Mavzu: kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlar


ijodiy о‘yinlarga nisbatan qiziqishlarida ham namoyon bо‘ladi


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/17
Sana05.05.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1426721
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
4-mavzu yosh

ijodiy о‘yinlarga nisbatan qiziqishlarida ham namoyon bо‘ladi. Bunday 
о‘yinlarda uning ijtimoiy qiziqishlari, emotsiyalari, jamoa uchun tashvishlanish kabi 


hislari aks etadi. Qiziquvchanlik kichik maktab Yoshidagi bolalarning keng aqliy 
faolligini namoyon etilish shakli hisoblanadi. Vatanga kerakli inson bо‘lish uchun 
о‘qishning muhimligi va ahamiyatini bilishi uchun ochiqlik, ishonuvchanlik, 
ustozining barcha topshiriqlarini bajarishga tayyorlik xususiyatlari keng ijtimoiy 
burch motivlari, ma’suliyatlilik samarali shartlar hisoblanadi. Maktab ta’limining 
dastlabki yillarida qiziqishlar, xususan, bilim egallashga nisbatan qiziqishlar, 
intellektual qiziqishlar sezilarli darajada rivojlanadi. Psixologlarning ta’kidlashicha, 
dastavval ayrim faktlarga, boshka narsalardan ajratib olingan yolg‘iz hodisalarga 
nisbatan qiziqishlar hosil bо‘ladi. III - IV sinflarda esa sabablarni, qonuniyatlarni, 
hodisalar о‘rtasidagi aloqa va о‘zaro bog‘liqliklarni bilib olish uchun bо‘lgan 
qiziqishlar rivojlanadi. 
III sinfdan boshlab о‘qishga qiziqish differensiallasha boshlaydi. 
О‘quvchilardagi bunday qiziqishlar о‘zini anglash va о‘z xatti-harakatiga baho 
berishi kabi xususiyatlarni shakllantiradi.Kichik maktab Yoshidagi bolalarning 
qiziqishlarida samarali о‘qish uchun halaqit beruvchi qator salbiy xarakteristikalari 
ham mavjud. Kichik maktab Yoshidagi о‘quvchilarning qiziqishlari: 
-yetarlicha amaliy natija bera olmaydi; 
- qatiy emas, vaziyatli; 
-tez qondiriladi va ustozning qо‘llab-quvvatlashisiz tez sо‘nadi; 
-о‘quv materiali va topshiriqlar о‘quvchining joniga tez tegadi va charchashni 
yuzaga keltiradi; 
– kam anglanilgan, о‘quvchining ma’lum bir predmetdagi nima yoqishini va 
nima uchun yoqishini aytib bera olmasligida kо‘rinadi; 
- umumlashtirishning pastligi, bir yoki bir nechta predmetlarning tashqi 
belgilarigagina qarab umumlashtirish; 
-о‘quvchini о‘qishning о‘quv faoliyatining usullariga emas, balki natijalariga 
yо‘nalganligi. Kichik maktab davrining sо‘ngiga qadar о‘quv ishlaridagi 
qiyinchiliklarni engishga nisbatan qiziqish yuzaga kelmaydi 
(bu holat kо‘pincha о‘qituvchilarning о‘zlari tomonidan amalga oshiriladi, ya’ni 
aksariyat hollarda о‘quvchining qiyinchiliklarni engishga harakati emas, balki 
natija baholaniladi). Bularning barchasi kichik maktab Yoshida qiziqishlarning etarli 
darajada rivojlanmaganligi bо‘lib, ba’zan о‘qishga nisbatan yuzaki munosabatni 
keltirib chiqarishi mumkin. Kichik maktab Yoshidagi о‘quvchilardagi motivlarning 
umumiy dinamikasiga nazar tashlansa, quyidagilarni kо‘rish mumkin: kichik 
maktab davrining boshida maktabda bо‘lishning tashqi jihatlariga (partada о‘tirish, 
forma kiyish portfel kо‘tarish v h.), sо‘ngra birinchi о‘quv mehnati natijalariga 
(birinchi bor harf va sonlarni yoza olishlariga, о‘qituvchining bahosiga), 
keyinchalik, jarayonning о‘ziga, о‘qishning mazmuniga va shundan sо‘nggina
bilimlarni olish yо‘llariga qiziqish kuchli bо‘ladi. О‘qishning ijtimoiy ahamiyatini 
tushunish (2- 3 sinflarda) о‘qish mazmunini va bilimlarni egallash yо‘llariga 
qiziqish bilan mustahkamlanishi zarur. Bunday holda kichik maktab davrining 
oxirlariga borib, о‘qishga nisbatan motivatsiyaning pasayishi kо‘zga tashlanmaydi. 
Bilish motivlari quyidagicha о‘zgarib boradi: kichik maktab Yoshidagi 
о‘quvchilarning qiziqishlari alohida bir faktlarga qiziqishdan, qonuniyat va 
prinsiplarga qiziqishga aylanib boradi. Oxirgi yillarda о‘tkazilgan psixologik 


tadqiqotlar kichik maktab Yoshining о‘rtalariga borib bilimlarni о‘zlashtirish 
yо‘llariga qiziqish yuzaga kelishi mumkinligini kо‘rsatib berdi. Kichik maktab 
davrida mustaqil ta’lim motivlari ham yuzaga kelib, lekin ular eng oddiy shaklda - 
bilimlarni olish qо‘shimcha manbalariga va qо‘shimcha kitoblarni vaqti-vaqti bilan 
о‘qishga qiziqish bilan yuzaga keladi. Ijtimoiy motivlar birinchi sinfga kelganida 
differensial bо‘lmagan umumiy tushunishdan о‘qish va о‘rganishning zarurligi
sabablarini chuqur anglashga, “о‘zi uchun “ о‘qish mazmunini anglab etishga tomon 
о‘zgarib, ijtimoiy motivlarni amaliy xarakter kasb etishiga sababchi bо‘ladi. Bu 
Yoshdagi vaziyatli ijtimoiy motivlar о‘qituvchining
qо‘llab-quvvatlashini olishga nisbatan bо‘lgan ehtiyoji hisoblanadi. Bolaning 
ustoziga bо‘lgan munosabati yomon baho olib xafa bо‘lgan taqdirda ham ijobiy va 
unga ishonch bildirishi saqlanib qolaveradi. Unda о‘rtoqlari va sinfdoshlari о‘rtasida
mavqeli bir о‘rinni egallashga harakat yuzaga kelib, asta sekinlik bilan о‘rtoqlari 
fikrlariga asoslanish paydo bо‘ladi.
 
О‘quv faoliyati kichik maktab Yoshidagi bolalarda о‘qishda ma’lum yutuqlarga 
erishish ehtiyojini qondirishga, Shuningdek, tengdoshlari orasida о‘z о‘rniga ega 
bо‘lishiga imkoniyat ham yaratadi. Aynan ana shu о‘rin yoki mavqega erishish 
uchun ham bola yaxshi о‘qishga harakat qiladi. Bu Yoshdagi bolalar doimiy 
ravishda о‘zlari erishgan muvaffaqiyatlarini boshqa tengdoshlari muvaffaqiyatlari 
bilan solishtiradilar. Ular uchun doimo birinchi bо‘lish nihoyatda muhim. Kichik 
maktab davrida bolalardagi musobaqaga kirishish motivi tabiiy psixologik 
ehtiyoj hisoblanib, bu motiv ularga kuchli emotsional zо‘riqishni beradi. Bu 
xususiyatlar aslida bog‘cha davridan boshlab yuzaga kela boshlaydi va kichik 
maktab davrida, Shuningdek о‘smirlik davrida ham yaqqol kо‘zga tashlanadi. 
Kichik maktab Yoshidagi bolalar kattalarning u haqidagi fikr va bergan 
baholariga qarab, о‘zlariga о‘zlari baho beradilar. Shuningdek, о‘quvchining 
о‘ziga-о‘zi beradigan bahosi, turli faoliyatlaridagi muvaffaqiyatlariga ham bog‘liq 
bо‘ladi. Kichik maktab Yoshidagi о‘quvchilarda о‘z-о‘ziga beradigan baholari 
turlicha - yuqori, adekvat - mos yoki past bо‘lishi mumkin. Bu Yoshdagi 
bolalarda 
mavjud 
bо‘lgan 
ishonuvchanlik, 
ochiqlik, 
tashqi 
ta’sirlarga 
beriluvchanlik, itoatkorlik kabi xususiyatlari ularni shaxs sifatida shakllantirish 
uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Kichik maktab davrida boshqarishdan о‘z-о‘zini 
boshqarishga о‘tishi nihoyatda muhimdir. Etakchi bо‘lgan о‘quv faoliyatidan 
tashqari boshqa faoliyatlar - о‘yin, muloqot va mehnat faoliyati ham о‘quvchi 
shaxsi 
rivojiga 
bevosita 
ta’sir 
kо‘rsatadi. 
Bu 
faoliyatlar 
asosida 
muvaffaqiyatga erishish motivlari bilan bog‘liq bо‘lgan shaxs xususiyatlari 
tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab davrini bolaning turli faoliyatlarda 
muvaffaqiyatga erishishini belgilab beruvchi asosiy, shaxsiy xususiyatlarni yuzaga 
kelish va mustahkamlash davri deb hisoblash mumkin. Bu davrda muvaffaqiyatga 
erishish motivlari tarkib topa boshlaydi. Bu Yoshdagi bolalar soatlab yolg‘iz 
holda sevimli mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlari mumkin va shular asosida 
ularda mehnatsevarlik va mustaqillik fazilatlari shakllanadi. Kichik maktab 
davridan boshlab о‘quvchilarni mustaqil mehnat faoliyatiga amaliy va psixologik 
jihatdan tayyorlashga e’tibor beriladi. Bu davr ichida bolalarda mehnatga nisbatan 
ongli, ijobiy munosabatda bо‘lish asoslari tarkib topa boshlaydi. Ularda mehnatga 


havas uyg‘onadi, mehnatga va mehnat ahllariga hurmat bilan qarash, ijtimoiy 
foydali ishlarda qatnashishga intilish singari fazilatlar tarkib topadi. Kichik maktab 
Yoshidagi о‘quvchilarda mehnatsevarlik, asosan, о‘qish va mehnat 
faoliyatida rivojlanadi va mustahkamlanadi. Kichik Yoshdagi о‘quvchilar 
zarur bо‘lgan harakat va amallarni darhol о‘zlashtirib va egallab ololmaydilar, 
kо‘proq ortiqcha va chalkash harakatlar qiladilar. Mehnat jarayonidagi turlicha ish 
harakatlarini, chunonchi: tikish, tо‘qish, kiyish yoki taxtalarni randalash kabi ish 
harakatlarni qiynalmasdan va birmuncha silliq bajaradigan bо‘lish uchun har bir 
ishda har qanday harakatlar qilish kerakligini va bu harakatlarning qay yо‘sinda 
amalga oshirilishini aniq bilib olish va esda qoldirish kerak bо‘ladi. Harakatlarni 
qayta-qayta takrorlash, mashq qilib borish natijasida kichik Yoshdagi о‘quvchilarda 
uchrab turadigan ortiqcha va chalkash harakatlar yо‘qolib boradi. 
О‘qituvchilar mehnat darslarida о‘quvchilarning mehnatiga etarli darajada 
e’tibor berishlari, mehnat darsiga alohida tayyorgarlik kо‘rishlari, о‘quvchilarning 
har bir harakatlarini ziyraklik va kuzatuvchanlik bilan nazorat qilishlari, ularga 
individual munosabatda bо‘lishlari maqsadga muvofiqdir. 
Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarining mehnati: 
- bolalarni Yosh, individual va jismoniy rivojlanishiga mos bо‘lishi;
- о‘quvchilar uchun qiziqarli bо‘lishi; 
- undan kundalik ish jarayonida о‘z-о‘ziga xizmat qilishga asoslanganligi; 
- jamoa bо‘lib mehnat qilish orqali bolalarda bir-biriga nisbatan hamkorlik, 
dо‘stlik, о‘rtoqlik tuyg‘ularini shakllantirishi; 
- о‘quvchini о‘zini tuta bilishga, sabr-toqatli bо‘lishga, qiyinchiliklarga bardosh 
berishga о‘rgatadigan va ularni shakllantirishi;
- о‘quvchi о‘z mehnati natijasidan bahramand bо‘ladigan mehnat xususiyatlariga 
ega bо‘lishi lozim. 
Bola о‘z mehnat mahsuli sinf yoki maktab jamoasiga, jamoatchilikka manfaat 
keltirayotganligini bilib, undan xabardor bо‘lib borsa undagi ijtimoiy foydali 
mehnatga bо‘lgan ishtiyoq yana ham ortadi va mehnatga nisbatan faol, ijodiy va 
ongli munosabat shakllana boradi. 
Mehnatsevarlik bolada о‘zi qilayotgan mehnati unga zavq bergan taqdirdagina 
yuzaga keladi va rivojlanadi. 
Bu davrda mustaqillikning poydevori yuzaga kelib, о‘quv vazifalarini mustaqil 
bajarish layoqati yuzaga keladi. Mustaqillikka moyillikning rivojlanishi ikki 
yо‘nalish asosida amalga oshiriladi. 
1. Mustaqillikning shaxs hislati sifatida vujudga kelishi ijtimoiy muhitga 
bog‘liq. Bu bog‘liqlik mustaqillikka bо‘lgan ehtiyojni qondirish imkoniyatlari 
sohasida va qadriyatlarda ifodalangan mustaqillik mazmuni xarakterida ifodalanadi. 
2. Mustaqillikning shaxs hislati sifatida shakllanishida individual xususiyatlar, 
shaxs yashaydigan va mehnat qiladigan jamoada vujudga kelgan munosabatlarga 
hamda shaxsning qobiliyatlariga, uning faolligiga bog‘liq bо‘ladi. 
Bolada mustaqillik xususiyatining shakllanishi asosan kattalarga bog‘liq. Agar 
bola haddan ziyod ishonuvchan, itoatkor, ochiq xususiyatli bо‘lsa, unda asta-
sekinlik bilan bо‘ysunuvchanlik, tobelik xususiyati mustahkamlana boradi. Biroq 
bolani erta mustaqillikka undash, unda ba’zi salbiy hislatlarning shakllanishiga 


ham olib kelishi mumkin, chunki u hayotiy tajribalari kamligi uchun asosan, 
kimlargadir taqlid qilgan holda harakat qilishi mumkin. Mustaqillikni 
shakllantirish uchun bolaga mustaqil bajaradigan ishlarni kо‘proq topshirish va 
unga ishonch bildirish nihoyatda muhimdir. Shuningdek, shunday bir ijtimoiy 
psixologik muhit yaratish kerakki, unda bolaga biron bir mas’ul vazifani mustaqil 
bajarishni topshirish, bu ishni bajarish jarayonida bola о‘zini tengdoshlari
kattalar va boshqa odamlarning lideri deb his qilsin. Ana shu his bolada mustaqil 
bо‘lishga undovchi motivlarni yuzaga keltiradi. 
7-11 Yoshli bolalar о‘zlarining individual xususiyatlarini anglay boshlaydilar. 
Bolaning о‘z-о‘zini anglashi ham jadal rivojlana boradi va mustahkamlana 
boshlaydi. Bu davrda bolalar о‘zlarining ismlariga yanada kо‘proq ahamiyat bera 
boshlaydilar va ularning ismlari tengdoshlari va atrofdagilari tomonidan ijobiy 
qabul qilinishiga harakat qiladilar. Bolani о‘zining tashqi kо‘rinishi va gavda 
tuzilishiga beradigan bahosi ham о‘z-о‘zini anglashida ahamiyati juda katta. 
Kichik maktab davrining oxiriga borib bolalar, ayniqsa, qizlar о‘zlarining yuz-
tuzilishlariga alohida e’tibor bera boshlaydilar. Kichik maktab Yoshidagi 
о‘quvchining о‘quv faoliyati jarayonida о‘zidagi xulq-atvorni va faoliyatni о‘zi 
tomonidan muvofiqlashtirish qobiliyati rivojlanadi, ongli ravishda bir fikrga 
kela olish qobiliyati rivojlanadi, о‘z faoliyatini о‘zi uyushtirishga hamda bilim 
olish jarayoniga bо‘lgan qiziqishining qaror topishiga yordam beradi, о‘quvchi 
xulq-atvorining motivlashtirishi ham о‘zgaradi. Bunda dо‘stlari va jamoaning 
fikrlari asosiy motivlar bо‘lib qoladi. Axloqiy his-tuygular va shaxsning irodaviy 
xususiyatlari ham shakllanadi. Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarida iroda tarbiyasi 
tashabbuskorlik, dadillik, о‘zini tuta bilish, sabotlilik, chidamlilik, qat’iylik, 
kamtarlik va intizomlilik kabi irodaviy sifatlarni о‘stirish va mustahkamlashdan 
iboratdir. 
Iroda tarbiyasi bolalarda yomon sifatlar paydo bо‘lishining oldini olish va 
agar bunday sifatlar paydo bо‘lsa, ularni yо‘qotishdan iboratdir.Bolalar 
irodasining salbiy tomonlaridan biri о‘ziga ishonmaslikdir. О‘ziga ishonmaslik 
holati о‘qish, mehnat, о‘yin va shu kabi faoliyatlarda tez-tez qaytarilib 
turadigan muvaffaqiyatsizliklar tufayli yuzaga keladi. 
F.I.Ivashchenko tomonidan о‘tkazilgan tekshirishlarning kо‘rsatishicha, 
о‘qish sharoitida о‘quvchilarning о‘zlariga ishonmaslik holatlari asosan 
quyidagi sabablar tufayli yuzaga keladi:” a) о‘qishda izchillik prinsipiga
rioya qilmaslik tufayli; b) о‘quvchilarga kuchlari etmaydigan, ya’ni ortiqcha 
talab qо‘yib yuborish orqali; v) ayrim pedagoglar, ota-onalar va Shuning bilan 
birga sinfdoshlarning о‘quvchilar kuchiga, xotira qobiliyatlari va fahm-
farosatlariga ishonchsizlik bildirishi tufayli; g) ana shunday о‘quvchilarni
yomon baho olganliklari uchun qо‘rqitish va jazolash orqali”. 
Iroda tarbiyasi tafakkur va hissiyotlar tarbiyasi bilan mahkam 
bog‘liqdir. Biz bolalarda tafakkurni taraqkiy ettirishimiz bilan birga, ularda 
о‘z oldiga tо‘la anglab, muayyan maqsadlar kо‘ya olish va juda yaxshi 
asoslangan qaror va harakatlarni tanlay ola bilish qobiliyatini ham 
tarbiyalaymiz. Bolalarda ijobiy axloqiy hislarni tarbiyalar ekanmiz, 
buning bilan axloxiy qaror qabul qilishga va Shuning bilan birga, о‘z qaror 


hamda harakatlariga axloqiy baho berishga odatlantirib boramiz. 
Vatanparvarlik va vijdoniy burch hissini tarbiyalash ayni vaqtda boshlang‘ich 
sinf о‘quvchisining harakat motivlarini tarbiyalash hamdir. 
5-6 Yoshlarda kо‘zga tashlangan bolalarning xususiyatlari kichik maktab yillari 
davomida rivojlanadi va mustahkamlanadi. О‘smirlik davrining boshlariga kelib, 
juda kо‘pgina shaxsiy fazilatlar shakllanib bо‘ladi. Bolalarning individualliklari 
ularning bilish jarayonida ham kо‘rinadi. Bu davrda bolalarning bilimlari 
kengayadi va chuqurlashadi, kо‘nikma va malakalari takomillashadi. 3-4 sinflarga 
borib, aksariyat bolalarda umumiy va maxsus layoqatlar kо‘zga tashlanadi. 
Kichik maktab davrida hayot uchun nihoyatda ahamiyatli bо‘lgan muvaffaqiyatga 
erishish motivi mustahkamlanadi, bu esa о‘z-о‘zidan boshqa layoqatlarni jadal 
rivojlanishiga olib keladi. 
Kichik 
maktab 
Yoshidagi 
bolalar shaxsi 
rivojlanishiga 
ularning 
atrofidagi odamlar, ota-onasi va ayniqsa о‘qituvchi bilan bо‘ladigan munosabati 
katta ta’sir kо‘rsatadi. 3-4 sinflarga borib bola uchun uning о‘rtoqlari bilan 
munosabatining ham ahamiyati ortadi. Bu munosabatlardan kattalar ta’lim-tarbiya 
maqsadlarida foydalanishlari mumkin. I – IV sinf о‘quvchilari о‘z-о‘ziga xizmat 
kо‘rsatish, turli materiallardan har xil buyumlar yasash, о‘simliklar ekib о‘stirish, 
uydagi yumushlarga qatnashish kabi bir qancha ishlarda ishtirok etadilar va bu 
sohada dastlabki kо‘nikma va malakalarni hosil qiladilar. 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling