistonda olib borilayotgan siyosatni keng targ‘ib qilish, diniy-ekstremistik oqimlar tomonidan targ‘ib qilinayotgan vayronkor g‘oyalarga qarshi islom manbalariga asoslangan ilmiy raddiyalar berish, diniy mutaassiblik tamoyillarining jamiyatga tahdidi, uning zamiridagi g‘arazli geosiyosiy maqsadlar, ularni amalga oshirayotgan buzg‘unchi kuchlarning kirdikorlarini fosh etishga qaratilgan ishlanmalar yaratish yoki ularni aholi orasida targ‘ib etish muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, har bir insonning o‘z ishini sidqidildan amalga oshirishi, loqaydlik, beparvolikning oldini olishi, yon-atrofida bo‘layotgan voqea- hodisalarga hushyorlik bilan qarab, Vatan tinchligi yo‘lida sergak va ogoh bo‘lib yashashi, yoshlarimizning ongu qalbini jaholatdan, yot va zararli g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, ajdodlarimizga armon bo‘lib qolgan, biz erishgan mustaqillik va tinchlik-osoyishtalikni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashning muhim omili hisoblanadi. Buni hech qachon unutmasligimiz, tinchlik uchun doimo o‘zimizning bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etib yashashimiz lozim. 80% Write title here Globallashuvning ijobiy va salbiy tomonlari bo‘lgani kabi, internet tarmog‘i ham shunday xususiyatlarga ega ekanini unutmaslik zarur. Albatta, global tarmoq – ulkan resurs. Biroq, bu resursdan kim va qanday maqsadlarda foydalanishi ham juda jiddiy masalalar sirasiga kiradi. Xususan, ma’lumotlarda keltirilishicha, bugungi kunga kelib, internet tarmog‘ida ma’naviy-axloqiy tubanlikni targ‘ib etuvchi sahifalarning soni bir necha yuz millionni tashkil etgan. Ushbu fakt va raqamlar internet sanoati rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kishilarning axborotlarga nisbatan juda ehtiyotkorlik, ogohlik va ziyraklik bilan munosabatda bo‘lishlarini taqozo etadi. Boshqacha aytganda, kishilarimizda, ayniqsa, yoshlarimizda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish bugungi kunning muhim vazifalaridan hisoblanadi. Aynan shu taraqqiyot vositasidan ustamona foydalanib, qalblarni zabt etishda diniy omilning roli yuqori. Shuning uchun ham turli diniy- ekstremistik va terrorchi uyushmalar o‘z g‘oyalarini targ‘ib qilishda internetni eng samarali vosita sifatida qo‘llamoqda. E'tiboringiz uchun tashakkur!!! 📝📝📝📚📚📚📚📚📚📚 Fan oʻqituvchisi:NAMOZOV XURSHID. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling