Soliq imtiyozlari.
Jahon soliq tizimining asosiy va ajralmas qismlaridan biri-bu soliq imtiyozlaridir. Har qanday davlat uning ho’jalik yuritish tizimi qanday bo’lishidan qat’iy nazar davlat byudjetini daromadlar bilan taminlashda asosiy vositalardan biri –bu soliqlar va soliqsiz to’lovlardir.
Soliq tizimida soliq imtiyozlaridan foydalanishning bir qator ob’yektiv ijtimoiy-iqtisodiy sabablari mavjud bo’lib, ular quyidagilardir:
Birinchidan, soilq imtiyozlarini mavjudligini asosiy sabablaridan biri bu soliq to’lovchi “yuridik va jismoniy shaxs”larning jamiyatda tutgan mavqeyi, ijtimoiy holati turlicha ekanligidan. Shu jihatdan barchaga bir xil tartibda “miqdorda” soliq solish ma’noga ega bo’lmaydi.
Ikkinchidan, davlat iqtisodiyotga ta’sir etib uni tartiblash vazifasini amalga oshiradiki bunda turli xil dastaklardan foydalanadi. Bu dastaklarning asosiylaridan biri rag’batlantirish maqsadida soliq imtiyozlari belgilanadi.Ya’ni, davlat soliq imtiyozlari orqali iqtisodiyotni samarali va qulat boshqarish yoki tartiblash imkoniyatiga ega bo’ladi.
Uchinchidan, soliq imtiyozlari qo’llanilishining asosiy sabalaridan yana biri bu milliy daromadni qulay, samarali va oqilona taqsimlashga erishishdan iboratdir.
Soliq kodeksining 275-moddasiga asosan qator shaxslarning mulkiga bo’lgan mol-mulkka jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq solinmaydi. Bu haqida davlat soliq qo’mitasi habar bermoqda.
Soliq imtiyozlari rag’batlantirish va samarali qo’llanilshiga qarab quyidafi ko’rinishlarida ifodalanishi mumkin:
-soliqdan butunlay ozod qilish;
-yangi tashkil etilgan korxonalarga imtiyozlar berish;
-soliq to’lashdan vaqtincha ozod etish ;
-soliqqa tortiladigan bazani kamaytirish;
-soliqdan qisman ozod qilish ;
-to’g’ridan to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarga imtiyozlar berish va boshqalar.
Soliq imtiyozlarini belgilash mezonlari.
1.Soliq to’lovchilarning ijtimoiy holatiga qarab
3.Mahsulotlari eksporti va importbopligi va ishlab chiqarish darajasiga qarab
2.Sohani rivojlantirishning ustuvorligiga qarab
4.Xalqaro iqtisodiy aloqalar darajasidan kelib chiqib
Korxonada ishlovchilar tarkibidagi nogironlar, urush va mehnat faxriylari qonunchilikda belgilangan me’yor doirasini tashkil etsa.
Respublikada kichik biznesni rivojlantirish ustuvor yo’nalish sifatida belgilanganligi uchun ularga ixtiyoriy shaklda soliq tizimi qo’llaniladi.
Agar korxonalar importni o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarsa yoki mahsulotni eksport qilsa, muayyan darajada soliq imtiyozlari beriladi.
Davlatlararo “xalqaro” bitimlarga ko’ra ikki tomonlama soliq solinmaydi.
http://azkurs.org
Do'stlaringiz bilan baham: |