Mavzu: Kiberxavfsizlik asoslari va tashkil etuvchilari Reja


Kiberxavfsizlik markazi haqida


Download 131.5 Kb.
bet8/9
Sana01.11.2021
Hajmi131.5 Kb.
#169974
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kiberxavfsizlik asoslari va tashkil etuvchilari Reja Axb

Kiberxavfsizlik markazi haqida

Markaz dastlab Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Axborot xavfsizligini taʼminlash markazi” davlat muassasasi nomi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1989-son Qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 16 sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hamda Axborot xavfsizligini taʼminlash markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 250-son qaroriga muvofiq faoliyat yuritadigan davlat muassasasi shaklidagi notijorat tashkiloti sifatida oʻz faoliyatini boshlagan.

Keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017 yil 29 avgustdagi PQ-3245-son qarorini bajarish yuzasidan hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda axborot va jamoat xavfsizligi, shuningdek huquq-tartibotni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish, “Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy kompleksini yaratish loyihasining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligini taʼminlash markazi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga koʻmaklashish markazi etib qayta tashkil etildi.

Hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining “Texnik koʻmaklashish markazi” davlat unitar korxonasi nomi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora- tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018 yil 21 noyabrdagiPQ-4024-son qaroriga muvofiq faoliyat yuritadigan davlat unitar korxonasi shaklidagi tashkilot hisoblanadi.

Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

axborot xavfsizligiga hozirgi vaqtdagi tahdidlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish va toʻplash, davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari, resurslari va maʼlumotlar bazalariga noqonuniy kirib olish holatlarining oldini olishni taʼminlaydigan samarali tashkiliy va dasturiy-texnik yechimlarni tezkor qabul qilish boʻyicha tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish;

qonun buzuvchilarni, axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari va provayderlari, huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilish;

axborotlashtirish obyektlarida (davlat sirlari bundan mustasno) apparat vositalari va dasturiy mahsulotlarni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, telekommunikatsiya jihozlari va boshqa texnik vositalarni attestatsiya, ekspertiza va sertifikatsiyadan oʻtkazish;

davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari va resurslari axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda koʻmaklashish;

davlat axborot tizimlari va resurslari, shuningdek, Internet tarmogʻi milliy segmentining axborot xavfsizligini taʼminlash sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

Internetning milliy foydalanuvchilarini Internet tarmogʻi milliy segmentida axborot xavfsizligiga paydo boʻlayotgan tahdidlar toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilish, shuningdek, axborotlarni himoya qilish boʻyicha maslahat xizmatlari koʻrsatish.


Download 131.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling