Mavzu: Kibermakonda din omili


Download 0.52 Mb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1614171
  1   2
Bog'liq
Shaymanov Jamshidbek




Mavzu: Kibermakonda din omili
Shaymanov Jamshidbek
schedule.
Reja:
1.Kibermakon tushunchasi va uning mazmun mohiyati
2.Axbaroy urushi
3.Din niqobidagi mafkuraviy tahdidlarning namoyon boʻlish shakllari
4.Kibermakonning yoshlar ongidagi ta'siri.
Kibermakon» tushunchasi va uning mazmun-mohiyati. Kibermakon kompyuter tarmoqlari orqali amalga oshiriladigan muloqot maydonini ifodalovchi voqelik sifatida 1990 yildan boshlab keng miqyosida rivojlanib, takomillashib kelmoqda. Kibermakon tushunchasini dastlab kanadalik yozuvchi Uilyam Gibson 1982 yil «Sojjenie Xrom» («Burning Chrome») nomli hikoyasida yozadi.
Ijtimoiy nuqtai-nazardan kibermakon deganda kompyuter tarmog‘i orqali bir-biri bilan bog‘langan va bir vaqtning o‘zida turli geografik nuqtada kesishuvchi har qanday mavjud kompyuterning grafik sifatidagi ma’lumotlariga o‘ralashib qolgan kishilar jamoasi tushuniladi.
Hozirgi davrda fan, texnika va asosan kompyuter taraqqiyoti mahsuli bo‘lgan kibermakon va uning boshqaruvchi qiyofasi «superkorporasiya» texnologiyalarning insoniylikdan begonalashuvi natijasida din niqobidagi ijtimoiy va madaniy buzg‘unchilikni sodir etishga bo‘lgan urinishlar tobora kuchayib bormoqda. Jumladan, bugungi kunda kiberterrorchilik tuzilmalari o‘z g‘arazli maqsadlari yo‘lida axborot- kommunikasiya texnologiyalaridan keng foydalanishga urinmoqda.
Kibermakon»da din niqobidagi «kiberhujum»lar tahdidi: din niqobi ostidagi ekstremistik saytlarda asosan davlat to‘ntarilishi va xunrezlik urushlari haqida gap boradi. Jumladan, bugungi kunda dunyoda eng katta xavf solib turgan IShID guruhining internet kibermakonidagi axborot hujumi va tahdidini keltirib o‘tish mumkin. Ularda IShID go‘yo Islom yo‘lida «qurbon» bo‘layotgani aks etgan videolavhalar va fotosuratlar joylashtirilgan.
Terrorchilarning targ‘ibot-tashviqotlari kun sayin avj olib bormoqda.
«Odnoklassniki», «Facebook», «Instagram», «Twitter», «VKontakte» ijtimoiy tarmoqlarida buzg‘unchilik va yot g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi yuzlab guruhlar mavjudligi fikrimizning yaqqol dalilidir. Shuningdek, Islom dinini noto‘g‘ri, qabih maqsadlarda talqin etish, dinga siyosiy tus berib, hokimiyatni qo‘lga kiritish hisoblanadi.
50
Sovuq urushi»ning nihoyasi va AQSh oldida yangi vazifalar paydo bo‘lishi bilan «axborot urushi» atamasi mudofaa vazirligi hujjatlariga kiritildi. 1991 yil «Sahrodagi bo‘ron» operasiyasi mobaynida axborot texnologiyalari ilk marotaba harbiy harakatlarning vositasi sifatida ishlatildi.
Axborot urushi va uning mazmuni. Insonlararo o‘zaro munosabatlardagi xar qanday ziddiyat – bu, axborotlar ziddiyatidir. Axborot har qanday qaror qabul qilish uchun eng muhim unsur bo‘lib, u nafaqat, to‘qnashuv paytida optimal xatti-harakatlarni amalga oshirish, balki, maqsadga yo‘nalgan faoliyatni boshqarish imkonini beradi. Tizim mavjudligi va barbod bo‘lishini belgilovchi omillaridan biri hisoblanadi.
Davlatimiz kelajagi hisoblangan yosh avlod tarbiyasiga yurtimizda doimo alohida e’tibor bilan qaralgan. Mamlakatimizda sog‘lom va ma’naviy boy, intellektual rivojlangan, axloqan etuk, jismonan baquvvat avlodni tarbiyalash hamda voyaga etkazish maqsadida 2000 yilni «Sog‘lom avlod yili», 2001 yilni «Onalar va bolalar yili», 2008 yilni «Yoshlar yili», 2010 yilni

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling